B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
Voqea turi va sug‘urta polisi shartlari kelishib olingan bo‘lsa, sug‘urta mukofotini to‘lash sug‘urta hodisasida pul mablag‘lar
Download 0.55 Mb.
|
Voqea turi va sug‘urta polisi shartlari kelishib olingan bo‘lsa, sug‘urta mukofotini to‘lash sug‘urta hodisasida pul mablag‘lar
209 manbaini ta’minlaydi. Shunday qilib, sug‘urtalovchi saqlab qo‘yilgan risklarning noaniq xarajatlarini sug‘urta mukofotining muayyan qiymati bilan almashtiradi. Bu qiymat sug‘urta shartnomasi muddati davomida sof yo‘qotishlarni baholashga asoslanadi va sug‘urtalanuvchi uchun fiksirlangan hisoblanadi. Ehtimoliy zararning bunday stabillashuvi korxonalar daromadliligi riskni saqlab qolgan holatdan ko‘ra sof yo‘qotishlar oqibatlariga kamroq ta’sirchan ekanligini anglatadi. Biroq sug‘urta sug‘urtalanuvchiga yetkazilgan zararni har doim ham to‘liq kompensatsiyalamaydi. Bu sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan cheklangan javobgarlik, yo‘qotishlarning barcha ehtimoliy kanallarini nazarda tutmay yomon tuzilgan sug‘urta shartnomasi yoki sug‘urta qilinmagan zararlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sug‘urta shartnomalarini muhokama qilish va ulardan risklarni boshqarish sohasida foydalanish tamoyillarini tushunish uchun asosiy tushuncha va atamalarni o‘rganib chiqish muhim sanaladi. Istisnolar, chegaralar, franshiza va birgalikda to‘lashni sug‘urta shartnomalarining to‘rt muhim tarkibiy qismi deyish mumkin. Istisnolar – bu bir qarashda sug‘urta shartnomasi shartlarini qoniqtiruvchi yo‘qotishlar, lekin baribir ularning qoplanishi maxsus istisno qilinadi. Masalan, hayot sug‘urtasi polisi mijoz vafot etgan taqdirda nafaqa to‘lashni ham o‘z ichiga oladi, lekin odatda mijoz o‘z hayotiga qasd qilgan hollarda bunday nafaqani to‘lash polis shartlarida istisno qilinadi. Tibbiy sug‘urta mijoz sug‘urta polisini sotib olishidan avval kasallangan ayrim kasalliklarni davolash uchun to‘lovni istisno qilishi mumkin. Shunday qilib, sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin mavjud bo‘lgan kasalliklarning tibbiy sabablari uchun to‘lovni o‘z ichiga olmaydi. Chegaralar – bu sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan zararlar uchun kompensatsiya miqdori bo‘yicha cheklovlar hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, agar kasalliklardan sug‘urtalanish polisiga 1 million sh.b. chegara o‘rnatilgan bo‘lsa, bu sug‘urta kompaniyasi kasallikni davolash uchun shu miqdordan ko‘proq to‘lov qilmasligini anglatadi. Franshiza – bu sug‘urtalanuvchi tomon sug‘urta kompaniyasidan qandaydir tovon puli olishdan avval o‘z mablag‘laridan to‘lashi kerak bo‘lgan pul summasidir. Masalan, agar avtomobilga sug‘urta polisingiz 1000 sh.b. miqdorda franshizani ham o‘z ichiga olgan bo‘lsa, demak, avtohalokat yuz bergan holatda ta’mirlash uchun 210 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling