B axborotni uzatish
Ijro mexanizmlarining klassifikatsiyani keltiring
Download 113.5 Kb.
|
Tayyorlanmoqda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33. Konveyrlarning ishlash prinsipini tushuntiring
32. Ijro mexanizmlarining klassifikatsiyani keltiring Ijro etuvchi qurilmalarga umumiy talablar
Ijro etuvchi qurilmalarga umumiy talablar GOST Bilan belgilangan bo‘lib, bu standart texnik talablarni va sinov usullarini belgilaydi: 1.Ijro etuvchi qurilmalar tebranishga mahkam va tebranish natijasida sochilib ketmaydigan, bunda tebranish bo‘yicha tezlanish 2,5 m/sek2 , 5-80 gs. diapazonli chastotada. 2.Ijro etuvchi qurilmalar tashqi muhitni ta’siriga nisbatan oddiy va portlashdan o‘zi saqlanadigan konstruksiyalarda tayyorlanadilar. 3.Ijro etuvchi qurilmalar muhit temperaturasini va namligini ta’siriga mahkamligi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: I – minus 50 dan plyus 50 0C ; II- minus 30 dan plyus 50 0C; III – minus 15 dan 50 0C gacha 30 dan 80 % namlkda. 4. Ijro etuvchi qurilmalar quyidagni aniqlik sinfida: 1,5; 2,5; 4,0; 6,0 tayyorlanadilar. 5. Ijro etuvchi qurilmalarni shtokini (yoki valni) atrofini zichlashtirish natijasida ma’lum shartli bosimda RU germetiklik salniklar uchun 50 ming sikl davomida, zichlantiruvchi muhitni temperaturasi 225 dan to 600 0C va salniklar uchun 100 ming sikl davomida, zichlashtiruvchi muhit minus 50 dan to plyus 225 0C. Ijro etuvchi qurilmalar qayta tiklanuvchi mahsulotlarga kiradi (remont qilsa bo‘ladigan), to‘xtovsiz ishlash ixtimolligi eksponensional taqsimlaninsh qoniniyatiga bo‘ysunadi. Ijro etuvchi qurilmalarning to‘xtovsiz ishlash ehtimolligi R(t) 2000 soat to‘xtovsiz ishlashi davomida R(t)= 0,98 dan kichik bo‘lmasligi kerak 33. Konveyrlarning ishlash prinsipini tushuntiring? Konveyer (ing. conveyer — tashuvchi) — toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina. Vazifasiga koʻra, transport (yuk tashiydigan) va texnologik (texnologik operatsiyalarni oʻzaro bogʻlaydigan) xillarga boʻlinadi. Tortish organi boʻlgan va tortish organi boʻlmagan turlari bor. Elektrik yuritma bilan harakatlanadigan mexanik Konveyer keng tarqalgan. Bunday Konveyerlarning tortish organlari lenta, zanjir va kanatdan iborat boʻlib, ular yordamida buyum yoki yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining turiga koʻra, dasturli boshqariladigan lentali, koʻraqli, plastinkali, osma, shuningdek, kovshli, aravachali va boshqa turlarga; tortish organi boʻlmagan vintli (shnekli), inersion (chayqaluvchi, tebranma), rolikli (rolgang), odimlovchi (quymachilik, yigʻuvchi) va boshqa turlarga boʻlinadi. Lentali K. bilan, asosan, donali yuklar tashiladi. Zanjirga biriktiriladigan moslamaning tuzilishiga qarab, zanjirli K. lar plastinkali, koʻrakchali, ksvshli va aravachali boʻladi. Plastinkali K. lar, asosan, boʻlak-boʻlak materiallarga moʻljallangan boʻlib, yukni qiya yunalishda tashishga imkon beradi, mayda koʻmir va rudalarni surish uchun ishlatiladi. Kovshli va aravachali K.lar ayrim korxonalarda (metallurgiya va kimyo kombinatlarida), asosan, toʻkma yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Bugʻdoy, un, sement, shagʻal, qum, mayda koʻmir qabilarni yaqin masofaga tashish uchun vintli Konveyerlar qoʻllaniladi. Toʻp qilib yigʻilgan yoki yashiklarga joylangan yuklarni pastga tushirish uchun rolikli (gravitatsion) K. dan foydalaniladi. Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling