B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik tahlil metodlari.
Tipologik metodning mohiyati til tuzilishidagi oʻxshash va farqli tomonlar tilning oʻzi mansub boʻlgan genetik tomonlar bilan qiyoslanadi. Hamma tillar ichki tomonidan oʻxshash, tashqi tomondan farqli boʻladi, chunki ularning tuzilishi asosida bir xil tamoyil yotadi. Ana shu tamoyillarni aniqlash jarayonida tipologik metod paydo boʻlgan.
Tillarni tipologik oʻrganishning maqsadini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud: tasnifiy, tavsifiy, (xarakteriolog), belgiga xoslik, ichki tizim kabi. Tasvifiy yondashuvga koʻra, dunyodagi barcha tillar ma’lum bir belgisi bilan tillar tipi, toʻdasidan farqlanadi, buning natijasida tillarning morfologik tasnifi yuzaga keladi. Bu tasnif tillarning morfologik xususiyatlarini, aniqrogʻi oʻzak va affikslarni qarama – qarshi qoʻyish asosida qiyoslab oʻrganishga asoslanadi. Tavsifiy (xarakteriologik) yondashuv orqali har bir tilning oʻziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Belgiga xos yondashuv orqali alohida til hodisalarining tipologiyasi va yaruslarini yaratish nazarda tutildi: fonetik tipologiya, sintaktik tipologiya kabi. Ichki tizim asosida yondashuv orqali hozirgi tildagi ayrim hodisalar oʻrtasidagi munosabat tekshiriladi. Xullas, xorijiy tillarni oʻrganish jarayonida undagi fonologik, grammatik, leksik va stilistik xususiyatlarni ona tili bilan chogʻishtirish qiyosiy tipologik metod deb ataladi. Matematik tahlil metodlari. Til qurilishining tovush tarkibi, morfologik va sintaktik birliklari, grammatik qoidalar sifat jihatidangina emas, miqdor jihatidan ham oʻziga xos xususiyatlarga ega. Miqdor belgilarini oʻrganishda matematik tahlil metodlari qoʻllaniladi. Til birliklarining matematik metod yordamida oʻrganiladigan miqdor belgilarini uchga ajratadilar:1.Nazariy toʻplamlik belgilari. 2.Mantiq algebrasiga asoslangan transformatsion belgilar. 3. Ehtimollik belgilari. 1. Til birliklarini toʻplamlik belgilari asosida tahlil qilish birliklar orasidagi ekvivalentlik va tartibning binar munosabatini tahlil qilishdan iborat. Toʻplam istagan miqdordagi ob’ektlarning jamligidir. Toʻplamga kirgan har bir ob’ekt toʻplamning elementi deb ataladi. Masalan, koʻz soʻzining ma’nolarini bir – biridan ajratish uchun har bir ma’noni anglashga yordam beradigan gap yoki birikmalar tuzamiz: 1. Koʻz–koʻrish organi. 2.Taxtaning koʻzi. 3.Buloqning koʻzi. 4.Uzukning koʻzi. 5.Xurjunning koʻzi. 6. Tizzaning koʻzi. 7. Yaraning koʻzi. 8. Ishning koʻzi. Ushbu gaplarda koʻz soʻzi har xil ma’nolarni anglatadi. Har bir ma’noni bitta toʻplam deb hisoblaymiz. Har bir toʻplam oʻzining elementlariga ega. Bu elementlar ma’no mazmunini tashkil qiladigan tushunchaning muhim belgilaridan iborat. Asosiy ma’nosiga koʻra «koʻz» tushunchasining a, b, c, n, x, e kabi belgilarini ajratib ifodalash mumkin: Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling