B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
Asosiy funksiyalari. 1. Boshqarish funksiasi:
Monitoring moduli tizimni ish jarayonida quyidagi buyruqlarni yuboradi: to‘g‘irlagichlarni ulash va o‘chirish rejimlarini o‘zgartirish, to‘g‘irlagichlardagi tok kuchini o‘zgartirish, to‘g‘irlagichlarni chiqishidagi chiqish kuchlanishini sozlash, LVD yuklamani nazorati LVD batareya nazorati, batareyani testlash. Qo‘l bilan boshqarish rejimida monitoring moduli orqali quyidagi jarayonlarni bajarish munkin: rejimlarni o‘zgartirish, to‘g‘irlagich toki qiymatini boshqarish, to‘g‘irlagich qiymatini sozlash, to‘g‘irlagichni raqamli signalini boshqarish, batareyani testlash uchun «batareya testini» ishga tushurilishi va tohtatish. Bu jarayonlar monitoring modulini klaviaturasi orqali bajariladi. Modul avtomatik boshqaruv rejimida batareyani testlash jarayonidan tashqari barcha jarayonidan tashqari barcha jarayonlarni bajaradi. Batareyani testlash jarayoni faqat qo‘l bilan amalga oshiriladi. Testlash rejimida tizim avtomatik tarzda batareyani razryadlanganligini nazorat qiladi. Testlash jarayoni tugagandan so‘ng avtomatik boshqaruv rejimi ishga tushadi, bunda batareyani sig‘imi tekshiriladi. Testlashni boshlangan vaqti, kuchlanish qiymati, testni tugatilgan vaqti va batareyani 84 qoldiq sig‘imi to‘g‘risidagi ma’lumotlar arxivda saqlanadi. Qo‘l bilan boshqarish rejimida batareyani zaryadlash vaqtini boshqarish va batareyani sig‘imini xisoblash funksiyalaridan tashqari barcha funksiyalar bajarilishi amalga oshiriladi. O‘zgarmas to‘k kuchlanishi qiymati kamayib kritik avariya qiymatiga yetsa tizim avtomatik rejimga o‘tadi. 2. Uzoqlashtirilgan boshqaruvchi funksiyalari. Quydagi funksiyalar mavjud: uzoqlashtirilgan boshqaruv, uzoqlashtirilgan aloqa, uzoqlashtirilgan nazorat. Uzoqlashtirilgan boshqaruvda yordamchi boshqaruv tizimi manitoringni moduli orqali analog signallarini yig‘adi. Uzoqlashtirilgan aloqa funksiyalarida yordamchi boshqaruv tizimi monitoringini moduli orqali raqamli signallarni yig‘adi. Uzoqlashtirilgan nazorat funksiyasida yordamchi boshqaruv tizimi beshta signallarni nazorat qiladi. Bu quyidagi signallar: to‘g‘irlagichlarni ulash va o‘chirish, zaryad rejimlarini o‘zgartirish, tizimni boshqarish rejimlarini o‘zgartirish, avariya signali tovushini o‘chirish, batareyani testlash testini ishga tushurish va toxtatish. Yordamchi boshqaruv tizimi bu jarayonlarni monitoring moduli qo‘l bilan boshqaruv rejimida bo‘lgandagina bajara oladi. Bunda birinchi galda parolni tekshirish amalgam oshiriladi. 3. Avariya signalizatsiyasi va jurnallarini yuritish. Monitoring moduli tovush va vizual avariya signallarini ishlab chiqaradi. Modul quyidagi avariya holatini ishlov beradi: o‘zgaruvchan tokni taqsimlashdagi nosozliklar, o‘zgarmas tokni taqsimlashdagi nosozliklar, to‘g‘irlagichdagi nosozliklar, tizimdagi avariyalar. Operator avariya ma’lumotlari yozilgan arxivni va real vaqtdagi avariya ma’lumotlarni ko‘zdan kechirishi mumkin. Avariya ma’lumotlari tarixi jurnalida quyidagi ma’lumotlari bo‘lishi mumkin: Avariya turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, avariya aniqlangan vaqt va avariyani bartaraf etigan vaqt. Ma’lumotlar kelib tushgan vaqti bo‘yicha ketma-ket yozib boriladi. Avariya ma’lumotlar jurnalida 100 tagacha yozuv bo‘lishi mumkin. Yozuvlar soni 100 tadan oshsa eng eski yozuv o‘chiriladi, oxirgi yangi ma’lumot saqlab qolinadi. 3 ta avariya turi mavjud. Kiritik, oddiy, avariyaning yo‘qligi. Kiritik avariyada tizim audio va vizual signallar ishlab chiqaradi va avariya ma’lumotni modem orqali jo`natilishini taminlaydi. Oddiy avariyada tizim faqat audio signallar ishlab chiqaradi. Avariya yo‘q holatda tizim hech qanday signal hosil qilmaydi. 4. Nosozliklar to‘g‘risida peydjing xabarlar. Tizim kritik avariya habarlarni ishlab chiqqanda elektr ta’minotni manitoring moduli bu habarlarni modem orqali yordamchi boshqaruv dasturiga yuboradi. Bu yerda bu habarlarga zudlik bilan ishlov beriladi. Sozlashlarni bajarishdan oldin parol kiritiladi. 85 5. Batariyalarni avtomatik boshqarish. Manitoring moduli avtomatik tarzda batariyalarni zaryadlash rejimlarini, zaryad tokini nazorat qiladi va turli himoya funksiyalarini bajardi. 6. Aloqa funksiyasi. Monitoring moduli yordamchi boshqaruv serveri bilan aloqa o‘rnatadi. Aloqa o‘rnartish uchun modem va PS232, PS 485/422 portlaridan foydalaniladi. 7. Releli chiqishlar. Tizim 8 ta avariya releli chiqishlarni taminlaydi. Bu chiqishlar 8 turli avariya xabarlariga to‘g‘ri keladi. Bular: AC qurulmasini elektr ta’minotini ishdan chiqishi, to‘g‘rilagichni ishdan chiqishi, chiqishda yuklamani ajratilishi, o‘zgarmas tok kuchlanishini kamayishi, BLVD, LLVD larda kuchlanish kamayishi, chaqmoqdan himoyalovchi qurulmani ishdan chiqishi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling