B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


Download 131.61 Kb.
bet36/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

6.2. PARAMETRLI O‘ZGARMAS
KUCHLANISH STABILIZATORI
Parametrli o‘zgarmas kuchlanish
stabilizatorlarida nochiziqli qarshilik
ishlatiladi. Bu yerda stabilizatsiya toki
kuchlanishning nochiziqli funktsiyasidir,
ya’ni dinamik qarshilik RD statik qarshilikka
RS teng bo‘ladi. Bunday nochiziqli qarshilik
barettr, gaz to‘ldirilgan va kremniyli
stabilitron kiradi. Kremniyli stabilitrono‘
zgarmas kuchlanishni stabillash uchun
mo‘ljallangan. Kremniyli stabilitronning
volt-amper xarakteristikasi 64-rasmda
64-rasm. keltirilgan.
63
Stabilitron sxemaga ulanib, uning elektrodlariga teskari kuchlanish berilganda
teskari xarakteristika a-b qismida kuchlanish oz o‘zgarganda tok
ko‘p miqdorda o‘zgarishi kuzatiladi. Kremniyli stabilitronning stabillash
xususiyati shundan iboratki, r - n o‘tkazuvchanlikda tok o‘zgarganda
kuchlanishning pasayishi kam o‘zgaradi.
Kremniyli stabilitronning ulanish sxemasi 65-a rasmda keltirilgan.
a) b)
65-rasm.
Sxemadagi Rb — ballast (so‘ndiruvchi) qarshilik bo‘lib, .stabilitrondan
oqadigan katta tokni chegaralaydi.
Kirishdagi kuchlanishning o‘zgarishi ballast qarshiligi orqali oqadigan
tokning o‘zgarishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida stabilitrondan oqadigan
tokni o‘zgartiradi. Stabilitronning qarshiligi oddiy qarshilik singari doimiy
bo‘lmaganligi uchun undan oqadigan tok oshganda stabilitronning qarshiligi
kamayadi yoki stabilitrondan oqadigan tok kamayganda uning qarshiligi
oshadi. Natijada stabilitrondagi kuchlanish o‘zgarmasdan qoladi. Kirishdagi
kuchlanishning o‘zgarishi Rb qarshilikda so‘ndiriladi. Agar kirishdagi
kuchlanish doimiy bo‘lganda yuklamadagi tok o‘zgarsa, stabilitrondan
oqadigan tok shuncha teskari kattalikka o‘zgaradi. To‘g‘rilagichdan
kelayotgan umumiy tok esa o‘zgarmaydi, natijada yuklamadagi kuchlanish
ham o‘zgarmaydi. Stabilitron odatdagi yassi diodlarga o‘xshagan bo‘lib,
tayyorlanish texnologiyasi biroz farqlanadi. Stabilitronning anodiga musbat,
katodiga manfiy potentsial ulansa, kremniyli diodning xarakteristikasi
olinadi. Agarda stabilitronga ulangan teskari kuchlanish oshirilsa (anodga
manfiy, katodga musbat potentsial ulansa), stabilitrondan oqadigan tok
avvaliga asta-sekin o‘sadi va shunday bir kuchlanish kelganda stabilitronning
p-n to‘siq zonasida elektrik buzilish paydo bo‘ladi va kuchlanishning juda
kam miqdorda o‘zgarishiga tokning ko‘p miqdordagi o‘zgarishi to‘g‘ri keladi.
Stabilitronning elektrik buzilish holatida kuchlanishni stabillash sifati
64
namoyon bo‘ladi. Bu holatni va bu sifatni stabilitronda turg‘un holatda
saqlab turish uchun undan oqadigan tokning qiymati maksimal Icmax va
maksimal Icmin oraliqda bo‘lishi lozim. Bular bilan bir qatorda stabilitronda
quyidagi parametrlar mavjud: kuchlanish stabilizatsiya —Ust va differensial
qarshilik —
D
D
= ct
d
ct
U
I
r .
Agar rd qancha kichik bo‘lsa, chiqishdagi kuchlanish stabilizatsiyasi
shuncha yuqori bo‘ladi. Parametrik stabilizatorlarining sifati stabilizatsiya
koeffitsiyenti — KCT orqali aniqlanib, kirish kuchlanishining nisbiy
o‘zgarishini yuklamadagi kuchlanishning nisbiy o‘zgarishiga nisbati bilan
o‘lchanadi, ya’ni:
. ‘
. ‘
/
/
D
D
= kir kir o r
CT
yuk yuk o k
U U
U U
K .
Yarim o‘tkazgichli stabilitrondan tuzilgan stabilizatorlarda Kct = 100
gacha borishi mumkin. Kuchlanishning stabilizatsiyasini oshirish uchun
stabilizatorlar ketma-ket ulanadi (65-b rasm).
Parametrik stabilizatorlarning yutug‘i shundan iboratki, ular sodda
tuzilgan va puxta. Kamchiligi esa FIK stabilizatsiya koeffitsyenti kichik va
tor siljimaydigan kuchlanish chegarasiga ega.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling