B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Murakkab soʻzlar oʻzining quyidagi xususiyatga ega
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- "bi hams tam"
Murakkab soʻzlar oʻzining quyidagi xususiyatga ega:
1.Murakkab soʻzlar oʻz belgilariga ega. Masalan, Hasan matematikdir. Bunda murakkab soʻz "Hasan matematikdir" uch qismdan iborat: Hasan, matematik va dir. 2. Murakkab soʻzning ma’nosi va mohiyati ham boʻlaklarga ajraladi. Masalan, Hasan matematikdir gapida bir necha aqliy obraz oʻz ifodasini topgan: "Hasan " obrazi, "matematik" obrazi va matematiklik tushunchasi Hasanga tegishliligi. 3. Murakkab soʻzning qismi ma’noning qismini koʻrsatadi. yuqorida keltirilgan misolda "Hasan" ma’lum kishini, "matematik"- uning faoliyatini, turini koʻrsatadi. Sanab oʻtilgan shartlarning birortasidan ajralgan soʻz Ibn Sino fikricha, sodda soʻzga aylanadi. Sodda soʻzlarni u uch guruhga ajratadi: ism, fe’l va yuklama. Mustaqil ma’noga ega boʻlgan alohida olingan soʻz ism sanaladi: ona, ota, oʻgʻil, tosh kabilar. Ma’lum zamon ma’nosini ifodalovchi soʻz fe’l hisoblanadi: keldi, oʻtdi, ishladi kabi. Bir soʻzni boshqasi bilan aloqasini ifodalashga xizmat qiluvchi mustaqil ma’noga ega boʻlmagan soʻzlar sanaladi: ammo, lekin, va, ham, bilan kabi. Ibn Sinoning tilshunoslik qarashlari mantiq asosida koʻrilgan boʻlib, har qanday tushuncha, hukm soʻz, soʻz birikmasi - gap orqali ifodalanadi. Ibn Sinoning fonetikaga tegishli fikrlari ham diqqatga sazovordir. Abu Ali Ibn Sinoning fonetikaga bagʻishlangan "Asbobi hudud al-huruf " (Yoki "Asbob") asari mavjud boʻlib, uning bir necha qoʻlyozmalari bizgacha yetib kelgan. Uning eng qadimgi qoʻlyozma nusxasi 1024 yilda koʻchirilgan. Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bagʻishlangan boʻlsa ham, lekin uning V bobida fors, turk va boshqa tillar materiallari ham jalb qilinadi. Shuning uchun ham Ibn Sinoning mazkur asari Sibavyeyhiy singari oʻziga qadar boʻlgan filologlarning asarlaridan farqli ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga bagʻishlanganligi bilan ajralib turadi. "Asbob" asari arab tilshunosligi an’anasidan yana shunisi bilan farqlanadiki, unda tovushlarning fiziologik va akustik tomoni oʻrganiladi. Asarning arab tilshunosligi asarlarida yana bir farqli jihati shundaki, unda artikulyatsiya tomonidan yaqin boʻlgan va akustik belgisiga koʻra farqlanuvchi undoshlar oʻzaro zidlangan holda oʻxshash va farqli belgilar ochiladi. Masalan, k-g, q-gʻ kabi. Bu shuni koʻrsatadiki, N. S. Trubetskoydan bir necha asrlar oldin Markaziy Osiyo filologlari tomonidan korrelyativ undoshlar ajratilgan va undosh fonemalarni belgilashda asosiy tamoyil sifatida foydalanilgan. Ibn Sino asarida kuzatishlarda turli oʻzgarishlar bilan talaffuz qilinuvchi variant bilan farqlanadi. Xususan, r - r, i - i tovushlari bir umumiylikning ikki xil koʻrinishi ekanligini bayon qiladi. Ibn Sino "Asbob"asari kirish va olti bobdan iborat. Asarning kirish qismida uning yozilish sabablari, an’anaga koʻra kimning sharafiga yozilganligi bayon qilinadi. Asar Abu Mansur Muhammad ibn Ali ibn Umarga bagʻishlangan. Muallif shu qismda risolani quyidagi olti bobga ajratganini bayon qiladi: 1. Tovushning paydo boʻlish sabablari haqida. 2. Nutq tovushlarining paydo boʻlish sabablari haqida. 3. Boʻgʻiz va tilning anatomiyasi haqida. 4. Ayrim arab tovushlarining paydo boʻlishidagi oʻziga xos xususiyatlari haqida. 5. Bu tovushlarga oʻxshash nutq tovushlari haqida. 6. Bu tovushlarning nutqiy boʻlmagan harakatlarda eshitilishi haqida. Risolaning birinchi bobida, umuman, tovushning paydo boʻlishi haqida fikr yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, har qanday tovush havoning toʻlqinsimon tebranishi natijasida paydo boʻladi. Havoning tyebranishida esa bir jismning ikkinchi jism bilan toʻqnashuvi (kar) yoki har bir jismning ikkinchi jismdan oʻzilishi (kal) muhim rol oʻynaydi. Har ikki holda ham havoning toʻlqinsimon tyebranishi roʻy beradi. Ikki jismning toʻqnashuvi jarayonida toʻqnashuvi jismlar havoni qisb muayyan kuch va tezlik bilan harakat yoʻnalish tomon tezroq fazoni boʻshatishga majbur qiladi. Bu jismning ikkinchi jismdan uzulishi natijasida ham uzalayotgan jismlar qisilgan havoni muayyan kuch va tezlik bilan havoni boʻshatishga majbur boʻladi. Har ikki holda ham uzoqlashayotgan havo shakl va toʻlqinni hosil qilish lozim boʻladi. Toʻqnashuv natijasida hosil boʻlgan toʻlqin uzilish natijasida hosil boʻlgan toʻlqindan kuchliroq tarqaladi. Koʻrinadiki, tabiatdagi tovushlarning qanday paydo boʻlishini birinchilardan boʻlib ilmiy asoslab beradi. Muallif fizikaviy tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi va fizikaviy tovushni savt, nutq tovushlarini harf atamasi bilan nomlaydi. Uning fikricha, savt va harf paydo boʻlishiga koʻra oʻzaro umumiy va shu bilan birga, oʻziga xos belgilarga ega. Umumiyligi snundaki, har ikki jismning qisilishi yoki ochilishi natijasida havoning tyebranishi natijasida hosil boʻladi. Oʻziga xos tomoni snundaki, harf nutq organlari tomonidan tallafuz qilinadi. Asarda ta’kidlanishicha, harf - balandlik va ton boʻyicha oʻxshash tovushlarning eshitilishi boʻyicha bir-biridan farqlanuvchi turidir. Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni koʻrsatib oʻtadi: 1. Koʻkrak qafasida hosil boʻladigan diafragma va koʻkrak muskullari orqali harakatga keladigan havo toʻlqini. 2. Havo toʻlqinining nutq organlarining turli nuqtasida toʻsiqqa uchrashadi. 3. Tovush turlicha tembr ottenkali beradigan va turli akustik belgi (masalan, dinai "aks-sado" gunna "nazallik") hosil qiladigan ryezonator.Yuqoridagi uch jihat bugungacha fonetikaga bagʻishlangan asarlarida takrorlanib kelmoqda. Ibn Sino nutq tovushlarni tasniflar ekan, unli va undosh tovushlarni bir-biridan farqlaydi. Unlilar uchun musannita, undoshlar uchun samita atamalarini qoʻllaydi. U arab tilida yigirma sakkizta undosh, uchta unli fonemalarni ajratadi. Bu oʻrinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, arab tilshunosligida Ibn Sinoga qadar unlilar alohida fonologik birlik sifatida qaralmasdan, undoshlarning tarkibiy qismi sifatida oʻrganilgan. Fonemalarni undosh va unlilarga ajratish Ibn Sinoning jahon tilshunosligi rivojidagi katta xizmat, deb baholanmogʻi lozim. Undoshlar paydo boʻlish oʻrni, usuli, akustik xossasi hamda choʻziqlik, sifat va miqdor belgilariga koʻra undoshlar portlovchi va sirgʻaluvchilarga boʻlinadi. Portlovchilar "bi hams tam" toʻliq toʻsiqni yorib oʻtish orqali hosil boʻladi. Sirgʻaluvchilar "bi hams gair tamm" esa, muallif fikricha, oʻpkadan chiqayotgan havoning toʻliq boʻlmagan toʻsiqdan sirgʻalib oʻtishi orqali paydo boʻladi. Arab tilidagi 12 undosh portlovchi sanaladi:q, g, d, d, t, t, b, m, n, l; quyidagi 16 ta sirgʻaluvchi sanaladi:h,g,h,h,g, s, s, z, t, d, z, t, u, i, r. Akustik belgisiga koʻra undoshlarni jarangli (maghura) va jarangsiz (magmusa) larga boʻladi. Lekin bu belgilarga koʻra undoshlarga izchil tavsif bermaydi. Ibn Sino undoshlarni paydo boʻlish oʻrniga koʻra sharhlaydi. Chunki arab tilshunosligi an’anasiga koʻra, undoshlarning tasnifida artikulyatsiya oʻrni (maxraj) yyetakchi belgi sifatida qaralgan 16 ta paydo boʻlish oʻrnini ajratadilar. Lekin Ibn Sino oʻziga xos yoʻldan boradi. U har bir undoshning oʻziga alohida tavsif beradi. Undoshlar tavsifi boʻgʻiz undoshlaridan boshlanib, lab undoshlari bilan tugaydi. Undoshlar choʻziqlik belgisiga koʻra, sodda undoshlar (mufrada) va murakkab undosh (murakkaba) ga boʻlinadi. Oʻpkadan chiqayotgan havo toʻliq toʻsiqni yorib oʻtishidan hosil boʻlgan undosh sodda undosh hisoblanadi; toʻliq boʻlmagan toʻsiqdan qisilib oʻtishi natijasida paydo boʻlgan undosh esa murakkab undosh hisoblanadi. Shunday qilib, sirgʻaluvchi undoshlar murakkab undoshlarga toʻgʻri keladi. Shuni ta’kidlash joizki, Ibn Sino undoshlarning artikulyatsiyasiga toʻxtalar ekan, nazallashishiga ham alohida e’tibor beradi. Nazallikni ifodalash uchun gunna atamasini qoʻllaydi. M va N undoshlar talaffuz qilinganda bir qism havo burun orqali oʻtishini va bunday undoshlar nazal (gunna) undoshlar ekanligini ta’kidlaydi. Ibn Sino nutq organlaridan boʻgʻin va til haqida batafsil ma’lumot beradi. Boʻgʻiz (handara) uch togʻaydan (gudruf) iborat ekanligini koʻrsatadi: 1) qalqonsimon (dd-daragi); 2) nomsiz (adim al-ism, al-ladi la smi ladu); 3) choʻmichsimon (al-targahali). Asarda boʻgʻizning quyidagi harakatlari koʻrsatiladi: 1. Boʻgʻizning torayishi. Nomsiz togʻay qalqonsimon togʻayga yaqinlashib, unga qisilishi natijasida boʻgʻizning torayishi yuz beradi. 2. Boʻgʻizning kengayishi. Nomsiz togʻay qalqonsimon togʻaydan uzoqlashishi natijasiga yuzaga chiqadi. 3. Boʻgʻizning yopilishi. Cnoʻmichsimon togʻayning qalqonsimon togʻay ustiga yopilishi natijasida roʻy beradi. 4. Boʻgʻizning ochilishi. Cnoʻmichsimon togʻayning qalqonsimon togʻaydan uzilishi natijasida hosil boʻladi. Yuqoridagi harakatlar bevosita boʻgʻiz mushaklari ishtirokida amalga oshadi. Boʻgʻiz mushaklari esa ikki guruhga boʻlinadi: 1)boʻgʻizning oʻz mushaklari; 2) boʻgʻizning tashqi mushaklari. Muallifning koʻrsatishicha, boʻgʻiz harakatida 22 ta mushak ishtirok etadi. Ulardan oltitasi boʻgʻizning ochilishi, toʻrttasi yopilishida, oltitasi torayishida, oltitasi kengayishida qatnashadi. Ibn Sino tilning (lisan) nutq organi sifatida tuzilishiga ham atroflicha ma’lumot beradi. U tilni quyidagi qismlarga boʻladi: 1. Til asosi, tilning orqa qismi; (Asl al-lisan); 2. Tilning tanasi. U bevosita chuqur til orqa bilan tutashadi; (Garm al-lisan);. Til tanasining oʻzi quyidagi qismlardan iborat: 1) til orqa (Al-guz al); 2) til oʻrta (Wosat al-lisan); 3) til uchi (Toraf al-lisan); 4) til usti (Soth al-lisan); 5) til yoni (Dil al-lisan) Muallif tilning harakatida sakkiz mushak ishtirok etishini bayon qiladi. Bu ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, Ibn Sino nutq tovushlarida ishtirok etadigan nutq organlari haqida keng ma’lumot berishida uning odam anatomiyasidan katta tajribaga ega boʻlganligi qoʻl keladi. Xullas, Ibn Sino dunyoning byeqiyos tabibi, hassos shoir, ulkan musiqashunos, yirik faylasuf, fiziolog olim boʻlishi bilan birga, arab, fors, turk, lotin , soʻgʻd tillarining bilimdoni, ajoyib tilshunos ham edi. Oʻrta asrlar fanining rivojiga byeqiyos hissa qoʻshgan buyuk faylasuf, fanning turli sohalarida qalam tyebratib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan. Qomusiy olim sifatida faqat Sharqdagina emas, balki Gʻarbda ham ma’lum va mashhur boʻldi. Uning ilmdagi buyuk xizmatlariga mahliyo boʻlgan Mikelanjelo: "Boshqa olimlarni ma’qullab haq boʻlgandan koʻra, Galyen va Ibn Sinolar orqasidan ergashib xato qilgan yaxshiroqdir", -degan edi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling