Risk tahlili
Aniqlash Baholash
Risklar samaradorligini taqqoslashda
riskka ta’sir metodlarini tanlash
Qaror qabul qilish
Riskka ta’sir qilish
Pasaytirish Saqlash O‘tkazish
Natijalar nazorati
10.1.1-rasm. Risklarni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Har bir risk turi uni kamaytirishning bir necha an’anaviy yo‘llariga imkon bergani bois, kelgusida ehtimoliy zararni minimallashtirish maqsadida ularning eng yaxshisini tanlash uchun riskka ta’sirning qiyosiy samaradorligini baholash muammosi yuzaga keladi. Taqqoslash turli mezonlar, jumladan, iqtisodiy mezonlar asosida ham bo‘lishi mumkin.
Qaror qabul qilish bosqichi talab etilgan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanganda, menejerlar orasida vazifalar qo‘yish va ularni taqsimlash yuz berganda, tegishli xizmatlar bozori tahlil
189
qilinganda va mutaxassislari bilan konsultatsiyalar o‘tkazilganda, risklarning butun majmuini boshqarish uchun umumiy strategiyasini shakllantirish imkoniyatini nazarda tutadi.
Riskka to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilish jarayoni shartli ravishda uchta asosiy usulda amalga oshiriladi: riskni kamaytirish, saqlash va taqsimlash.
Tanlangan strategiyani amalga oshirish natijalarini nazorat qilish va tuzatish menejerlardan olinayotgan yangi axborotlarga asoslanadi. Nazorat xavfsizlik tizimlari faoliyati samaradorligini kuzatish, risk darajasini o‘zgartiruvchi yangi holatlarni aniqlash va ushbu ma’lumotlarni sug‘urta kompaniyalariga yetkazish va hokazolar bilan ifodalanishi mumkin.
Risklarni boshqarish jarayonining ko‘rib chiqilgan sxemasi faqat umumiy sxema sanaladi. Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar va ishlarning xarakteri hamda mazmuni, ularni bajarishda qo‘llaniladigan metodlar tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xosligi va ehtimoliy risklar tabiatiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.
Ba’zi moliyaviy qarorlar, masalan, turli xil risklardan sug‘urta shartnomasini qancha summada tuzish masalasi to‘g‘ridan to‘g‘ri riskni boshqarish bilan bog‘liq. Biroq aktivlarning har xil turlari orasida pul resurslarini joylashtirishga nisbatan umumiy xarakterdagi ko‘plab qarorlar, xususan, jamg‘arish va investitsiyalash haqida qarorlar, moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar asosan riskli sanaladi. Shuning uchun riskni boshqarish bo‘yicha qarorlar ma’lum darajada ularga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.
Isbot sifatida himoyalanganlik darajasini oshirish maqsadida qilingan uy xo‘jaligi jamg‘armalarini misol keltiramiz. Buning uchun kelgusida kutilmagan xarajatlar o‘rnini qoplashi mumkin bo‘lgan aktivlar sotib olinadi. Biz moliyaviy tizimning asosiy funksiyasi iste’molning optimal strukturasini shakllantirish va turli aktivlarga uy xo‘jaligi resurslarini joylashtirishga imkon yaratish bo‘lgani tufayli uy xo‘jaligi haqida so‘z yurityapmiz. Kompaniyalar va hukumat kabi iqtisodiy subyektlar, birinchi navbatda, ushbu asosiy funksiyani amalga oshirishni osonlashtirish uchun mavjud sanaladi. Shuning uchun biz avval odamlarning moliyaviy-iqtisodiy xatti-harakatlari, jumladan, ularning riskka qanday munosabatda bo‘lishini tushunib olmasdan turib optimal faoliyat tamoyillari mohiyatini muvofiq darajada oydinlashtira olmaymiz.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |