B axborotni uzatish
Markazdan qochma nasoslarning ishlash prinsipini tushuntiring
Download 113.5 Kb.
|
Tayyorlanmoqda
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26. Klapanlarning turlarini keltiring
- 27. Bosim birliklari va o’lchov asboblarini sanang
25. Markazdan qochma nasoslarning ishlash prinsipini tushuntiring Markazdan qochuvchi nasoslarda bosimning ko’tarilishiga ish g’ildiragi bo’ylab suyuqlik oqib o’tayotganda markazdan qochuvchi kuchlar natijasida harakat miqdorining o’zgarishi tufayli erishiladi.So’ruvchi quvur orqali suyuqlik ish g’ildiragining markaziy qismiga kiradi. SHu g’ildiragining gaz aylanishida markazdan qochuvchi kuch ta’sirida suyuqlik g’ildirak gardishiga uloqtiriladi. Suyuqlik shu g’ildiragidan chiqib spiral kameraga kiradi, bu kamera xaydash quvuriga ulangan. Nasos ishga tushurishdan oldin so’ruvchi qismi va shu g’ildiragi suyuqlik bilan to’ldiriladi. Ularni to’ldirish uchun so’ruvchi quvurning oxirida turli klapan qabul qilgich o’rnatiladi.
26. Klapanlarning turlarini keltiring? Klapan (nem. Klappe - toʻsiq) — mashina va mexanizmlarda havo, suv, bugʻ, gaz oqimlarini boshqarishga imkon beruvchi detal (qurilma). Vazifasiga koʻra, K. drosselli, reduksion, rostlash, teskari, saqlagich, avariyaning oldini oluvchi, berkitish va boshqa; toʻzilishi boʻyicha ventilli, zolotnikli, joʻmrakli va boshqalarga boʻlinadi. K. elektrik, pnevmatik, gidravlik yuritmalar bilan, shuningdek, dastaki usulda harakatga keltiriladi. Truboprovodlarda qoʻl bilan ochilib-yopiladigan, nasos va kompressorlarda 2 tomondagi bosimlar farqi hisobiga avtomatik tarzda ochilib-yopiladigan K.lar qoʻllaniladi. Ichki yonuv dvigatellari va bugʻ mashinalaritsa alohida mexanizm vositasida boshqarib turiladigan; rezervuardagi havo bosimini bir meʼyorda toʻtib turish va ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan K.lar bor 27. Bosim birliklari va o’lchov asboblarini sanang? Bosim - bu tabiat va inson hayotida alohida o'rin tutadigan jismoniy miqdor hisoblanadi. Bosim — biror jismning boshqa jism sirtiga tik yoʻnalishda taʼsir qiladigan kuchlar intensivligini ifodalovchi fizik kattalik. Pa(paskal) yoki N/sm2 da oʻlchanadi. Kuchlar sirt boʻylab tekis taqsimlangan boʻlsa, u holda bosim : P=F/S Bosimning bir necha turi mavjud: •Gidromexanik bosim— suyuklikning biror nuqtasidagi bosim. U gidrostatik (tinch holatdagi suyuklikka oid) va gidrodinamik (harakatdagi suyuqlikka oid) xillarga boʻlinadi. Gidromexanik bosimning atmosfera bosimidan katta bosim - ortiqcha bosim, atmosfera bosimidan kichik bosim - vakuummetrik bosim deb ataladi. Bundan tashqari, havo bosimi, bugʻ bosimi, parsial bosim (gazga oid), yonilgʻi ichki yonuv dvigateli silindrida yonganda hosil boʻladigan gaz bosimi va boshqa xil bosimlar boʻladi. Biror idish, qozon hamda boshqalar ichidagi va atrofdagi muhit bosimlari birgalikda mutloq bosim deyiladi. Download 113.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling