B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy funksiyalari
8.1.2. To‘g‘irlagich qurulmasi
EATC elektr ta’minot tizimida HD4850-2 turidagi to‘g‘irlagich qo‘llaniladi. To‘g‘irlagichdagi belgilar quyidagilarni ifodalaydi: HD — to‘g‘irlagich. 48 — nominal chiqish kuchlanishi (48 V). 50 — nominal chiqish toki (50 A). 2 — versiya raqami. To‘g‘irlagichning tashqi ko‘rinishi quyidagi rasmda keltirilgan. To‘g‘irlagich quyidagi qismlardan tashkil topgan: 1. front panel — oldi panel. 2. scide panel — yon panel. 3. main radiator — asosiy radiator. 4. cover plate — yon berkitgichi. 80 78-rasm. To‘g‘irlagishning tashqi ko‘rinishi. To‘g‘irlagichni old panelida JK indikatorlari, kuchlanish malga kuchini ko‘rsatuvchi datchiklar (LED), displeyni ulab ulab uzuvchi tumbler, changdan himoya setka va vintelyator. To‘g‘irlagichda tezkor almashtirish mehanizmi mavjud. Bu mexanizm mantaj va texnik hizmat ko‘rsatish jarayonini ancha yengillashtiradi. Asosiy funksiyalari 1. asta ulanish 2. quvvatni boshqarish va nazorat qilish. 3. qisqa tuyashuvdan himoyalsh. 4. tezkor almashtirish. 5. himoya avariya signaliztsiasi. 6. yuklamani avtonom ajratish. 7. tok qiymatini asta-sekinlik bilan chegaralash. 8. monitoring. 9. changdan saqlash va ventelyatorni boshqarish. Bu funksialarni ko‘rib chiqamiz: 1. To‘g‘irlagichni elektr ta’minot konturida 2 sxema mavjud: Aktiv korreksialash sxemasi va ko‘prikli to‘g‘irlash sxemasi. Ko‘prikli to‘g‘irlagich sxemasida fazalarni surishda asta korreksialash texnikasi qo‘llanilgan, bu esa kuchlanishni keng oraliqda ishlash imkoniyatini beradi. (120V/290 V) FIK 91% ni tashkil etadi. 81 2. To‘g‘irlagichda quvvatni boshqarish va nazoratni mukammal usuli qo‘llanilgan. Chiqish kuchlanishi qiymati 170—290 V ga yetganda to‘g‘irlagich maksimal quvvati bilan ishlaydi. Kuchlanish qiymati 120— 170 V ni tashkil etsa to‘g‘irlagich ushbu usulni qo‘llaydi, natijada chiqishda kerakli quvvat ta’minlanadi. 3. To‘g‘irlagichda qisqa tutashuvdan himoyalash texnalogiyasi qo‘llanilgan. Qisqa tutashuv bartaraf etilgandan so‘ng to‘g‘irlagich avtomatik tarzda normal ish rejimini tiklaydi. 4. To‘g‘irlagichda tezkor almashtirish texnikasi qo‘llanilgan. To‘g‘irlagichni kirishi va chiqishida tokni chegaralash va asta ishga tushurish qurulmasi mavjud. Zaxiradagi to‘g‘irlagich ishlab turgan qurilmaning o‘rnatish tizimini chiqish kuchlanishi tasir etmaydi. To‘g‘irlagichlarni almashtirish vaqti 1 minutni tashkil etadi. 5. To‘g‘irlagichni old panelida uchta LED indikatori mavjud: 1. Manba indikatori (yashil); 2. Himoya indikatori (sariq); 3. Nosozlik indikatori (qizil). Agar kirishdagi kuchlanish meyoridan oshib yoki kamaysa yoki to‘g‘irlagich qizib ketsa himoya indikatori yonadi. Agar chiqish kuchlanishi meyoridan oshsa, to‘g‘irlagichni modullarida yoki ventelyatorlarida nosozliklar sodir bo‘lsa nosozlik indikatori yonadi. Nosozliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar manitoringni moduliga yuboriladi. Monitoring moduli kerakli choralarni qabul qiladi. 6. Bu himoya usuli to‘g‘irlagichlardan birortasi ishdan chiqsa qo‘llaniladi. Bu vaziyatda ishlab turgan to‘g‘irlagichlar nosoz to‘g‘irlagichni yuklamasini o‘ziga olishadi. 7. To‘g‘irlagichda tok kuchini qiymatini asta chegaralash texnalogiyasi qo‘llanilgan. 8. To‘g‘irlagichda malgam p joylashtirilgan. Bu malgam p monitoring qurilmasini holatini boshqaradi. Hamda monitoringni moduli bilan aloqa o‘rnatadi. To‘g‘irlagich monitorin modulidan quyidagi buyruqlarni oladi: ulash, o‘chirish, kuchlanishni rostlash, tok kuchini qiymatiin rostlash va h.k. monitoring moduli to‘g‘irlagichni kuchlanish qiymatini, tok kuchini va haroratini nazorat qiladi. Bu funksialar RS 485 uzoqlashtirilgan interfeys orqali malgam oshiriladi. 9. Ventilyator tizimida ventilyator tezligini asta boshqarish texnalogiyasi qo‘llanilgan. To‘g‘irlagichdagi harorat 400 dan oshmasa ventilyator ishlamaydi, agar harorat 400 dan oshsa ventilyator ishga tushadi. Harorat oshgan sari ventilyatorni tezligi oshib boradi. Ventilyatorlarda changdan himoyalovchi setkalar o‘rnatilgan. 82 Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling