B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
variant teng sanalsa, A variant afzalroq ekanligi shubhasiz. Va bu tabiiy hol, chunki pul qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi
Download 0.55 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) moliyaviy aktivlar bozori moliyaviy qarorlarning muqobil variantlarini baholash uchun zarur axborotlarni taqdim etadi.
variant teng sanalsa, A variant afzalroq ekanligi shubhasiz. Va bu tabiiy hol, chunki pul qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Faqat kam sonli moliyaviy qarorlar shunchaki oddiy va shartsiz qabul qilinadi. Faraz qilaylik, endi o‘ta riskli aksiyalar va mutlaqo xavfsiz obligatsiyalar o‘rtasida tanlov qilish kerak. Bizning mijozimiz riskli qarorlar qabul qilishni yoqtirmaydi, buning ustiga, aksiyalarning kelgusi kursiga nisbatan pessimistik munosabatda. Biroq aksiyalarning joriy bozor narxi 100 sh.b., obligatsiyalarning bozor narxi esa 95 sh.b.ni tashkil etadi. Mijoz barcha holatlarda risklarni qabul qilmaslikka harakat qilishi va aksiyalarning kelajakdagi kursi dinamikasiga nisbatan pessimistik munosabatda ekanligini nazarda tutsak, u obligatsiyalarni tanlashini taxmin qilish mumkin. Ammo u kafolatlangan xavfsiz obligatsiyalarga o‘z pullarini investitsiya qilishni afzal ko‘rsa-da, u baribir aksiyalarni xarid qiladi. Nima uchun? Bunga shunday javob berish mumkin: mijoz aksiyalarni 100 sh.b.dan sotishi va 95 sh.b. narxda obligatsiyalar xarid qilishi mumkin. Broker uchun to‘lov va ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar narxlar farqidagi 5 sh.b.dan oshib ketmaguncha mijoz aksiyalarni tanlash orqali afzallikka ega bo‘ladi. Ushbu oddiy misol ikkita muhim holatni aks ettiradi. 1) risk darajasi va boshqa shaxsiy afzalliklarga bog‘liq nuqtayi nazarlarga qaramay, moliyaviy qarorlar aktivlar qiymatini maksimallashtirishga intilish istagi asosida qabul qilingan taqdirda ham oqilona hisoblanadi; 2) moliyaviy aktivlar bozori moliyaviy qarorlarning muqobil variantlarini baholash uchun zarur axborotlarni taqdim etadi. Firmalar aktivlarning qiymat bahosini maksimallashtirish me-zonlari asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishadi. Ochiq aksiyador-lik jamiyatlarining rahbarlari moliyalashtirish, investitsiyalarni rejalashtirish, risklarni boshqarish masalalariga to‘qnash kelishadi. Ular aksiyadorlar tomonidan yollangani sababli ularning vazifasi aksiyadorlarning manfaatlariga eng mos keladigan qarorlar qabul qilishdir. Biroq yirik korporatsiyalarning menejerlari ko‘pchilik o‘z aksiyadorlarini hatto tanishmaydi. 160 Shuning uchun korporatsiya rahbarlari to‘g‘ridan to‘g‘ri aksiyadorlarning o‘zi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar topishga harakat qilishadi. Moliyaviy qarorlarni tanlashda iqtisodiy nazariya va sog‘lom fikr quyidagi qoidalarni belgilaydi. Aksiyadorlarning boyligi maksimal darajada ko‘payishiga olib keladigan investitsion qarorlarni tanlang. Bu deyarli har bir aksiyadorga ma’qul tushadi, chunki firma aktivlarining bozor qiymati qancha katta bo‘lsa, uning aksiyadorlari shuncha boy bo‘ladi. Bunday investitsion qarorlar aksiyadorlarning afzalliklari haqida qandaydir qo‘shimcha ma’lumotlarsiz bemalol qabul qilinishi mumkin. Top-menejerlar firma aktivlarining qiymatini va investitsion qarorlarni qabul qilishning mumkin bo‘lgan variantlarini qanday baholashadi? Ba’zi hollarda ular bosma yoki elektron axborot manbalaridan bozor narxlarini bilib olishlari mumkin. Biroq ayrim aktivlar bozorda savdoga qo‘yilmaydi va ularning narxlari noma’lum. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling