B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


A) birinchi bankni; B) ikkinchi bankni


Download 0.55 Mb.
bet124/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179
A) birinchi bankni; B) ikkinchi bankni;
C) investor uchun farqi yo‘q;


D) investor boshqa uchinchi bankni tanlaydi.



  1. Haqiqiy erishilgan natijalar o‘rtacha tortilganining o‘rtacha kutilayotgan natijalar farqlanish kvadratining kuzatuvlar soniga nis-bati orqali qanday ko‘rsatkich aniqlanadi?

A) dispersiya;


B) o‘rtacha kutilayotgan natija; C) o‘rta garmonik qiymat;
D) variatsiya koefitsiyenti.



  1. Loyihaning variatsiya darajasi 8 % ekanligi aniqlandi. Investor qanday xulosaga keladi?



A) loyiha o‘rtacha riskli; B) loyiha kam riskli; C) loyiha yuqori riskli; D) loyiha riskli emas.

155




VIII BOB. AKTIVLAR RISKI


8.1. Birja risklari


Birja risklari birja bitimlaridan yo‘qotishlar xavfini o‘zida aks ettiradi. Bu risklarga quyidagilar kiradi: tijorat bitimlari bo‘yicha to‘lovsizlik riski, brokerlik firmalariga komissiya mukofotlarining to‘lovsizlik riski.


Deyarli barcha birja faolligi bozorlarda yuzaga kelgan vaziyatga, shuningdek, birjachilarning faoliyati va professionalizmiga bog‘liq ravishda bitta riskka emas, balki risklar majmuiga duchor bo‘ladi.


Risklar yo‘q bo‘lgani holda daromad olish kafolatlangan birja faoliyati yo‘q. Birja savdolarining har bir ishtirokchisi mavjud riskka oid muammolarni hal etish orqali daromad olishga harakat qiladi va bevosita risklar bilan bog‘liq vaziyatlardan qochish uchun barcha choralarni ko‘radi. Birja savdosidagi risklarning xarakterli xususiyati shundaki, ular barcha ishtirokchilarga, hatto birja savdosiga bevosita aloqador bo‘lmaganlarga ham ta’sir ko‘rsatadi.


Birja riskini kuchaytiruvchi omillar ko‘pincha ularning funksiyalariga ta’sir qiladi. Birja savdosida risklar mohiyatini to‘liqroq aks ettiruvchi risk funksiyalari sirasiga innovatsion, tartibga soluvchi va himoya funksiyalari kiritiladi. Analitik funksiyani ham riskning funksiyalari qatoriga kiritish mumkin. Bu risk mavjudligi mumkin bo‘lgan yechim variantlaridan birini tanlab olish kerakligini anglatadi. Shunga bog‘liq ravishda, birjachilar qarorlar qabul qilish jarayonida barcha mumkin bo‘lgan variantlarni tahlil qilib, eng rentabelli va kam riskli variantni tanlashadi.


Fond va valuta birjalarida risk ko‘pincha pulning xarid qobiliyatini pasayishi, boshqacha aytganda, inflatsiya riski bilan bog‘liq bo‘ladi (kelajakda pul xuddi bugungidek ayni sifatdagi birja tovarlari va xizmatlarini o‘sha miqdorda “xarid” qila olmaydi).

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling