B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Risklarni boshqarish jarayoni – bu riskni tahlil qilish, uni minimallashtirish uchun tegishli choralarni ishlab chiqish va amalga
Download 0.55 Mb.
|
Risklarni boshqarish jarayoni – bu riskni tahlil qilish, uni minimallashtirish uchun tegishli choralarni ishlab chiqish va amalga
194 oshirish bo‘yicha tizimli ishlardir. Ushbu jarayonni besh bosqichga ajratish mumkin: riskni aniqlash, riskni baholash, riskni boshqarish usulini tanlash, tanlangan usullarni qo‘llash, natijalarni baholash. Riskni aniqlash – bu uy xo‘jaligi, kompaniya yoki boshqa iqtisodiy subyekt bo‘lsin, tahlil obyekti riskning qanday turlariga moyilligini aniqlashdan iborat. Riskni samarali aniqlash uchun, unga ta’sir qiladigan barcha omillarni hisobga olgan holda risk muammosini umumiy ko‘rib chiqish lozim. Misol uchun, odamning fond bozoridagi operatsiyalari bilan bog‘liq riskni tahlil qilaylik. Agar siz birja brokeri sifatida faoliyat yuritsangiz, u holda kelgusi daromadlaringiz fond bozori qanchalik yaxshi ishlashiga juda kuchli bog‘liq bo‘ladi. Sizdagi qobiliyatlar va mehnat ko‘nikmalarini (ya’ni, inson kapitalini) qo‘llashdan olinadigan daromad fond bozoridagi faollikka bog‘liq, o‘z navbatida, qolgan kapitalni (pul shaklida) aksiyalarga kiritishingiz maqsadga muvofiq emas. Boshqa tomondan, yoshiga ko‘ra sizga tengqur va siz bilan bir xil miqdorda pul ishlab topayotgan davlat xizmatchisiga o‘z investitsiyaviy portfelining salmoqli qismini aksiyalarga joylashtirishni maslahat berishingiz mumkin, chunki uning inson kapitali fond bozori bilan bog‘liq riskka uncha moyil emas. Risklar muammosini har tomonlama ko‘rib chiqishning bu tamoyili firmalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Misol tariqasida, xomashyo sotib olgan va o‘z mahsulotlarini chet el valutasida fiksirlangan narxda chet elga sotadigan firmaga ta’sir qiluvchi valuta kursi tebranishlari bilan bog‘liq noaniqlikni ko‘rib chiqamiz. Kompaniya menejerlari uchun valuta ayirboshlash kursi bilan bog‘liq noaniqlikni faqatgina kompaniya daromadlari yoki faqat uning xarajatlari bo‘yicha ko‘rib chiqishdan ma’no yo‘q. Kompaniyaning barcha aksiyadorlari uchun ushbu noaniqlikning aniq natijasi muhim, ya’ni, kompaniyaning daromadlaridan xarajatlari ayirib tashlanganda olingan natija. Holbuki, ayirboshlash kurslarining tebranishi kompaniyaning daromadlariga ham, xarajatlariga ham bir xil ta’sir qilgani bois, valuta ayirboshlash kursi bilan bog‘liq noaniqlikning kompaniyaga ta’siri nolga teng bo‘lib chiqishi mumkin. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling