B. G. Ananev bo`yicha metod turkumlari?


Download 23.69 Kb.
bet3/4
Sana24.06.2023
Hajmi23.69 Kb.
#1652882
1   2   3   4
Bog'liq
Psixologiya fanidan savollarga javoblar

Yordamchi metodlar: Test - bu qisqa muddatli topshiriq bo‘lib, uning bajarilishi ba‘zan bir psixik xodisaning mukammaligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Testlar yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko‘nikmalarning, malakalarning bor yo yo‘qligini aniqlashga, u yoki bu kasb sohasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini va hakozolarni bilishga harakat qilinadi.
Suhbat metodi - yordamchi metod bo‘lib, o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha o‘rganishga imkon beradi. Suhbat doimo o‘rganilayotgan vazifaning maqsadlariga mos kelishi va rejali ravishda tashkil etilishi lozim. Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchining individual xususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o‘zgartirish, to‘ldirish, boshqacha qilib berish mumkin.

11) B.G.Ananev psixikani o’rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o’rgangan:


A) tashkiliy guruhga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
B) emperik guruhga kuzatish, eksperiment, suhbat, so’rovnoma, test, faoliyat mahsulini o’rganish metodi, biografiya, sosiometriya;
V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar;
G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi.
B.G.Ananev tomonidan ajratilgan klassifikasiyaga ko’ra, tadqiqot ishlarida foydalaniladigan asosiy metodlar emperik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday bo’lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi.
12) Tashkiliy metodlar guruhiga - qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi;
Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o’zaro taqqoslash uchun, medisina psixologiyasida – sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o’quvliligini va ishchanligini o’zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi.

Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling