B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi


Download 0.55 Mb.
bet168/179
Sana21.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1374305
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   179
Optsion – bu xaridor tomonidan tegishli mukofot to‘langan holda belgilangan narx bo‘yicha muayyan sanada fyuchers shartnomasini sotib olish yoki sotish huquqi bo‘yicha kelishuvdir.


Shunday qilib, optsionlar yordamida hejirlash belgilangan vaqtda fiksirlangan kurs bo‘yicha valutani oldindan kelishilgan miqdorda sotib olish uchun muayyan to‘lov (optsion mukofoti) evaziga sug‘urtalanuvchining huquqini (lekin majburiyatini emas) nazarda tutadi. Bu yerda optsion qiymati (optsion mukofoti) sug‘urta badalining o‘ziga xos analogidir.


Optsion uning xaridoriga o‘zini qiziqtirgan narxning minimal yoki maksimal qiymatini belgilash imkonini beradi. Uning riski o‘zi to‘lagan mukofot bilan chegaralanadi, ayni paytda optsion sotuvchining narx o‘zgarishiga nisbatan riski potensial jihatdan cheklanmagan. Sotib oluvchi uchun foydalar: cheklangan risk (mukofot summasi), cheklangan mablag‘larda tovarlarning yirik hajmi ustidan nazorat, xaridni kutishda maksimal yoki sotishni kutishda minimal narxni belgilash imkoniyati, hejirlashning turli-tuman strategiyalarini qo‘llash imkoniyati.


Optsion sotuvchilari uchun foydalar – daromad ortishi va pul oqimlarining ko‘payishi.


Sug‘urtalash bilan hejirlash o‘rtasidagi jiddiy farq bor. Hejir-lashda siz foyda olish imkoniyatidan voz kechgan holda yo‘qotishlar riskini bartaraf etasiz. Sug‘urtaga murojaat qilganda esa, yo‘qotishlar riskini bartaraf etish uchun sug‘urta badali to‘laysiz, lekin foyda olish imkoniyatini saqlab qolasiz.


Keling, yana aviachiptalar bilan bog‘liq masalaga qaytamiz va sug‘urtalash bilan hejirlash o‘rtasidagi farqni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bugungi kundan hisoblaganda, roppa-rosa bir yildan so‘ng

231


Londondan Tokioga parvoz qilmoqchisiz. Siz samolyot chiptasini bron qilib qo‘yishga qaror qildingiz. Xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya sizga ikki variantdan birini tanlashni taklif qilmoqda: hozir chiptani 1000 sh.b.ga teng kafolatlangan narxda sotib olishga kelishish yoki o‘sha paytda parvozdan oldin chipta narxi qancha bo‘lsa shuncha pul to‘lash. Agar siz bir yildan keyin 1000 sh.b. to‘lashga rozi bo‘lsangiz, u holda bu riskni hejirlashdir. Siz bunda hech narsa yo‘qotmaysiz, lekin bir yildan so‘ng parvoz kuni 1000 sh.b.dan kamroq pul to‘lash imkoniyatidan voz kechasiz.


Shunday variant ham mavjud: aviakompaniya bir yildan keyin chiptani 1000 sh.b. narxda sotib olish huquqi uchun hozir 20 sh.b. to‘lashni taklif qiladi. Ushbu huquqni sotib olish siz Tokioga uchib ketish uchun 1000 sh.b. dan ortiq pul to‘lamasligingizni kafolatlovchi sug‘urtadir. Agar bir yil mobaynida chiptaning narxi oshsa, siz o‘z huquqingizdan foydalanasiz. Agar oshmasa, bu sizga hech qanday majburiyat yuklamaydi. 20 sh.b.ni to‘lash orqali siz chipta uchun 1000 sh.b.dan ortiq pul to‘lashingiz kerak bo‘ladigan riskdan sug‘urtalanasiz, o‘z navbatida, bu bilan chipta uchun umumiy xarajat qiymati 1020 sh.b.dan oshmasligini kafolatlaysiz (1000 sh.b. chipta uchun va 20 sh.b. sug‘urta uchun).



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling