O‘zgaruvchan tok kirishini yuqori kuchlanishlardan himoyalash
PS 48600-2V/50 tizimi AC kirishida yuqori kuchlanishlardan himoyalash
moslamalariga ega. Kirishda kuchlanish maksimal kritik qiymatiga yetganda
AC — ulab uzgich avtomatik tarzda ajraladi va to‘g‘irlagichni hamda
qurulmalarni yuqori kuchlanishdan saqlab qoladi. Kuchlanish normal
qiymatiga tiklanganda AC — ulab uzgichi avtomatik tarzda ulanadi va
to‘g‘irlagich va qurulmalar tashqi manba bilan ta’minlaydi.
Akkumulyator batareyasini va istemolchilarni ajratuvchi funksiya (LVD)
Quydagi rasmda batareyani va istemolchilarni ajratuvchi funksiyani ish
jarayoni aks ettirilgan.
77-rasm. Yuklama va batareya LVD sini ishlash sxemasi.
79
Tashqi o‘zgaruvchan elektr manba uzilib qolganda yoki to‘g‘irlagichlar
ishdan chiqsa, AB si iste’molchilarga manba bera boshlaydi. AB dagi
kuchlanish qiymati 45 V ga yetganda tizim akustik va visual avariya signallarini
ishlab chiqaradi.
Kuchlanish qiymati kamayib 44 V ga yetganda tizim ikkilamchi
iste’molchilarni AB dan ajratadi, natijada AB sini razryadlanish vaqti uzayadi
va asosiy iste’molchilarni manba bilan ta’minlab turadi. AB dagi kuchlanish
qiymati 43,2 V ga yetganda batareyani ajratuvchi moslama (BLVD) ishga
tushadi va AB ni istemolchilardan ajratadi, natijada AB to‘liq razryadlanishdan
saqlab qolinadi. Tashqi elektr manba tiklanganda ajratuvchi
(LLVD; BLVD) moslamalar avtomatik tarzda oldingi holatiga qaytishadi
va tizimda normal ish rejimi tiklanadi.
Avariya holatlarini ma’lum qilish va himoyalash
PS48600-2b/50 elektr ta’minot tizimi himoya va avariya ma’lumotlarini
ma’lum qilsh funksiyalari bilan taminlangan. Monitoring moduli orqali
tizimni ishi jarayoni, saqlagichlarni holati, ximoya qyrulmalarini holati
monitoringi modulida to‘liq aks etgan.
Har bir nosozliklar uchun alohida audio va vizual avariya signallari
mavjud. Masalan: kirishdagi o‘zgaruvchan tokni kuchlanishi meyoridan
oshganligi yoki kamayganini ifodalovchi signallar, chiqishdagi o‘zgarmas
tok kuchlanishini meyoridan oshganini yoki kamayganini aks ettiruvchi
signallar, to‘g‘irlagichni ishdan chiqqanligini aks ettiruvchi signallar v.h.
Do'stlaringiz bilan baham: |