B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Musobaqalarni o’tkazish 
Hakamlar guruhlari kotiblarining vazifa majburiyatlari 
Hakamlar guruhlarining barcha kotiblari kotibiyat tarkibiga kiradilar, lekin 
o’z hakamlik guruhi ishlayotgan vaqtda guruhning bosh hakamiga bo’ysunadilar. 
Ularning vazifasi rasmiy ish qaydnomasini to’g’ri va to’la shakllantirish, ishchi va 
boshqa materiallarni kotibiyatga va boshqa xizmatlarga bosh kotib ko’rsatmalariga 
muvofiq ravishda o’z vaqtida yetkazishdan iborat. 
Qaydnomalarni sharikli ruchka bilan aniq, ravon yozuvda to’ldirish zarur. 
Barcha holatlarda hisobga olinmagan urinish “X” belgisi bilan ko’rsatiladi; 
- urinish o’tkazib yuborilsa, chiziq “_____”; 
- ishtirokchi startga kelmasa “kelmadi”; 
- balandlik egallansa, “O” belgisi qo’yiladi. 
Qaydnomada natijalar quyidagi tartibda yoziladi: 
- yugurish natijasi (10000 m masofagacha) avtomatlashtirilgan elektron 
apparatlarida foydalanilganda, 0.01 sek.gacha aniqlashtiriladi: 10.14, 20.02, 48.11, 
4:9.18; 
- 10.000 m.dan yuqori masofalarda 0.1 sek.gacha yaxlitlanadi. Masalan: 
59:26.32 – 59:26.4 deb yoziladi.
To’laligicha yoki qisman stadiondan tashqarida o’tkaziladigan 5000 m va 
undan yuqori masofalarga yugurish musobaqalarida vaqt keyingi katta to’la 
sekundgacha aniqlikda qayd qilinadi. Masalan: 2:09:44.32 – 2:09:45. 
Uloqtirishlarda natija kamaytirish tomon 1 sm.gacha yaxshilab yoziladi – 


34 
60.23. 
Sakrashlarda yozuv quyidagicha amalga oshiriladi: 7,63; 2.23; 5.55. 
Agar ishtirokchi natijasi qaydnomaga yozilganidek keyin diskvalifikastiya 
qilinsa (masalan, yugurishda – yo’lkachadan chiqib ketganligi, estafetani noto’g’ri 
uzatganligi uchun), u holda uning natijasi qaydnomadan o’chiriladi, yoniga 
dasturning mazkur nomeri bosh hakami imzo qo’yadi va diskvalifikastiya qilish 
sababi yoziladi. Ishchi qaydnomada tuzatishga imkon qadar yo’l qo’yilmaydi, 
lekin zarurat tug’ilganda, ilgarigi natija o’chirilib, yangisini qayd etish orqali 
o’zgarish kiritish mumkin (u kotib imzosi bilan tasdiqlanadi). 
Dasturning mazkur nomeri tugagach, ishchi qaydnoma bosh hakam, kotib va 
guruhning boshqa hakamlari, referi tomonidan imzolanadi.
Rekord natija ko’rsatilganida, hakamlar guruhi kotibi rekord blankining 
to’g’ri to’ldirilishini va uning mazkur musobaqani o’tkazgan guruhning barcha 
hakamlari tomonidan imzolanishini ta’minlashi lozim. 
Musobaqa 
(yoki 
navbatdagi 
davra) 
tugagach, 
marradagi 
kotiblar 
hakamlarning barcha hujjatlarini kotibiyatga yetkazadilar. Bular: 
- hakamlarning yozuvlari; 
- masofadagi katta hakamning qaydnomalari; 
- shamol tezligini o’lchash qaydnomalari (keyin ishchi qaydnomaga har bir 
poygada shamol tezligining qiymati kiritib boriladi); 
- oraliq marrani qayd etish va h.k. 
Uzunlikka va uch hatlab sakrash bo’yicha musobaqa o’tkazayotgan guruh 
kotiblari o’z musobaqalari tugaganidan so’ng kotibiyatga shamol tezligini o’lchash 
qaydnomalarini topshirishlari shart. 
Ko’pkurashlar bo’yicha kotiblar o’z ko’pkurashchilari guruhini musobaqa 
o’tkazilayotgan joylarning hammmasiga kuzatib boradilar, har bir tur 
yakunlanganidan so’ng bellashuvlarning borishi to’g’risidagi ma’lumotlarni 
axborot guruhiga jo’natadilar. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling