B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


VIII BOB. ALOQA KORHONALARINING


Download 131.61 Kb.
bet43/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

VIII BOB. ALOQA KORHONALARINING
ELEKTR TA’MINOTI
8.1. ELEKTRON ATS LARNI ELEKTR TA’MINOTI
8.1.1. Elektron ATS ning elektr ta’minot tizimi
Electron ATS larni elektr energiya bilan taminlash uchun PS48600-
2B/50 elektr ta’minot tizimi qo‘llanilgan. Tizimdagi belgilanishlar quyidagilarni
ifodalaydi:
48V — nominal chiqish kuchlarini qiymati.
600A — nominal chiqish toki;
2V — versia raqami;
50A — to‘g‘irlagichning nominal tok qiymati.
Bu elektr ta’minot tizimi quyidagi asosiy bloklardan tashkil topgan:
1. PSM-A11 monitoring bloki.
2. HD4850-2 — to‘g‘irlagichi.
3. AC — taqsimlash bloki.
4. DC — taqsimlash bloki.
5. Aloqa o‘rnatish moslamalari va harorat sensori.
Quydagi 75-rasmda elektr ta’minot tizimini tuzilishi va ishlash prinspi
keltirilgan.
Tashqi elektr energia AC-1 yoki AC-2 shinalar orqali o‘zgaruvchan
tok taqsimlagich blokiga qabul qilinadi. Bu taqsimlagich orqali elektr energia
to‘g‘irlagichlarga yuboriladi.
To‘girlagich ~220 V kuchlanishni o‘zgarmas -48 V ga aylantiradi. Bu
o‘zgarmas tok taqsimlagichiga (DS) qabul qilinadi.
O‘zgarmas tok taqsimlagichi elektr energiani aloqa qurulmalariga bir
necha yo‘nalishlar orqali yuboradi. Normal sharoitda tizim parallel rejimida
ishlaydi, yani to‘g‘rilagich va batareya parallel xolda ishlashadi. Bu vaqtda
to‘g‘irlagichlar aloqa qurulmalarini elektr energia bilan taminlaydi, hamda
akkumulyator batareyasini kichik tok bilan zaryadlab turishadi. Tashqi
76
manba uzilib qolganda stansia qurulmalari elektr energiani AB lardan
olishadi. Tashqi manba tiklanganda to‘g‘irlagichlar ishga tushadi va
qurulmalarni elektr energiya bilan taminlaydi.
Parallel holda AB larni zaryadlash jarayoni ham amalga oshiradi.
To‘g‘irlagichlar va taqsimlash bloklarida monitoring kanallari mavjud. Bu
kanallar orqali qurulmalar monitoring bloki bilan bog‘langanlar. Monitoring
bloki to‘g‘irlagichlarni holati to‘g‘risiodagi ma’lumotlarni qabul qiladi va
RS485 porti orqali boshqaruv jarayonini amalgam oshiradi. Monitoring bloki
RS 485 va RS 232 portlari orqali local kompyuter va modem orqli monitoring
markazi bilan bog‘lanishlari munkin.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling