B. G. Ananev bo`yicha metod turkumlari?


Download 23.69 Kb.
bet1/4
Sana24.06.2023
Hajmi23.69 Kb.
#1652882
  1   2   3   4
Bog'liq
Psixologiya fanidan savollarga javoblar


Savollar.
1.Psixologiya so`zining lug`aviy ma`nosi?
2.Psixologiya fanining predmeti?
3.Psixologiya qachon paydo bo`lgan?
4. Psixologiya fanining nazariy va amaliy vazifalari?
5. Psixologiyaning qanday tarmoqlari mavjud?
6. Psixologiyaning falsafa tarkibidagi taraqqiyoti?
7. Psixologiyaning qanday ilmiy yo`nalishlarini bilasiz?
8. Psixologiyaning yirik ilmiy maktablari?
9.Metod deb nimaga aytiladi?
10.Asosiy va yordamchi metod turlari?
11.B.G.Ananev bo`yicha metod turkumlari?
12.Qaysi metodlar tashkiliy metodlarga kiradi?
13. Psixologiya tarmoqlari qanday mezonlarga ko`ra farqlanadi?
14.Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko`rsatishini nima ta`minlab beradi?
15.Asab tizimi qanday bo`limlardan iborat?
16.Periferik nervlar majmuasi qaysi organlar ta`minlaydi?
17.Neyron qanday tuzilishga ega?
18.Nima nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo`lib hisoblanadi?
19.Psixikaning moddiy asosi nima?
20.Miya katta yarim sharlari faoliyatining umumiy qonunlari kim tomonidan kashf etilgan?
21.Instinkt deb nimaga aytiladi?
22.Onglilik va ongsizlik tushunchalari mazmuni?
23.Reseptorlarning faoliyati nimaga bog`liq?

Javoblar.

  1. Psixologiya so`zining lug`aviy ma`nosi grekcha psyuxe –jon,ruh,logos-fan,ta`limot degan ma`noni anglatadi.

  2. Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko’ra pedagogika shaxsni ta'lim-tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi.

  3. Psixologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.XIX asr oxiri XX asr boshlarida psixologik ilmiy maktablar faoliyati yo`lga qo`yildi.

4) Nazariy vazifalariga:
– psixik hodisalarning paydo bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish;
– uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish;
– psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilish;
–psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida paydo bo‘lishi omillarini o‘rganish;
– intellekt (zehn, aql, idrok), abstrakt tafakkur qilish qobiliyatini shakllanishini tezlatish muammosini hal qilish;
– insonda «mudrab yotgan layoqatlarni qobiliyat darajasida shakllanishini ilmiy asoslab berish»;
– yangicha fikrlash, ya‘ni yangicha tafakkur qilishning psixologik masalalarini yoritib berish.
Amaliy vazifalari: psixologik bilimlarni keng jamoatchilik ommasiga yetkazib berishdan iboratdir. Hozirgi sharoitda otaonalar, tarbiyachilar bola tarbiyasida psixolog-pedagoglarning psixologik bilimlariga muhtojdirlar. Turli yoshdagi bolalarning yoshlik va individual farqlarini ajratish, ularga individual munosabatda bo‘lish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, yakka bola tarbiyasi, tarbiyasi qiyin bolalarga o‘zaro munosabat, turli yot oqimlarga kirib ketuvchilar bilan ishlash, sust o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlash, psixik 10

rivojlanishida orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar, mahalla faollarini bahramand qilishdan iboratdir.


5) Umumiy psixologiya – umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, murakkab ichki bog`lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va ontogenetik o`zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha.
Eksperimental psixologiya- eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi.
Mehnat psixologiyasi – insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
Aviatsiya psixologiyasi – aviasanoat va aviaxizmatchilarning mehnat faoliyatida kechuvchi psixologik qonuniyatlarni o`rganadi.
Muhandislik psixologiyasi – inson va mashina o`rtasidagi munosabatni, insonga mashinaning psixologik ta`sirini va insonning mashina bilan munosabati jarayonining psixologik qonuniyatlarini tadqiqot metodlari yordami bilan o`rganuvchi psixologiya sohasi.
Kosmik psixologiya – vaznsizlik va bo`shliqda aniq mo`ljal ola bilmaslik sharoitida, organizmda juda ko`p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro`y beradigan nerv-psixologik zo’riqish bilan bog`liq bo`lgan alohida holatlar tug`ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
Ekstremal psixologiya – insonning o`zgargan muhit shart-sharoitlarida psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o`rganadigan psixologiya sohasi.
Pedagogik psixologiya – tarbiya va ta`lim muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi.
Tibbiyot psixologiyasi – kasallarning davolanishi, gigiena, profilaktika, diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi.
Yuridik psixologiya – huquq doirasidagi munosabatlar odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya sohasi
Harbiy psixologiya-harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta`siri, harbiy faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o`rganuvchi, tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi.
Sport psixologiyasi – sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi.
Savdo psixologiyasi – jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo`lib, tijorat ta`sirining psixologik negizlari, ob`ektiv va sub`ektiv shart-sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha.
Ijodiyot psixologiyasi – badiiy qadriyatlarni o`zlashtirishda, ularning yangi ko`rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlar inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta`sirini o`rganuvchi psixologiya sohasi.
Yosh psixologiyasi – shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug`ilishidan to umrining oxirigacha bo`lgan davrni, ya`ni ontogenezni o`rganadigan psixologiya sohasi.
Maxsus psixologiya – normal psixik rivojlanmagan tug`ma yoki keyinchalik orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta`siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot qilish sohasi.
Qiyosiy psixologiya- psixologiyaning murakkab bo`limlaridan biri bo`lib, psixikaning filogenetik holatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan sohasi.
Differentsial psixologiya-shaxslar o`rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh a`zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya`ni psixologik farqlarini o`rganuvchi psixologiya sohasi.
Din psixologiyasi-psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta`sirini o`rganuvchi psixologiya sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga kelgan bo`lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an`analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot holatlarini o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Siyosiy psixologiya-jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta`sirchanlik ta`sir o`tkazish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Oila psixologiyasi-oilaning psixologiyasini o`rganuvchi fanlararo tadqiqot qilishga yo`nalgan psixologiya sohasi.
Boshqaruv psixologiyasi-jamiyatda faoliyat ko`rsatayotgan shaxslar, guruhlar va jamoalar o`rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan nazorat, baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Fan psixologiyasi - ilmiy tadqiqot o`tkazishning samaradorligini oshirish uchun psixologik ta`sir omillarini o`rganuvchi psixologiya sohasi.
Kompyuterlashtirish psixologiyasi- kompyuterning ishlab chiqarishdagi roli, psixik aks ettirishga ta`siri, shaxs tuzilishining o`zgarishini o`rganuvchi psixologiya sohasi
6) Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an'analarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy
istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
7) Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo`nalishi vujudga keldi. Uning, ko`zga ko`ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko`lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir.
8) Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o`rinlardan birini egallaydi va XX asrning boshlarida
Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo`nalishga ega bo`lgan psixologik oqim paydo bo`ldi. Mazkur yo`nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o`tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma`lum darajada hissa qo`sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya`ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o`rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o`zlarining ustilarida o`tkazib, natijalarni ob`ektiv bo`lishiga kamroq e`tibor berganlar.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O`z-o`zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma`nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko`pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma`qul ko`radilar
9) Metodlar - psixologiyani o’rganish usullari va yo’llari yig’indisi, "Metod" bu bilish, anglash yo’li bo’lib, bu usul orqali fanning predmeti aniqlanadi.
10) Asosiy metodlar: Kuzatish metodi. Turmushdagi kuzatuvdan farqli o‘laroq, xulq-atvor va faoliyatning kuzatilayotgan faktini tasvirlashdan uning ichki psixologik mohiyatini tushuntirib berishga muqarrar o‘tilishini taqozo etadi. Kuzatuv jarayonida hosil bo‘lgan gipoteza ana shu o‘tishning shakli hisoblanadi. Uni tekshirish yoki rad etish esa keyingi kuzatuvlarda hal bo‘ladi. Psixologik kuzatuvlarning jiddiy muhim talablaridan biri aniq rejaning bo‘lishi va olingan natijalarni maxsus kundalikka qayd etilishidan iborat.
Kuzatishning psixolgiyada ikkita asosiy shakli mavjud. Bu o‘z-o‘zini kuzatish yoki introspektsiya va ob‘ektiv kuzatish.

Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling