B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Uy xo‘jaliklari duch keladigan risklarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz
Download 0.55 Mb.
|
Uy xo‘jaliklari duch keladigan risklarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz:
kasallik, nogironlik va o‘lim riski. Kutilmagan kasallik yoki baxtsiz hodisa bemorni davolash va parvarish bilan bog‘liq katta xarajatlarga olib kelgani kabi, mehnatga layoqatsizlik tufayli daromad manbalarini yo‘qotishga ham sabab bo‘lishi mumkin; ishsizlik riski. Bu oila a’zolaridan biri ishini yo‘qotishiga oid risk; uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlariga egalik bilan bog‘liq risk. Bu uy, mashina va boshqa uzoq foydalaniladigan tovarlarga egalik bilan bog‘liq zararlar riski. Zararlar yong‘in va o‘g‘irlik kabi baxtsiz hodisalar yoki texnologik o‘zgarishlar va iste’molchilar didining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan ma’naviy eskirish tufayli kelib chiqishi mumkin; boshqa shaxslar oldida javobgarlik bilan bog‘liq. Riskning bu turi sizning harakatlaringiz tufayli yetkazilgan zarar oqibatida kimdir sizga moliyaviy xarakterdagi e’tiroz bildirishi ehtimoli bilan bog‘liq. Masalan, ehtiyotsizlik bilan mashina haydashingiz avtohalokatga sabab bo‘ldi va endi siz jabrlanuvchining salomatligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashingiz lozim. moliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar bilan bog‘liq risk. Uy xo‘jaligi bir yoki bir nechta valutada denominatsiyalangan fiksirlangan daromadli qimmatli qog‘ozlar yoki oddiy aksiyalar kabi turli xil moliyaviy aktivlarga egalik qilsa, bu risk o‘rtadi. Riskning bu turi manbai mazkur qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilgan kompaniyalar, hukumat va boshqa iqtisodiy subyektlar to‘qnash keladigan vaziyatlarning rivojlanishidagi noaniqlik sanaladi. Kompaniya yoki firma – bu birinchi va asosiy funksiyasi tovar hamda xizmatlarni sotish sanaluvchi tashkilot. Aslida, kompaniyalarning har qanday faoliyati turi risk har xil turlari bilan bog‘liq. Risk har qanday biznesning zaruriy qismidir. Kompaniyaning tadbirkorlik riski turlari uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan aksiyadorlar, kreditorlar, iste’molchilar, ta’minotchilar, xodimlar va hukumat kabi barcha subyektlar xatti-harakatlari tufayli yuzaga keladi. Bunda kompaniya moliyaviy tizim yordamida o‘zi duch keladigan riskni boshqa qatnashchilarga o‘tkazishi mumkin. Masalan, sug‘urta kompaniyasi kabi maxsus moliya kompaniyalari risklarni birlashtirish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi. 191 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling