B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Kelajakdagi narxlar bo‘yicha o‘z taxminlarini hisobga olgan holda foyda olishga intiluvchi birjachilarning moliya bozoridagi
Download 0.55 Mb.
|
Kelajakdagi narxlar bo‘yicha o‘z taxminlarini hisobga olgan holda foyda olishga intiluvchi birjachilarning moliya bozoridagi
156 hatti-harakatlarining individual va ommaviy psixologiyasi ham risk omili sanaladi. Risklar muammosiga yechim topish birja bitimining ishtirokchilari uchun qanday risk darajasi mumkinligi bilan belgilanadi. Birjachi riskka har xil munosabatda bo‘lishi: riskni yoqtirmasligi, unga befarq bo‘lishi yoki riskni afzal ko‘rishi mumkin. Munosabat mezoni risk uchun mukofotga birjachi ehtiyoji sanaladi. Riskni yoqtirmaydigan birjachilar ehtimoliy noaniqlik uchun kompensatsiya talab qilishga har doim moyil bo‘ladi. Riskka neytral munosabatda bo‘lganlar mukofotga ham befarq bo‘ladi, riskni afzal ko‘rganlar esa keskin hissiyotlarni boshdan kechirish uchun hatto zarar ko‘rishga tayyor turadi. Har bir professional birjachi qaror qabul qilishning o‘ziga xos usullariga ega bo‘lib, shu asosda qanday darajadagi risk o‘zi uchun qoniqarli ekanligi yoki riskdan qanday chetlab o‘tish mumkinligini belgilaydi. Birja o‘yinlarida tajribaga ega bo‘lgan professionallar har bir risk omilini oldindan aniqlay olishadi va faqatgina risk uchun mukofot olish imkoniyati mavjud bo‘lgandagina o‘yinga kirishadilar. Risklar to‘g‘risida qaror qabul qilish natijasida birja savdosi ishtirokchilari kutilmagan omillar yoki riskni oshiruvchi omillarni noto‘g‘ri baholash tufayli zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun risklarni baholashda ekspertlar birinchi navbatda qaror natijasida birja savdosi qatnashchilari uchun yo‘qotishlar ehtimolini ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Risklarni baholashda kutilmagan natija ehtimoli va butun umumiy jihatdan ustuvorligi bo‘yicha har bir riskning darajasi kabi mezonlar ancha maqbul sanaladi. Birja savdosi ishtirokchilari qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng muhim qarorlar qaysi risklar maqbulligi va maqbul bo‘lmagan yoki kutilmagan boshqa risklarni nima qilish kerakligi bilan belgilanadi. Har bir savdo qatnashchisi risk yoki mukofotlar bilan bog‘liq o‘z afzalliklariga ega va o‘ziga ta’sir qiladigan risklarni identifikatsiya qilish, qaysi risklar o‘zi uchun maqbul ekanligini hal etishi va nihoyat boshqa kutilmagan risklardan chetlab o‘tish yo‘llari va vositalarini topishi kerak. Shuningdek, bu qanday moliyaviy xarajatlarga olib kelishi va bunda qandaydir ma’no borligini baholay olishi ham talab etiladi. Birjachilar birja savdosi qatnashchilari ixtiyorida mavjud 157 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling