Komutativ tekshirish metodi til birliklaridan mazmun plani va ifoda plani munosabatlarini bir oʻrinda oʻzaro almashtirishni doimo hisobga olib, ularni tovush birliklaridan ajratishni oʻzining asosiy maqsadi qilib qoʻyadi (1: 183-185). Masalan: bet soʻzining oxiridagi tovush almashtirilsa, boshqa soʻzlar hosil boʻladi: bek, bel, Ber, bez kabi.
Distributiv tahlil metodi. Bu metod til birliklarining oʻzaro joylashishi ularni oʻzaro birikish qonunlarini oʻrganadi. Distributiv tahlil metodi til tizimining fonologik, morfologik va sintaktik birliklarini oʻrganishda qoʻllaniladi. Til birliklarining distributsiyasi biror bir birlikning boshqa bir birlik bilan birikish usullari qayerda, qaysi holda va qanday qoʻllanish doirasi yigʻindisidan iborat. Bular distributiv tahlil metodining mohiyatini tashkil etadi.
Qiyosiy- tarixiy metod tilshunoslikda til tizimlarining bir-biri bilan munosabati til birliklarining substansiya (ifoda va ma’no) siga asolanib oʻrganiladi. Tillarni qarindoshlik munosabati, til birliklarining ifoda va ma’nosi bir-biriga mos kelishi yoki mos kelmasligiga asoslanadi. Bu metod aniq tillardagi bir-biriga teng boʻlgan birliklarni solishtirib koʻrib, yozma yodgorliklarda qayd qilinmagan til birliklarini qayta tiklash usulidir.
Bu metod qadimgi sanskritda yozilgan yozma yodgorliklar tilini Yevropa tillariga qiyoslab koʻrish va ular orasida oʻxshashlik borligini aniqlash natijasida XIX asrning boshlarida maydonga keldi.
Masalan eski oʻzbek tilida sirgʻaluvchi z (ﺫ ), qorishiq dz ( ذ ), portlovchi d (ر ) va shular bilan vazifadosh y ( ى ) tovushi boʻlgan: ozoq-odzoq-odoq-oyoq. Qiyosiy – tarixiy metodning qoʻllanilishi natijasida uning bajarilishi mumkin boʻlgan toʻrtta tipi vujudga keldi:
1. Chogʻishtirish uchun material toʻplash.
2. Qator chogʻishtiriladigan birliklarni belgilash va ularni aynan bir narsa deb hisoblash.
3. Fonetik oʻzgarishlarning nisbiy xronologiyasini belgilash.
4. Arxetip ryekonstruksiyani aniqlash (soʻz va morfemalarning eng qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash). Qiyosiy-tarixiy metod ta’sirida ichki va tashqi ryekonstruktsiya, glotoxronologiya, lingvistik geografiya metodlari shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |