B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Risklarni boshqarish usullarini tanlash
Download 0.55 Mb.
|
10.2. Risklarni boshqarish usullarini tanlash
Eng katta foydani, odatda, yuqori riskli bozor operatsiyalari kel-tirgani bois, xatti-harakatlar tizimini eng kam risk bilan eng katta foyda olish nuqtayi nazaridan korrektirovka qilgan holda riskni maksimal ruxsat etiladigan chegara doirasida hisoblab chiqish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, xaridorlar raqobat muhitida mustaqil, ya’ni, o‘z xavotiri va riski bilan shunday harakat qilishi kerakki, eng yomon holatda ham gap faqat foydaning biroz kamayishi ustida borishi, bankrotlik haqida masala esa zinhor ko‘ndalang qo‘yilmasligi lozim. Bunday sharoitda tadbirkorlarning moliyaviy istiqbolini oldindan ko‘ra olish va mukammal prognoz qilish qiyin kechadi. Biroq riskli hodisa yuz berishi ehtimolini taxmin qilish va o‘z vaqtida risk darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llashga imkon beruvchi turli xil chora-tadbirlar yordamida riskni boshqarish mumkin. Risk menejmenti risklarni boshqarish mexanizmi hisoblanadi. Tizim sifatida risklarni boshqarish ikkita kichik tizimdan iborat: boshqaruv ostida bo‘lgan kichik tizim (boshqaruv obyekti) va boshqaruvchi kichik tizim (boshqaruv subyekti). Risklarni boshqarish tizimida boshqaruv obyekti risk, riskli kapital qo‘yilmalari va riskni amalga oshirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi (sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi, hamkor tadbirkorlar, raqobat-chilar, qarzdor va qarz beruvchi kabilar o‘rtasidagi munosabatlar). Risklarni boshqarish tizimida boshqaruv subyekti odamlarning maxsus guruhi (tadbirkor, moliyaviy menejer, risk bo‘yicha menejer, sug‘urta bo‘yicha mutaxassislar) bo‘lib, u turli boshqaruv usullari va yo‘llari vositasida boshqaruv obyektiga maqsadli ta’sirni amalga oshiradi. Risklarni boshqarish xo‘jalik faoliyati tahlili, xo‘jalik qarorlarini optimallashtirish metodlari, sug‘urta ishi, psixologiya va boshqa ko‘plab sohalarda chuqur bilimlarni talab etuvchi o‘ziga xos iqtisodiy faoliyat sohasini o‘zida aks ettiradi. Bu sohada tadbir-korning asosiy vazifasi – loyihani amalga oshirishda risk darajasi qancha yuqori bo‘lsa, u shuncha ko‘p foyda keltirishidan kelib chiqqan holda mazkur loyiha uchun risk va daromadning optimal uyg‘unligini ta’minlovchi harakatlar variantini topishdan iborat. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling