B axborotni uzatish
Download 113.5 Kb.
|
Tayyorlanmoqda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.O’zgaruvchan tok dvigatelini ishlash prinsipini tushuntiring
- 3.Rostlash organlarini haqida ma’lumot keltiring
Avtomatlashtirishning ijrochi qurilmalari faniga kirish? Avtomatlashtirishning texnik vositalarini rivojlantish orqali sanoatning avtomatlashtirish darajasini oshirish mumkin. Fanni o`rganishdan maqsad avtomatlashtirishning texnik vositalarini yaxshi o`rganib, uning imkoniyatlarini his qilagan holda avtomatlashtirish sohasiga to`g‘ri tadbiq qilishdan va ulardan samarali foydalanishdan iborat. Vazifasi: a) texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, c) axborotni o`zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), d) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta‘sirini sezuvchi va shu parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. 2.O’zgaruvchan tok dvigatelini ishlash prinsipini tushuntiring? O‘zgaruvchan tok dvigatellari qo‘zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o‘zgarmas tok beriladi. Asinxron elektrodvigatellarni rotor chulgamlarida esa o‘zgaruvchan EYuK induktsiyalanadi va o‘zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo‘ladi. Dvigatelni stator chulgamlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni hosil bo‘ladi. Ozgaruvchan tok mashinasining ishlash printsipi aylanuvchi magnit maydonidan foydalanishga asoslangan. Cho`lg‘amdan uch fazali o`zgaruvchan tok o`tganda bir minutdagi aylanishlari soni n1 = 60 f/p bo`lgan aylanuvchi magnit maydoni hosil bo`ladi. 3.Rostlash organlarini haqida ma’lumot keltiring? Rostlash organi ijro etuvchi qurilmaning o`zgaruvchan gidravlik qarshilikdan iborat va o`zining o`tish kesimining o`zgarishi hisobiga muhitning sarfiga ta’sir qiluvchi zvenosi hisoblanadi.Ishlash shartlari va ijro etuvchi qurilmaga hamda uning rostlash organiga talablar uzluksiz va ikki pozitsiyali rostlashda turlichadir. Uzluksiz rostlashda ijro etuvchi qurilmadan talab qilinadiki, uning yo`l tavsifi, ya’ni shtok yo`lini buyruq signali qiymatiga bog’liqligi qat’iy aniqlangan bo`ladi, qulf(zatvor) va egar(sedlo) ning drossellovchi sirtlar o`rtasidagi maydonning o`zgarishi ma’lum o`tkazish tavsifini ta’minlaydi. Ikki pozitsiyali rostlashda qulf bir chetki holatdan ikkinchisiga o`tadi, ya’ni egarda o`tish to`liq ochiq holatda yoki to`liq yopiq holatda. Bu holatda o`tayotgan suyuqlik miqdorining o`zgarishi vaqt nisbati o`zgarishi hisobiga amalga oshadi, miqdor o`zgarganda egardagi o`tish ochiq va yopiq bo`ladi. Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling