B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TILSHUNOSLIK QARASHLARI


Download 0.92 Mb.
bet10/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TILSHUNOSLIK QARASHLARI
Arablar, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqlari qadimgi davrda ham yuqori madaniyatga ega boʻlib, astronomiya, geografiya, tarix va tilshunoslik sohasida ajoyib kashfiyotlar qilib, jahon madaniyatining rivojiga munosib hissa qoʻshganlar.
Qadimgi arab tilshunosligi va fani rivojiga arablar bilan bir qatorda, arablar atrofidagi eroniylar, greklar, Evreylar hamda arab halifaligiga qarashli boʻlgan Markaziy Osiyo xalqlarining farzandlari ham katta hissa qoʻshganlar. Bu haqda oʻzbek qomusida shunday fikr bildirilgan: "Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab va arab tilida ijod etgan filologlar tomonidan davom ettirildi. Arab tilshunosligi rivojida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Javhariy, Mahmud Qoshgʻariy singari oʻrta osiyolik olimlarning ham hissasi katta boʻldi» (1: 102). Oʻzbek tilshunosligi taraqqiyotining oktabrgacha boʻlgan davri haqida shundan boshqa fikrni uchratmaymiz.


Abu Nasr Farobiyning lingvistik qarashlari.
Markaziy Osiyoning yirik mutafakkiri Abu Nasr Farobiydir. Uning toʻla ismi-Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn Oʻzaliq al Farobiydir (873-950).
Farobiy u davrda mavjud boʻlgan barcha ilmlardan bahramand boʻlishga intildi va hatto bu yoʻlda ancha yutuqlarga erishish maqsadida u Bogʻdod, Damashq, Xalab, Harron kabi arab sharqining juda koʻp shaharlariga sayohat qildi, borgan shaharlarida olimlar bilan tanishar va ular bilan suhbatlashib, ulardan bahramand boʻlishga intilardi. Abu Nasr Farobiyni Sharqda Aristoteldan soʻng ikkinchi Muallim (Muallimu Soniy) deb yuritganlar.
Zamonasining ana shunday yirik mutafakkiri boʻlishiga qaramay, Abu Nasr Farobiy juda faqir yashagan. Hatto u yozishga qogʻoz, mutolaaga chiroq yogʻi ham topa olmagan. Mana shunday yashashiga qaramay, u ilm yoʻlidan choʻchimadi, dadilroq, chuqurroq kirishib bordi.
Abu Nasr Farobiy juda koʻp fanlar, juda koʻp tillar va juda koʻp hunardan xabardor edi. Farobiy shaharma-shahar kezib yurib, nihoyat Damashq shahriga keladi va toʻgʻri shoh saroyiga kirib boradi. U eshikni ochib, kirishga ruxsat soʻraydi. Hamma juldur kiygan bu kishiga tikilib qoladi. Farobiy toʻppa-toʻgʻri borib, shoh oldidagi boʻsh joyga oʻtiradi. Shoh saroyda maxsus bir tilda gaplashar edi. Podshoh shu tilda uni chiqarib kaltaklashni buyuradi. shunda Farobiy shohga qarab:
- Taqsirim, shoshilinch ish qilish podshohga yarashmaydi, deydi.
Podshoh Farobiyga qarab: - sen bu tilni bilasanmi? - deydi
Farobiy: -yetmish tilni bilaman, -deydi.
Podshoh shunday juldur kiyingan, devonavash bir kishi qobiliyatini koʻrib hayratlanadi.
Podshoh va ommani xayratlantirish qobiliyatiga ega boʻlgan Abu Nasr Farobiy falsafa, mantiq, filologiya, ritorika, tibbiyot, musiqa, matematika, zoologiya, botanika kabi fanlarga tegishli 180 dan ziyod asarlar yozgan. Snundan koʻrinadiki, Farobiyning ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy va rang-barangdir.
Abu Nasr Farobiy til, tilshunoslik, adabiyot va adabiyotshunoslik, poetika va ritorikaga tegishli ham bir qancha asarlar ijod etgan. U bu mavzuda "Snarh kitob-al-Xitoba li Aristutilos (Aristotelning "Ritorika" asariga yozilgan sharh kitobi"), "Kitob al-alfoz va al-xuruf" ("Lafz-soʻzlar va harflar haqida kitob"), "Kalom lahu fi ma’no ism al-falsafa" ("Falsafa nomining ma’nosi haqida"), "Kitob fi al-xitoba kabir, ishrun majalladan" ("Ritorika haqida yigirma jildlik katta kitob"), "Kitob fi sanoat al-kitoba" ("Yozuv san’ati haqida kitob"), "Kalom lahu fi ash-Sne’r va al-qavofiy" ("Sne’r va qofiyalar haqida soʻz"), "Kitob fi al-lugʻat" ("Lugʻatlar haqida kitob"), "Kitob fi ixso iqao" ("Ritmlar tasnifi haqida kitob") kabi asarlar yozgan. Bu asarlarda shoir, tilshunos, adabiyotshunos Farobiy namoyon boʻladi.
Abu Nasr Farobiy Aristotelning "Ritorika" asariga yozgan sharhida soʻz turkumlarini ot, fe’l, bogʻlovchi deb uch guruhga ajratadi. Bu narsa uning soʻz ma’nolari, tovushlar tahlili, yozuv tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlarida oʻz ifodasini topgan.
Abu Nasr Farobiy har bir soʻz ifodalovchi tushuncha, tasavvur haqida fikr bildirib Shunday yozadi: "Bordi-yu agar oʻshanda u kishiga biror narsaning oʻzini soʻz bilan tavsiflab Berilsa bormi, unda oʻsha soʻz mulohazalarda ishlatiladigan har bir narsa ichida yaxshilik va yomonlik, adolatsizlik yo tubanlik va yo boʻlmasa halollikni tasavvur qilganiga oʻxshab keladi.
Bas shunday ekan, hayolga kelgan soʻzlardan koʻzatilgan maqsad ham eshituvchini uning hayoliga kelgan narsani qilishga undashdan iborat boʻladi" (2: 114).
Abu Nasr Farobiy oʻz davrining yetuk adabiyotshunosi sifatida adabiyotshunoslik atamalardan tragediya, komediya, drama, satira, poema, epos, ritorika, yombi efijonosous, akustika haqida ma’lumot Berib, ularning hozirgi ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatilishini qayd etadi. (3: 119-121).
Abu Nasr Farobiy oʻzining "She’r va qofiyalar toʻgʻrisida soʻz" nomli asaridan bir xil tovushlar bilan tugallanadigan soʻzlar, talaffuzdosh soʻzlar, oʻzak va qoʻshimchalar qofiyasi nomi bilan ataladigan qofiya haqida ma’lumot beradi. Qofiya misra oxirini eslatish bilan ritmning shakllanishiga muhim hissa qoʻshadi, deb koʻrsatadi Farobiy.
Abu Nasr Farobiy turli tillarni oʻrganish bilan ham shugʻullandi. Masalan, u tibbiyot va mantiq ilmini xristian vrachi Yuxanno ibn Xaylon Qunnoiydan, hikmat va yunon tilini xristian Abu Bashar Mattodan oʻrganadi. Farobiy 70 tilni oʻrgangan va u tillarda bemalol soʻzlasha olgan (4: 13).
Abu Nasr Farobiy oʻz asarlarida tillar va ularning lugʻatlari haqida ma’lumot beradi. U falsafa soʻzi ma’nosi haqida shunday yozadi: "Falsafa yunoncha boʻlib, arab tiliga chetdan kirgan soʻzlardandir. Bu soʻz ularning tillarida filosufo deb aytiladi. Uning lugʻaviy ma’nosi-hikmatni yoqtirish demakdir. Bu soʻz yunon tilida "filo" bilan "soʻfiyo" soʻzlaridan tarkib topgan. "Filo" deganda yoqtirish, sevish tushuniladi; "soʻfiyo" deganda esa hikmat, donolik tushiniladi. Faylasuf soʻzi falsafadan olingan, bu yunonlarning tilida "filasufus" deyiladi. Bu oʻzgarish yunonlarda ildizdan boʻladigan oʻzgarish sanaladi. Ularning tilida buning ma’nosi hikmatni sevish demakdir. Ular bu ibora bilan hayotdan va umr koʻrishdan maqsad hikmatni ta’kidlashdan iboratdir, deyishadi (2: 208).
Abu Nasr Farobiyning tilshunoslik, umuman filologiya sohasida ijod qilgan asarlari koʻp zamonlar oʻtishiga qaramay, insonlarni soʻzni sevish kabi olijanob fikrlardan qaytarmadi, balki kelajakda katta-katta ishlar qilish va bunday ishlarni amalga oshirish uchun kuch-gʻayrat koʻrsatishga umidvorlik baxsh etadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling