B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi
investitsiyalarni diversifikatsiya qilsangiz, unda ikkala guruhga kirish ehtimolingiz ham kamayadi
Download 0.55 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik muammolarning ikkinchi guruhi – bu nomaqbul tanlash muammosidir: riskdan sug‘urta sotib olgan odamlar aholining boshqa qismiga qaraganda ushbu riskka ko‘proq moyil bo‘ladi.
investitsiyalarni diversifikatsiya qilsangiz, unda ikkala guruhga kirish ehtimolingiz ham kamayadi.
Albatta, har bir kishi misli ko‘rilmagan daromad olish va bu borada daho deya e’tirof etilishni xohlaydi. Lekin buning uchun taxminlar asosida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Taxmin natijasi esa yirik daromad yoki yirik yo‘qotish bo‘ladi. Shunday ekan, qandaydir o‘rtacha variantni tanlash maqsadga muvofiq tuyuladi. Bunday yondashuv muqarrar ko‘rinishiga qaramay, odamlar, odatda, buni e’tiborsiz qoldiradilar. Omad ko‘pincha yuqori darajali professionalizm sifatida talqin qilinadi. Investitsiyalarini diversifikatsiyalamagan, ularni bir korporatsiya aksiyalariga joylashtirgan investorning g‘ayrioddiy yutuqlari haqidagi olamshumul xabarlar matbuotda juda kam uchraydi. Bunday odam, albatta, investitsiya joylash bo‘yicha daho bo‘lishi mumkin, lekin baribir, unga shunchaki omad kulgani ehtimolga yaqinroq. Bundan tashqari, katta yo‘qotishlarga duch kelgan va o‘ziga eng katta daromad keltiradigan aksiyalarni tanlamaganligi bois ahmoq sifatida tasvirlanadigan investorlar haqida hikoyalar ham tez-tez uchraydi. Bu yerda ularni o‘z investitsiyalarini diversifikatsiya-lamaganligi uchun tanqid qilish o‘rinliroq bo‘lsa kerak. Riskni taqsimlash qimmatli qog‘ozlar emissiyasida muhim omillardan biri hisoblanadi. Kompaniyalar obligatsiyalar ham, aksiyalar ham chiqarishi tasodif emas – axir qimmatli qog‘ozlarning bu ikki turi ular bilan bog‘liq bo‘lgan riskning xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Obligatsiyalarga, aksiyalarga yoki har ikkalasiga ham investitsiya qilishni tanlar ekan, investorlar o‘zlari qabul qilishga tayyor riskni tanlaydilar. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida innovatsiya tezligi sezilarli darajada oshdi, bu esa risklarni boshqarish imkonini beradi. Buning sababi, bir tomondan, talab sohasida, ikkinchi tomondan, bozorda yetkazib berish sohasida risk tarqalish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar hisoblanadi. Telekommunikatsiya, axborotni qayta ishlash va moliya nazariyasi sohasidagi yangi kashfiyotlar risklarni qabul qilishda ko‘proq diversifikatsiya qilish va ixtisoslashuvga erishish uchun sarf-xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirdi. Ayni paytda valuta kurslari, foiz stavkalari va tovarlar bahosining o‘zgaruvchanligi riskni boshqarishning maqbul usullariga bo‘lgan talabni oshirdi. Shunday qilib, o‘tgan asrning 70-80-yillarida boshlangan fyuchers, optsion va svoplarning jadal hamda keng 204 rivojlanishi muayyan darajada bozorning reaksiyasi bilan izohlanishi mumkin. Risklarni boshqarish instrumentlaridan foydalanish xarajatlarining arzonlashishi bilan bir qatorda ularga talab ham oshdi. Lekin a’zolari o‘rtasida risk taqsimlanishiga nisbatan mukammal gipotetik bozor idealiga hech qachon erishilmaydi, chunki real dunyoda ko‘plab cheklovchi omillar mavjud bo‘lib, ularni hech qachon butunlay bartaraf etib bo‘lmaydi. Risk samarali taqsimlanishini cheklovchi ikkita asosiy omil sifatida operatsion xarajatlar va psixologik muammolarni tilga olish mumkin. Operatsion xarajatlar sug‘urta kompaniyalari va fond birjalari kabi institutlarni tashkil etish va ular faoliyat ko‘rsatishi uchun xarajatlarni, shartnomalar tuzish va bajarish xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Shunday muassasalar tashkil qilishning moliyaviy afzalligi ular bilan bog‘liq xarajatlardan ortib ketmaguncha bu institutlar paydo bo‘lmaydi. Risklarni samarali taqsimlash uchun institutlarni yaratish yo‘lida turgan psixologik muammolar, birinchi navbatda, mas’uliyatsiz va noqulay tanlovdir. Qandaydir turdagi riskdan sug‘urta sotib olinishi sug‘urtalanuvchini o‘sha riskka yanada kuchli moyil qilsa yoki u sug‘urtalangan hodisani bartaraf etish uchun choralar ko‘rish haqida kam qayg‘ursa, bunday holatda mas’uliyatsizlik muammosi yuzaga keladi. Mijozning ehtimoliy mas’uliyatsizligi sug‘urta kompaniyasida bunday turdagi riskdan sug‘urtalashga moyillik yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Psixologik muammolarning ikkinchi guruhi – bu nomaqbul tanlash muammosidir: riskdan sug‘urta sotib olgan odamlar aholining boshqa qismiga qaraganda ushbu riskka ko‘proq moyil bo‘ladi. Diversifikatsiya prinsipini qo‘llash biroz ehtiyotkorlik talab qiladi. Shunday qilib, siz korrelatsiyalanmagan operatsiyalardan voz kecha olmaysiz. Quyidagi vaziyat ham ehtimoldan holi emas. Faraz qilaylik, operatsiyalar orasida qolgan barchasi bilan ijobiy korrelatsion aloqada bo‘lgan yetakchi operatsiya bor. U holda “o‘rtacha arifmetik” operatsiyalari riski jamlanadigan operatsiyalar soni ortishi bilan kamaymaydi. 10.3.1-misol. Aytaylik, moliyaviy qaror qabul qiluvchi shaxs birjada faoliyat olib borar ekan, samaradorligi va xavfliligi(riskliligi) 10.3.1-jadvalda keltirilgan to‘rtta o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalarni tuzish imkoniyatiga ega. 205
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling