B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


ta’minlamaydi, ikkinchidan, ko‘plab amaliy muammolar ham mavjud


Download 0.55 Mb.
bet163/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179
ta’minlamaydi, ikkinchidan, ko‘plab amaliy muammolar ham mavjud.


10.5. Moliyaviy risklarni hejirlash


Mulkiy manfaatlarni sug‘urtalashning o‘ziga xos shakllaridan biri bo‘lgan hejirlash valuta kurslari, tovarlar narxi, foiz stavkalari va boshqalarning kelgusida salbiy o‘zgarishlari natijasida moliyaviy operatsiyalar riskini cheklash yoki istisno etishga imkon beradigan chora-tadbirlar tizimi sanaladi. Valuta shartlari, forvard operatsiyalar, optsion va boshqalar shunday choralar sirasiga kiritiladi.


Hejirlash – bu ehtimoliy yo‘qotishlar riskini kamaytirish jarayonidir. Kompaniya barcha risklarni hejirlash, hech narsani hejirlamaslik yoki nimanidir tanlab hejirlash bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, u ongli yoki aksincha tarzda spekulatsiya ham qiladi. Hejirlash yo‘qligining ikkita sababi bo‘lishi mumkin. Birinchidan, firma risklar haqida yoki ushbu risklarni yumshatish imkoniyatlaridan xabardor bo‘lmasligi mumkin. Ikkinchidan, u ayirboshlash kurslari yoki foiz stavkalari o‘zgarmas qolishi yoki uning foydasiga o‘zgarishini taxmin qiladi. Natijada kompaniya spekulatsiya qiladi: agar kutganlari to‘g‘ri chiqsa, u yutadi, aksincha holda zarar ko‘radi.


Barcha risklarni hejirlash – ularni butunlay chetlab o‘tishning yagona yo‘lidir. Biroq ko‘pgina kompaniyalarning moliyaviy direktorlari tanlanma hejirlashni afzal ko‘rishadi. Agar ular valuta kurslari yoki foiz stavkalari ular uchun salbiy tomonga o‘zgarishiga ishonadigan bo‘lsalar, u holda riskni hejirlaydi, agar bu harakat ularning foydasiga bo‘lsa – riskni e’tiborsiz qoldirishadi. Mohiyatan, aynan mana shu spekulatsiya. Qayd qilish joizki, professional prognozchilar, odatda, o‘z baholashlarida muntazam xatoga yo‘l qo‘yishadi, ammo kompaniyaning moliyaviy bo‘limlari xodimlari “havaskorlar” sanalsa-da, o‘zlarining oldindan ko‘ra olish qobiliyatlariga ishonishadi va bu ularga aniq prognoz qilish imkonini beradi deb o‘ylashadi.


Umumiy hejirlashning (ya’ni, barcha risklarni kamaytirishning) kamchiliklaridan biri brokerlarga komissiya va optsion mukofotlari uchun ancha salmoqli xarajatlardir. Tanlanma hejirlashni umumiy

216


xarajatlarni kamaytirishning usullaridan biri sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Boshqa usul esa kurslar yoki stavkalar ma’lum darajagacha o‘zgarganidan keyingina risklarni sug‘urtalashdir. Kompaniya ma’lum darajada noqulay o‘zgarishlarga dosh berishi mumkin, ammo agar ular yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraga yetib borsa, kelgusi zararlarning oldini olish uchun mavqeni to‘liq hejirlash kerak bo‘ladi. Bunday yondashuv ayirboshlash kurslari yoki foiz stavkalari barqaror bo‘lib qolavergan yoki maqbul yo‘nalishda o‘zgargan vaziyatlarda riskni sug‘urtalash xarajatlaridan qutulib qolishga imkon beradi.


Portfelni boshqarish holatida riskning bir qismini sug‘urtalashga urinish risk darajasini oshirish uchun risklarni boshqarish vositalaridan foydalangan holda takomillashtirilishi mumkin. Uzoq muddatli davlat obligatsiyalari yoki aksiyalarining bahosini ko‘paytirishni kutadigan fond boshqaruvchisi bu o‘sishdan foyda olish uchun fyuchers yoki optsion mavqelarni ochishi mumkin. Uning prognozi to‘g‘ri bo‘lsa, portfeldan daromadlar o‘rtadi. Bu valuta va foiz riskini boshqarishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan spekulatsiyaning aniq shakli sanaladi. Spekulatsiyaning ta’rifidan barcha risklarni to‘lig‘icha hejirlamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan holat istisno etilgan taqdirda ham, risk darajasini oshirish uchun risklarni boshqarish instrumentlari qo‘llanilgan holatlarni hisobga olmaslik mumkin emas.


Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari aktivni zudlik bilan yetkazib berish bo‘yicha ham, kelgusida yetkazib berish bo‘yicha ham shartnomalar tuzadilar. Aktivni zudlik bilan yetkazib berish maqsad qilingan bitimlar kassa yoki spot bitimlari deb ataladi. Bunday bitimlar bozori spot (kassa) bozori degan nomga ega bo‘ladi. Ushbu bitimlar tuziladigan narx spot (kassa) narxi deb ataladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling