B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev
DC taqsimlash bloki quyidagi funksialarga ega
Download 131.61 Kb.
|
YANGI MALUMOT ENERGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfiguratsiya.
- 8.1.5. Zahira elektr ta’minotini invertor akkumulyator tizimi
DC taqsimlash bloki quyidagi funksialarga ega:
· Asosiy yuklamani chiqishida qisqa tutashuv va tok ko‘payishidan himoyalsh funksiasi. Asosiy yuklamani liniya sig‘imi foydalanuvchi talabiga ko‘ra o‘rnatish munkin. · Batareya kirishida saqlagichlar ishlatiladi.qisqa tutashuv, tok ko‘- payishidan avariya signallarini uzatish funksialarini himoyalsh ko‘rib chiqilgan. Har doim ishni to‘xtash holatini aniqlash munkun. · Qo‘ng‘iroqni ulab uzish, BLVD ulab uzgichi avto/qo‘lda, BLVD ulangan/ulanmagan, BLVD ulanishi avto/qo‘lda, BLVD ulangan/ulanmagan. · Batareyadagi tok qiymati va umumiy yuklama toki nazorat qilinadi. · O‘zgarmas tok chiqishida kuchlanishni oshishini yoki kamayishini ko‘rsatuvchi avariya signallar funksiyasi. · DC ni barcha chiqishlari nosozliklarni aniqlash funksialariga ega. Konfiguratsiya. DC taqsimlash bloklarini texnik parametrlari: Parametr Spestifikatsiya Izoh Nominal kuchlanish 43,2—57,6 V DC Umumiy yuklama 600 A Batareya saqlagichi 500 A (2 ta tarmoq) Saqlagichlarga hizmat ko‘rsatish sattivning orqa tomonida amalga oshiriladi 163 A.3 (saqlagich), 100 A.2 (saqlagich), 63A.2 (ulagich), 32A.2 (ulagich), 10A.2(ulagich). LLVD Chiqish tarmog‘i yuklama tarmog‘i (18 ta tarmoq) 63A.2, 32A.2, 10A.2 (ulagichlar), BLVD yuklama tarmog‘i. 8.1.5. Zahira elektr ta’minotini invertor akkumulyator tizimi Invertor akkumulyatorlardagi o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan 220 V ga aylantiradi. Invertor quyidagi asosiy qurulmalardan tashkil topgan: invertor, akumlyator batareyasi, zaryadlash qurulmasi va kontroller. Invertor — o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka aylantirish uchun ishlatiladi. 90 AB — tashqaridan elektr manba bo‘lmaganda, iste’molchilarni o‘zgarmas tok bilan taminlaydi. Zaryadlash qurulmasi — razryadlangan AB ni zaryadlash uchun ishlatiladi. Kontroller — AB ni zaryad va razryad, hamda tashqi kuchlanishni nazorat qiladi. Agar tashqi kuchlanish belgilangan meyordan oshib ketsa yoki uzilib qolsa, kontroller tizimga AB ga invertor orqali ulanish buyrug‘ini beradi. Bu tizim aloqa qurulmalarini elektr energiya bilan ishonchli va uzluksiz taminlanishini taminlaydi. Tashqi manba mavjud bo‘lganda bu tizim tashqi manbani istemolchiga o‘tkazib yuboradi hamda akkumulyatorlarni zaryad qurulmasi bilan zaryadlab turadi. Tashqi manba uzilib qolganda bu tizim ishga tushadi va qurulmalar elektr energiyani AB dan olishadi. O‘zgarmas tok iste’molchilari AB ga to‘g‘ridan to‘gri ulanadilar, o‘zgaruvchan tok iste’molchilari elektr energiyani invertor orqali olishadi. Tashqi manba tiklanganda tizim tashqi kuchlanishni sifatini analiz qilib, avtomatik ravishda zaryad rejimiga o‘tadi va tashqi manba normal holga kelmaguncha ishlashni davom ettiradi. Tashqi elektr manba normal holga kelganda tizim normal rejimga o‘tadi. AB lar tashqi manba orqali zaryadlanadi. Tizim sig‘imi 100 dan 1000 A.soat ega bo‘lgan AB bilan taminlanadilar. Uzluksiz ta’minot tizimi dastur ta’minoti bilan taminlangan. Tizim quyidagi ish rejimlariga ega: 1. Zahira elektr manba rejimi. Bu rejimda tashqi manba uzilganda iste’molchilar akumlyatorga ulanadilar. 2. Tarmoqni qo‘llash rejimi. Yuklama eng yuqori bo‘lgan vaqtlarda iste’molchilarni AB ga ulanishi taminlanadi. Bu rejim tashqi tarmoqni quvvati yetarli darajada bolmaganda qo‘llaniladi. Bu holda AB si tungi soatlarda zaryadlanadi, yuklama yuqori vaqtlarda esa batareya invertor orqali istemolchilarni manba bilan ta’minlaydi. 3. Akkumulyatorlarni zaryadlash rejimi. Bu rejimda AB ni zaryadlash jarayoni amalga oshiriladi. Asosan AB tungi soatlarda zaryadlanadi. Download 131.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling