B ibragimov, M. Ibragimov


Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish 
Musobaqaning barcha hujjatlari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi: 
- musobaqalarga qadar; 
- musobaqalar vaqtida; 
- musobaqalardan keyin bosib chiqariladigan hujjatlar. 
Ko’pgina hujjatlarni tayyorlash uchun ishtirokchining varaqasi asosiy manba 
bo’lib xizmat qiladi. 
Ishda qulaylik yaratish uchun varaqalar dastur nomerlariga qarab xatjildlarga 
joylanadi va har birining ustiga dastur turi, jinsi, rekordlari, razryad me’yorlari, 
keyingi davraga chiqish shartlari; mazkur turda ishtirokchilar soni, start vaqti yozib 
qo’yiladi. 
Ishchi qaydnomalar hakamlik blanklariga bosib chiqariladi va ularda mazkur 
davra to’g’risidagi ma’lumotlar – musobaqalarning nomi va dastur nomeri
musobaqaning boshlanish vaqti, o’tkazilish joyi, rekordlar, malakaviy me’yorlar 
hamda sportchilarning poyga (guruhlar, seriyalar, joylar) bo’yicha ro’yxatlari 
albatta ularning qur’a bo’yicha chiqish ketma-ketligiga ko’ra yoziladi. 
Ishchi qaydnomalarining nusxasi start qaydnomalari o’rnida ishlatilishi 
mumkin.
Kotibiyat tomonidan chiqariladigan start qaydnomalari miqdori (adadi) 
quyidagicha aniqlanadi: 
Ma’muriyat 
– rasmiy shaxslar va mehmonlar soniga ko’ra; 
Ishtirokchi 
jamoalarga 
– vakillar orqali bir nusxadan chiqarilib, umumiy 
foydalanish uchun e’lonlar taxtasiga osib qo’yiladi; 
Matbuot uchun
– matbuot markaziga barcha hujjatlar 1-2 nusxadan 
jo’natiladi; 


32 
Hakamlar hay’atiga – papkalarga joylanib, guruh va xizmatlarning nomi 
yozib qo’yiladi. 
Ishchi hujjatlarning to’plamlari: 
– 
musobaqa Reglamenti; 
– 
musobaqa jadvali; 
– 
toza qog’oz varaqlari; 
– 
ishchi qaydnomalar (taxminiy miqdori – yugurish turlariga – 9, 
texnik turlar – 7). 
Ishchi qaydnomalardan tashqari hakamlar guruhlari papkalariga hakamlik 
blanklari ham joylanadiki, ular musobaqa o’tkazish uchun zarur hisoblanadi. 
Masalan, marradagi hakamlar guruhi uchun: 
- marradagi katta hakam qaydnomalari; 
- katta vaqt o’lchovchi qaydnomalari; 
- davralar bo’yicha yugurish va oraliq vaqt hakamlari qaydnomalari; 
- masofadagi hakamlarning yozuvlari blanklari joylanadi. 
Sportcha yurish bo’yicha hakamlar uchun – yurish bo’yicha hakamlar 
yozuvlari, jamlovchi qaydnoma, uslub bo’yicha hakam qaydnomasi va h.k. 
blanklar taxlanadi. 
Agar ishtirokchilarning varaqalariga natijalar hakamlar guruhlari kotiblari 
tomonidan yozilsa, u holda papkalarga varaqali xatjildlar ham joylanadi, bunda 
guruhdagi kotiblar soni bir nafar hakamga ko’paytiriladi.
Papkalarning taxminiy miqdori va ularning kimlar uchun tayyorlanishi: 
– 
ishtirokchilar qoshidagi hakam
– 
startyor; 
– 
marra; 
– 
axborot; 
– 
fotomarra; 
– 
tablo; 
– 
shamol tezligini o’lchash; 
– 
sakrashlar: uzunlikka, uch hatlab, langarcho’p bilan, balandlikka; 


33 
– 
uloqtirishlar: yadro, disk, nayza, bosqon. 
Har qanday darajadagi musobaqada kotibiyat e’lonlar taxtasini o’rnatishi 
lozim. 
E’lonlar taxtasi vakillar va sportchilar ko’rishi mumkin bo’lgan joylarda 
(masalan, ishtirokchilar yig’iladigan joyda va kotibiyat yaqinida) o’rnatiladi.
Start qaydnomalari va natijalarni alohida joylashtirish maqsadga muvofiq. 
Jamoalarga oid ma’lumotlarni Nizom, Reglament, jadval bilan bir taxtaga 
joylashtirgan ma’qul. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling