B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Alisher Navoiy tilshunoslik tarixida yangi soha ochgan olim


Download 0.92 Mb.
bet16/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

Alisher Navoiy tilshunoslik tarixida yangi soha ochgan olim.
Alisher Navoiyning boshqa sohadagi singari tilshunoslik sohasidagi xizmati ham gʻoyat katta ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikka doir fikrlari ulugʻ siymoning har bir asarida, jumladan, "Muhokamatul-lugʻatayn"asarida, yaqqol koʻzga tashlanadi.
Tengi yoʻq soʻz ustasi Alisher Navoiy oʻzining lugʻatchilik va tilchilik sohasidagi yarim asrlik tajribasini "Sab’at abhur" (3: 101) "Muhokamatul-lugʻatayn» (4: 3-40) asarlarida umumlashtiradi.
Alisher Navoiyning ushbu asarida olgʻa surgan va tilshunoslik tarixi uchun qimmatli boʻlgan fikrlari quyidagilardan iborat:
1. Turli tillarning paydo boʻlishi va rivojlanishi haqida fikr bildiradi. Alisher Navoiy tillarning paydo boʻlish voqeasini Noʻh paygʻambar va uning oʻgʻillariga bogʻlaydi. Bu haqda "Muhokamatul-lugʻatayn"da shunday yozadi: "... turkiy, forsiy va hindiy asl tillarning manbai (kelib) " chiqishidurki, Noʻh paygʻambarning uch oʻgʻligakim, Yofas va Som va Xomdur yetishur... Yofasniki, tavorik ahli Abut-turk bitirlar, Xito mulkiga yubordi va Somniki, Abul-furs bitirlar. Eron Turon mamolikning vasatida voliy qildi va Xomniki, Abulhind debdurlar, Hindiston bilodiga uzatti. Va bu uch paygʻambarzoda avlod va atboi mazkur boʻlgon mamolikda yoyildilar va qalin boʻldilar» (4: 10).
Tillarning paydo boʻlishi haqida fikr yuritar ekan, u arab tilini mustasno qiladi. U arab tilini "kalomi ilohiydur", hamma tillardan goʻzalroq va boyroqdir, -deydi. Chunki xudoning kalomi boʻlgan "Qur’on" va paygʻambar hadisi, avliyolar soʻzi shu tilda yaratilgan. Shu asosda Navoiy arab tilini barcha tillardan yuqori qoʻyadi.
2. Til va tafakkur birligi haqida. A. Navoiy fikricha, til ijtimoiy hodisadir. Til insonni hayvondan ajratuvchi "gavhari sharif"dir:
Soʻzdurki, nishon berur oʻlikka jondin,
Soʻzdurki, berur xabar jonga jonondin,
Insonni soʻz ayladi judo hayvondin,
Bilki goʻhari sharifroq yoʻq andin.
Navoiy bu fikrlarini chuqurlashtira borib, soʻzning ta’sir kuchi, uning katta ruhiy ozuqa va tarbiyaviy ahamyatiga yuqori baho beradi. U oʻzining "Muhokamatul lugʻatayn" asarida shunday mulohaza bildiradi:
"Soʻz durrining ayirmasi bundan ham cheksiz va darajasi bundan ham nihoyatsizdir. Shundayki, yaxshi soʻzdan oʻlgan badanga toza ruh yetadi, unga jon baxsh etadi, yomon soʻzdan tirik tanga oʻldiruvchi zahar xosiyati paydo boʻladi, kishini halok etishga olib boradi"
Til tafakkurninng ifoda qurolidir. Kishining koʻngli (fikri) daryodir, soʻz esa -dur, soʻzlovchi gʻavvosdir. Dur xilma-xil boʻlgani singari, soʻz ham har xil boʻladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling