B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


hodisalarning tasodifiy va oldindan aytib bo‘lmaydigan tabiati


Download 0.55 Mb.
bet162/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179
hodisalarning tasodifiy va oldindan aytib bo‘lmaydigan tabiati;




  • riskning o‘lchanuvchanligi;

  • yo‘qotishlarning cheklanganligi;

  • sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishining nisbatan kichik ehtimolligi.



Hodisalarning tasodifiyligi va oldindan aytib bo‘lmasligi talabi riskning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyalari uchun bu shartga rioya etish hodisalarning o‘zi emas, balki zarar miqdori uchun muhimroq. Yil davomida yetarlicha yaxshi prognoz qilinadigan yo‘qotishlarga olib keladigan tez-tez uchrovchi va nisbatan bir xil hodisalar sug‘urta uchun nobop obyektlar sanaladi.


Riskning o‘lchanuvchanligi statistika yoki nazariy modellar asosida uning ehtimoliy tavsifini hisoblash imkoniyatini bildiradi.


Yo‘qotishlarning cheklanganligi sug‘urtalanadigan zararlarning maksimal miqdoriga muayyan shartlar qo‘yishni anglatadi. Odatda, bu talab shartnoma bo‘yicha belgilanadigan sug‘urta summasida o‘z ifodasini topadi. Sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimoli ikki sababga ko‘ra juda ulkan bo‘lmasligi kerak. Birinchisi, sug‘urta hodisalari yuzaga kelishining real chastotasi o‘zining o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan fluktuatsiyaga moyil. O‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi uchun mazkur holatda maksimal yo‘qotishlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Ikkinchi sabab sug‘urta hodisalarining yuzaga kelishi ehtimolining yuqori bo‘lishi sug‘urtalanuvchi to‘lashi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofotining katta miqdoriga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liq. Sug‘urta summasining 20-30 foizini tashkil etadigan mukofot sug‘urtalanuvchi uchun foydasizligi ayondir.


Odatda, sug‘urtaning har turida sug‘urtalashda qabul qilinadigan muayyan o‘ziga xos risklar to‘plami mavjud bo‘ladi. Bunda sug‘urtalanuvchilar bir nechta variantlardan birini tanlashlari mumkin. Risklar ro‘yxati cheklangan va barcha ehtimoliy holatlar hisobga olinmaydi. Masalan, sug‘urtalashda uchinchi shaxsning g‘arazli xatti-harakatlari bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan zararlar ko‘pincha istisno qilinadi. Odatda, fors-major holatlar tufayli yuzaga kelgan hodisalar ham moliyaviy va investitsion risklar sug‘urtasidan chiqarib tashlanadi.


Sug‘urtalash uchun qabul qilinadigan risklar bo‘yicha cheklovlar ro‘yxati juda keng va turli sug‘urta shartnomalari uchun indivi-dualdir. Risklarni qabul qilish ehtimoli, shuningdek, sug‘urta

213


kompaniyasining ixtisoslashuvi, operatsiyalari va moliyaviy ahvoliga ham bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta turlarini tasniflash sug‘urta qilinayotgan risklar va ularni o‘tkazish shartlarini tavsiflovchi turli xususiyatlarga asoslangan bo‘lishi mumkin.


Misol uchun, Rossiyada davlat sug‘urta nazorati organlari tomonidan qabul qilingan tasnifga ko‘ra, uchta asosiy guruh yoki tarmoq ajratilgan: shaxsiy, mulk sug‘urtasi va fuqarolik javobgar-ligini sug‘urtalash. Iqtisodiy risklarni sug‘urtalash tizimida asosan mulk sug‘urtasi va javobgarlik sug‘urtasi ancha keng tarqalgan. Sug‘urta obyekti sifatida inson hayoti, salomatligi va mehnat qobiliyati namoyon bo‘ladigan shaxsiy sug‘urta hayot sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va tibbiy sug‘urtaga bo‘linadi.


Mulk sug‘urtasi turli mulk shakllari himoya obyekti sifatida qatnashadigan sug‘urta tarmog‘i sifatida qo‘llaniladi. Sug‘urtalanuv-chining mulki hisoblanadigan, shuningdek, uning egaligida, foydalanishi va tasarrufida bo‘lgan mol-mulk sug‘urtalangan bo‘lishi mumkin. Bunda nafaqat mulk egalari, balki uning saqlanganligi uchun javobgar bo‘lgan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham sug‘urtalanuvchi bo‘lishi mumkin.


Mulkiy manfaatlar foyda yoki daromad olinmay qolganda (boy berilgan foyda), mahsulot sotuvchisining hisobvarag‘i bo‘yicha to‘lovsizlik holati yuzaga kelganda, uskunalar bo‘sh turib qolganda, valuta kurslari o‘zgarganda va boshqa holatlar uchun sug‘urta qilinadi. Javobgarlik sug‘urtasi – bu sug‘urtalanuvchining (sug‘urta-langan shaxsning) aybi bilan zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslar oldida sug‘urtalanuvchining (sug‘urtalangan shaxsning) fuqarolik javobgarligi himoya obyekti hisoblanadigan sug‘urta tarmog‘idir. Uning quyidagi turlari ancha keng tarqalgan: avtofuqarolik sug‘urtasi, shifokorlar, notariuslar, bojxona tashuvchilari, auditorlar va boshqa kasblarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sug‘urtalash.


Sug‘urtalanuvchi sug‘urtadan quyidagi foydalarni oladi: kutilmagan yo‘qotishlar yuz berganda zararni qoplash, noaniqliklarni kamaytirish, yanada samarali foydalanish uchun bo‘sh mablag‘larni yuzaga keltirish, sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilgan risklarni boshqarish bo‘yicha mutaxassislardan foydalanish.


Sug‘urta pul mablag‘larining kafolatlangan manbaini o‘zida aks ettirib, mavjud boshqa manbalar yetkazilgan zararlar natijasida cheklanishi mumkin. Kreditorlar qarzni to‘lash imkoniyati asosiy

214


fondlar kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotni pul mablag‘lari bilan ta’minlashni xohlamasligi mumkin. Bunday holatlarda sug‘urta zararning korxona faoliyatiga ta’sirini minimallashtiradi. Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari korxona faoliyati va daromadliligini davom ettirish uchun ishlab chiqarishni tiklash davrida zarar ta’sirini yumshatadi.


Aksariyat hollarda sug‘urta polislarini sotib olish noaniqlikni kamaytiradi. Zararning turli qatlamlarida bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun moliyalashtirishni tashkil qilish va mexanizmlariga bo‘lgan talablar turlicha bo‘ladi. Kichik muntazam yo‘qotishlar uchun mos bo‘lgan omil o‘rta va yirik hajmdagi zararlar uchun mos kelmaydi. Umumiy yillik yo‘qotishlarning jiddiyligi va chastotasini prognoz qilish mumkin bo‘lsa-da, bunday zararlar aynan qachon sodir bo‘lishini oldindan aytish deyarli mumkin emas.


Sug‘urta mukofoti uchun muayyan xarajatlarni nomuayyan xarajatlarga almashtirish. Bu sug‘urtaning asosiy xususiyati hisoblanadi, chunki sug‘urta barcha risklar integratsiyalanganligini anglatadi. Bu sug‘urtalovchiga individual sug‘urtalanuvchining o‘zi bajargan holdagiga nisbatan ko‘proq ma’lumotlar oqimini qayta ishlashga imkon beradi. Darhaqiqat, katta sonlar qonunini oldindan bilish mumkinligi noaniqliklarning umumiy darajasini pasaytiradi. Alohida sug‘urtalovchining foydasi shu bilan ta’minlanadiki, sug‘urtalashda u uchun ixtiyoriy yilda kutilmagan zararlar riski nafaqat pastroq risk bilan almashadi, balki sug‘urta badallari summasi bilan ham cheklanadi. Noaniqlikning kamayishi ham iqtisodiy foyda keltiradi. Kutilmagan zararlarni qoplash uchun likvid shaklda saqlanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘laridan endi daromad olish uchun foydalanish mumkin.


Sug‘urtalanuvchi uchun sug‘urta kompaniyalarining qo‘shimcha xizmatlari, sug‘urta mukofotiga kiritilgan xizmatlarning qiymati juda muhim, chunki bu holda sug‘urtalovchining tajribasi ham qo‘llaniladi. Agar yong‘in xavfi, o‘g‘irlik ehtimoli yoki majburiyatlar riski tahlili, avvalgi zarar yoki talablar bo‘yicha statistikani qayta ishlash sug‘urtalanuvchi tomonidan amalga oshirilmagan bo‘lsa, buni o‘z mutaxassislariga tayanib yoki tashqi mutaxassislarni jalb qilish orqali sug‘urtalovchi bajarishi kerak.


Riskni qoplashning moliyaviy mexanizmi sifatida sug‘urta mexanizmidan foydalanish muayyan muammolar bilan bog‘liq. Birinchidan, sug‘urta zararlarni to‘liq moliyaviy kompensatsiyasini

215



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling