B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
ELEKTR TA’MINOT QURILMALARINI ORTIQCHA
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
7.3. ELEKTR TA’MINOT QURILMALARINI ORTIQCHA
YUKLAMADAN VA QISQA TUTASHUVDAN MUHOFAZALASH Elektr manbaning puxtaligini va ishonchliligini oshirish uchun uni ortiqcha yuklamadan va qisqa tutashuvdan asrash kerak. Muhofazalash yakka va umumiy holda bo‘lishi mumkin. Umumiy muhofazalash elektr manba zo‘riqqanda o‘rnatiladi. Yakka holda muhofazalash esa qurilma ayrim bloklarining zo‘riqishini hisobga olib muhofaza qilinadi. Sxemali muhofazalash metodida qo‘shimcha sxema orqali elektr manba zo‘riqishdan holi qilinadi va bu zo‘riqish ayrim elementlarga og‘irlik qilmaydi. Zo‘riqish paydo bo‘lganda passiv metod yordamida elektr manba himoyalanadi, ya’ni tok yoki kuchlanish pasaytiriladi yoki butunlay o‘chiriladi. Aktiv metod orqali elektr manba himoyalanganda, zo‘riqish paydo bo‘lganda boshqa bir qurilma orqali zo‘riqishning kamayishi boshqariladi. Bu zo‘riqishlarga eng ta’sirchani yarimo‘tkazgichli asboblardir. 74-rasmda yarimo‘tkazgichli asboblarni muhofazalash variantlari keltirilgan. Yarimo‘tkazgichli diodlarni muhofazalashda unga ketma-ket induktivlik ulanadi (74-a rasm), ya’ni dioddan o‘tayotgan tok mo‘ljallangan qiymatdan oshganda chegaralanadi. Bu chegaralashni saqlagich orqali ham amalga oshirish mumkin (74-b rasm). 74-rasm. 74 Tiristorli uch fazali to‘g‘rilagichlarda tiristor yakka holda saqlagich yordamida muhofazalangan RC — zanjir bilan ikkita diod boshqaruvchi elektrodni muhofazalaydi (74-d, e rasm). Tiristorlarning elektrodiga kelayotgan kuchlanishning manfiy bo‘lishi va teskari tokning kelishi tiristor uchun havfli hisoblanadi, bu hodisadan saqlanish uchun tiristorning boshqaruvchi elektrodi bilan diod parallel (74-f rasm) yoki ketma-ket (74-g rasm) ulanadi. Tiristorni emitter va kollektor orasidagi kuchlanishdan zo‘riqishidan saqlash uchun bu oraliqqa parallel stabilitron ulanadi (74-h rasm), chunki stabilitron emitter va kollektor orasidagi kuchlanishni cheklaydi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling