B. G. Ananev bo`yicha metod turkumlari?


Download 23.69 Kb.
bet4/4
Sana24.06.2023
Hajmi23.69 Kb.
#1652882
1   2   3   4
Bog'liq
Psixologiya fanidan savollarga javoblar

Longityud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V.Shtern, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash jinsli
Kompleks metodi yordamida o’rganilgan ob'ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai - nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish ta'sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
13) Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinadi:
1. Aniq faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o`zi yashayotgan muhitga munosabatlari.
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya sohalari - umumiy psixologiya, zoopsixologiya.
2. Kishilarga ta`sir etish, ularga ta`lim va tarbiya bеrish, psixik rivojlanishni boshqarish, ya`ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o`rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi, pеdagogik psixologiya)
3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o`rganuvchi psixologiya-mеhnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san`at psixologiyasi va h.
Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham mavjudki, bo`lar tеgishli soha odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o`z navbatida maktabgacha tarbiya psixologiyasi, kichiq maktab yoshi psixologiyasi, o`smirlik psixologiyasi, o`spirinlik psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri psixologiyasi - gеrontoliya singari tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Shuningdеk, psixik rivojlanishda normadan o`gan bolalar, ya`ni anomal taraqqiyot psixologiyasi yoki maxsus psixologiya ham bor. Patopsixologiya - kasallar psixologiyasi. Oligofrеnopsixologiya - aqli zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya - kar-soqovlar psixologiyasi, tiflo psixologiya – ko`zi ojizlar psixologiyasi.
14) Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko`rsatishini nerv hosilalarining to`plamlari ta`minlab beradi.
15) Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo`limlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o`z ichiga oladi. Periferik asab tizimi - nervlar va nerv tugunlaridan iborat.
16)Periferik nervlar majmuasi yurak, o`pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to`qimalarni ta`minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi.
17) Neyron - o`ziga xos hujayra bo`lib, o`simtalari bo`ladi: uzun o`simtalari aksonlar, kalta sertarmoq o`simtalar - dendritlar deb ataladi. Neyron tanasining o`rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko`p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo`ladi. Ularning tahminan 70 % bolaning tug`ilish davrigacha nobud bo`ladi va bu jarayon tug`ilgandan so`ng ham, umri bo`yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo`lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo`ladi. Neyronlar o`ta egiluvchandir.
18) Nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo`lib refleks hisoblanadi. Refleks - organizmning markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat qilinadigan ta`sirga javob reaktsiyasi. «Refleks» atamasi ilk bora XVII asrda fiziologiyaga frantsiyalik olim Rene Dekart tomonidan kiritilgan.
19) Psixikaninng moddiy asoslari to`g`risida fikr yuritilganda, eng avvalo, u miyaning xususiyati ekanligini ta`kid etish joiz. Bilish jarayonlari to`g`risida gap ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir.
20) Miya katta yarim sharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan.
21) Instiktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat`iy bog`liq bo`ladi. Instiktning amal qilish mеxanizmi shundan iboratki, tashqi shart-sharoitlar rеflеktor munosabat bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun undaydi va hokazo. Shu tarzda rеflеkslarning butun bir zanjirini harakatga kеltiradi va bu bilan nasliy yo`l bilan mustahkamlangan dasturni amalga oshiradi.
22) Ongsizlikning onglilikdan farqi shuki, uning tomonidan aks ettiriluvchi voqelik sub`ektning kechinmalari bilan, uning borliqqa munosabati bilan
qo`shilib, aralashib ketadi. Shuning uchun ongsizlikda sub`ekt tomonidan amalga oshiriluvchi xatti — harakatlar natijasini ixtiyoriy ravishda nazorat qilish va baholash imkoniyati mavjud emas. Ongsizlikda voqelik sub`ektning o`xshashlik, ayniyat singari mantiqiy shakllariga asoslanib aks ettiriladi.
Bu holat bevosita emotsional his qilish, emotsional yuqish va identifikatsiyalashga daxldorlik tuyg`usi orqali turlicha hodisalar o`zining tuzilishi, mohiyati jihatidan o`ziga xoslikdan qat`i nazar bir tizimga birlashtiriladi, psixologik ob`ektlar o`rtasidagi u yoki bu xususiyatli alomatlar o`rtasidagi tafovutlar, mantiqiy qarama – qarshiliklar ochilmasdan namoyon bo`ladi, in`ikos etiladi.
23) Reseptorlarning taraqqiyoti ma`lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog`liq. Sezgi a`zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To`rsimon asab tizimiga ega bo`lgan hayvonlar asosan tashqi ta`sirotlarga tug`ma ravishda javob qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.
Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling