B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Elektr manbalarda (ETQ) xalaqitlardan muhofazalanish
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
Elektr manbalarda (ETQ) xalaqitlardan muhofazalanish
Elektr o‘zgartirgich manba sifatida ishlatilishi bilan bir qatorda qolgan radio elementlarida ma’lum miqdorda xalaqit hosil qiladi. Xalaqitni kamaytirish uchun filtr ishlatiladi. Yana bir havfli xalaqit struktura sxemasining o‘zida hosil bo‘ladigan xalaqit bo‘lib, u «parazit (tekinxo‘r) xalaqit» deyiladi. Ikkita elektr zanjirning bir biriga yaqin joylanishi natijasida quyidagi parazit xalaqitlar hosil bo‘ladi: — elektr maydon orqali (sig‘im orqali bog‘langan); — magnit maydon orqali (g‘altak orqali bog‘langanda); — bog‘lovchi sim orqali; — elektromagnit maydon orqali. Havoda elektr magnit maydon orqali elementlar orasida E kuchlanganlik hosil bo‘ladi, elementlar orasida esa parazit sig‘im Cpar hosil bo‘lishi parazit kuchlanishni hosil qiladi va quyidagicha aniqlanadi: 1 V bpar A v par Z Z j C U U + w = bu yerda: Zv — qurilmaning qobig‘i bilan element orasidagi umumiy qarshilik. Parazit xalaqitlar qurilmaning yonidan o‘tgan simlar ta’siri natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu xalaqitlarning oldini olish uchun parazit xalaqit hosil qiluvchi elementlar xalaqit hosil qiluvchi to‘sqinlik qiladigan qobiq ichiga o‘rnashtiriladi (ekran). Ekranning vazifasi elementlarning elektr, magnit maydonlar ta’sirini o‘zidan tashqariga o‘tkazmaydi. Bu ekran o‘zida elektr tokini tez o‘tkazuvchan bo‘lib, u qurilmaning asos qobig‘iga kavsharlangan bo‘ladi. 75 Xalaqitlarni kamaytirishning yana bir yo‘li transformator va g‘altakning toroid shaklli o‘zaklaridan foydalanishdir hamda bog‘lovchi simlarni qisqartirish, yuqori kuchlanishli simlarni past kuchlanishli simlardan alohida qilib ajratish va mumkin qadar filtrlarni ko‘p ishlatish lozim. Surunkali xalaqitlar hosil qiladigan elektromexanik qurilmalarni (kollektor mashinalar, relelar va boshqalar) xalaqitlar hosil qiladigan ish jarayonlarida maxsus uchqunni yo‘qotuvchi zanjirlar orqali xalaqit minimumga keltiriladi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling