B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Download 0.55 Mb.
bet142/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   179
Markovitsning hamkasbi, shogirdi va Nobel mukofoti sovrindori Uilyam Sharp tomonidan ushbu imkoniyatga nisbatan chuqur yondashuv taklif qilingan. 1990-yilda U.Sharp bir maqolasini
182
chop etib21, unda boylik o‘zgarishi va investorlarning riskli qimmatli qog‘ozlarga ehtiyoji o‘rtasidagi munosabatni tahlil qildi. Ushbu maqolada U.Sharp boylikning o‘zgarishi riskni qabul qilmaslik darajasiga ham ta’sir qilishiga oid farazni ilgari surdi. Boylik ortishi odamlarning yo‘qotishni qabul qilish qobiliyatini oshiradi, ammo yo‘qotishlarning o‘zi bu qobiliyatni pasaytiradi. Buning oqibati o‘laroq, boylikning ortib borishi riskka ishtiyoqni, uni yo‘qotish esa ishtiyoqsizlikni kuchaytiradi. U.Sharpning nazariyasiga ko‘ra riskni qabul qilmaslikdagi bunday o‘zgarishlar bozordagi ko‘tarilish va pasayishlar nima uchun hamisha oxirgi nuqtagacha borishi, lekin oxir-oqibat qiziqqon investorlar juda uzoqqa ketib qolganini payqashi va to‘planib qolgan xato baholarini tuzatishga kirishishi bilan nihoyat o‘rtacha mavqeni egallash mexanizmi ishga tushishini izohlay oladi.


Markovits tomonidan ishlab chiqilgan portfelni shakllantirish konseptsiyasi ko‘pincha tanqid qilinishiga qaramay, uning ahamiyati beqiyos sanaladi. 1952-yildan boshlab u investitsiyalarni boshqarish-ga zamonaviy yondashuvda hukmronlik qilayotgan muhim nazariy fikrlar va amaliy dasturlarga asos bo‘ldi. Aslini olganda, portfelning xilma-xilligi zamonaviy investorlar uchun haqiqiy topilmaga aylandi. Markovitsga qilingan hujumlar uning asosiy g‘oyalarisiz hech qachon paydo bo‘lmasligi muqarrar bo‘lgan yangi konseptsiyalar va yangi qoidalar ishlab chiqilishiga turtki berdi.


Biroq Markovitsning yutuqlari asosida yaratilgan deyarli barcha tadqiqotlar investor mulohazakorliligiga oid tortishuvli masalaga qanday munosabatda bo‘lishga bog‘liq. Ratsional harakatlar va riskni qabul qilmaslik konseptsiyasini tadqiq qilish lozim. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar ratsional harakatlanish me’yorlaridan ko‘plab og‘ishlar tizimli ekanligi aniqlandi.


Boshqa bir imkoniyat ham bor. Odamlar o‘zicha oqilona yo‘l tutmaydi, lekin ratsional harakatlanishning an’anaviy modeli oqil odam qaror qabul qiladigan yo‘lning faqat bir qismini qamrab olishi mumkinligini taxmin qilsa bo‘ladi. Bunday holatda muammo



  1. Sharpe W.F. Investor Wealth Measures and Expected Return // Quantifying the Market Risk Premium Phenomenon for Investment Decision Making / Ed. Sharpe W.F. Charlottesville, Virginia: The Institute of Chartered Financial Analysts, 1990.

183


odamda emas, ko‘proq ratsional harakatlanish modelida bo‘ladi. Agar odam qilgan tanlov mantiqiy va oldindan aytish mumkin bo‘lsa, u xilma-xil, barqaror afzal ko‘rishlar yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri ratsional harakatlanish me’yorlariga mos kelmaydigan afzal ko‘rishlar bilan birga kuzatilsa-da, bunday xatti-harakatlarni matematik vositalar orqali modellashtirish mumkin. Bunda mantiqni faqat an’anaviy model bilan belgilanadigan emas, balki turli yo‘llar orqali kuzatish mumkin.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling