B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


bo‘lgan baholash usullari, uslublari va metodlarini tanlashga, shuningdek, eng maqbul riskka yondashishga majbur sanaladi


Download 0.55 Mb.
bet126/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179
bo‘lgan baholash usullari, uslublari va metodlarini tanlashga, shuningdek, eng maqbul riskka yondashishga majbur sanaladi.


Risklarni minimallashtirish bo‘yicha choralar guruhiga xejerlash, moliyaviy zaxiralar yaratish, diversifikatsiya, boshqariluvchan risk omillariga birjachi ta’sirining variantli tizimini joriy qilish kabilar kiradi.


8.2. Defolt va soliqqa tortish riskining aktivlarga ta’siri


Ba’zan bir xil daromadlilik va qaytarish muddatiga ega bo‘lgan obligatsiyalar turli narxlarda sotiladigan vaziyatga duch kelish mumkin. Ushbu farqlar boshqa omillarning qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ta’siri bilan shartlangan bo‘lib, bu ular tashqi ko‘rinishidangina bir xil tuyulishini anglatadi.


Bir xil fiksirlangan pul tushumlari oqimini ta’minlaydigan obligatsiyalar bir qator sabablarga ko‘ra o‘zaro farq qilishi mumkin. Ammo bunda defolt riski va soliqqa tortish shartlari muhim ahamiyat kasb etadi. Misol tariqasida bir yildan keyin 1000 sh.b. to‘lov talab qilinadigan obligatsiyani ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, AQSh G‘aznachiligining yillik obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6% ni tashkil etadi. Bu qimmatli qog‘ozlar defolt riskiga duchor bo‘lmaydi va shuning uchun bunday obligatsiyaning narxi 1000 sh.b./ 1,06 = 943,40 sh.b.ni tashkil qiladi. Biroq qandaydir defolt riski (ya’ni, to‘lovsizlik riski) mavjud bo‘lsa, bu risk qanchalik kichik bo‘lishidan qat’i nazar, bunday obligatsiyalar narxi 943,40 sh.b.dan kamroq, uning daromadliligi esa yiliga 6% dan yuqoriroq bo‘ladi.


Obligatsiyalarni soliqqa tortish darajasi emitent kim hisoblanishi yoki bevosita obligatsiya turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi, albatta, obligatsiyalarning qiymatiga ta’sir qiladi. Masalan, AQShda shtat hukumatlari va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan chiqarilgan obligatsiyalardan olingan daromadlar federal daromad solig‘idan ozod qilinadi. Boshqa barcha o‘xshash parametrlarda bu xususiyat soliq to‘lovchilar uchun bunday obligatsiyalarni yanada jozibador qiladi va boshqa o‘xshash obligatsiyalar bilan solishtirganda, ularning narxi yuqori (daromadliligi mos ravishda kam) bo‘ladi.

158



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling