B. G. Ananev bo`yicha metod turkumlari?


Download 23.69 Kb.
bet2/4
Sana24.06.2023
Hajmi23.69 Kb.
#1652882
1   2   3   4
Bog'liq
Psixologiya fanidan savollarga javoblar

Eksperiment metodi. Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining faoliyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, tadqiqotchi psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jixatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik Fexner (1801–1887), sezgilarni tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832–1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879-yilda V.Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy – Moskvada, Bexterev – Qozonda, N. N. Lange – Odessada shunday laboratoriya ochishgan.
1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi. Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya P.I.Ivanov rahbarligida TDPU da tashkil etildi.
Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya va tabiiy eksperiment.
Laboratoriya eksperimenti - laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob uskunalar yordamida o‘tkazishda va sinaluvchining xatti-harakatlari. ko‘rsatmaga binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinaliyotganligini biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti orqali diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 yilda A.F. Lazurskiy taqlif etgan), mo‘ljallanishiga ko‘ra sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘yilmasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin,) ko‘chirish lozim.



Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling