B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Zohid senga huru menga jonona kerak
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻz ichra Navoiyki jahongir durur, Munisga maoniy yoʻlida pir durur. Boburning tilshunoslik qarashlari
Zohid senga huru menga jonona kerak,
Jannat senga boʻlsinu, menga mayxona kerak. Mayxona aro soqiyu paymona kerak Paymona necha boʻlsa toʻla yona kerak. Bu ruboiyni oʻqiganda Navoiy ichkilik tarafdori ekan, degan xulosaga kelish nooʻrin. Navoiy "ma’no ahli ma’noga, suvrat ahli suvratga boqar", deydi. "Mayxona"deganda ichkilikxonani emas, haqiqat oshiqlarning vaslgohini nazarda tutgan. Ma’rifat hosil boʻladigan yerni tushunar va uni jannatdan afzal koʻradi. Bunda "jonona" soʻzi "hur"soʻziga qarama-qarshi qoʻyilgan. "Hur" "havro" soʻzining koʻpligi. Havro -sochi, qoshi, kiprigi qop-qora, koʻzi ham tim qora va katta boʻlgan oppoq qiz. Diniy e’tiqodga koʻra jannat qizlari "havro" koʻrinishida. Jonon, jonona jonga tegishli muayyan vujud yoki shaxs degani. Bu ma’no mazkur sifatni jonga oʻxshatib, uni borliqning joni deb tasavvur qilish yoki tushuntirish natijasida vujudga keladi. Paymona-qadah, may piyolasi. Alisher Navoiy, oʻzi aytgandek, uning soʻzlarining martabasi yuqorilikdan pastga tushmaydi. Undan soʻnggi davrlarda yashagan ijodkorlar ham ajoyib namuna sifatida foydalandilar, uni oʻz ustozlari deb bildilar. Jumladan, Munis shunday yozadi:. Soʻz ichra Navoiyki jahongir durur, Munisga maoniy yoʻlida pir durur. Boburning tilshunoslik qarashlari Zahiriddin Muhammad Boburni tabiatdagi, jamiyatdagi hamma narsa qiziqtirgan. U Hindistonda hukmron sifatida hayot kechirar ekan, u yerda nimani koʻrsa, nimani his etsa, Vatanidagi uning monandi bilan qiyoslaydi, solishtiradi. Uning "Boburnoma" asarini koʻzdan kechirsak, bunga ishonch hosil qilamiz. Z. M. Bobur oʻzining "Boburnoma"sida tilshunoslikka yangi nazariyani -uch oilaga kiruvchi bir necha tillarni qiyoslab oʻrganish nazariyasini yaratuvchi sifatida koʻzga tashlanadi (4: 26). Boburning umumtilshunoslikka qoʻshgan hissasi quyidagilardan iborat: 1. "Boburnoma"da uch oilaga kiruvchi bir necha tilni solishtirib oʻrganishning ajoyib namunasini koʻrsatib, dunyo tilshunosligida yanggi nazariyaning asoschisi sifatida maydonga keldi. Chunonchi Hind-Ovrupo tillari oilasiga mansub boʻlgan hind, fors va afgʻon, xom-som tillar oilasiga kiruvchi oʻzbek tili bilan qiyoslab oʻrgandi. Masalan, Bobur fors-tojik tiliga xos boʻlgan pos soʻzini izohlar ekan, sutkaning sakkizdan bir qismini, ya’ni uch soatni bildirishini, posbon soʻzi esa posdan xabar beruvchilar ekanligini izohlaydi. Darhaqiqat, -bon (-von) qoʻshimchasi asos soʻzidan anglashilgan predmet yoki ob’ektga ega shaxs nomini yasaydi. Bu qoʻshimcha asl turkiy soʻzlar tarkibida kamdan-kam uchraydi: "Hind eli kecha-kunduzni bir giri deb turlar, yana kechani toʻrt va kunduzni toʻrt qismat qilibturlar. Har qaysisi bir paxr deb turlarkim, forsida pos boʻlgay. Ul viloyatlarda pos va posbon eshitilur edi. Bu xususiyat bila ma’lum emas edi". 2. Soʻzlar etimologiyasi sohasida ham oʻziga xos yoʻl tutgan olim. Jumladan, Boburning Kashmir nomini izohlashi oʻta diqqatga loyiq: Bu togʻ elini kas derlar. Hindiston eli "shin"ni "sin" talaffuz qilur. Chun bu togʻda mu’tabar shahar Kashmirdur... bu jihattin boʻla olurkim, kashmir demish boʻlgʻaylar". Demak, kas aslida kash boʻlib chiqadi va Kashmir shu togʻdagi qabila nomi bilan bogʻliq. 3. Nutq tovushlari tahlili sohasida ham yangi fikrlarni aytgan. Bobur tillardagi tovush xususiyati, ularda boʻladigan eng kichik jarayongacha jiddiy e’tibor bergan. Shuning uchun norgil daraxti haqida gapirar ekan, arab tilida uning norjil tarzida talaffuz qilinishini yozadi. Haqiqatan, arab tilida g tovushi yoʻq. Shunga koʻra arab tilida bu tovush j ga oʻtadi. 4. Bobur uslubiyat va soʻz ma’nolari xususida ham alohida yoʻl tutgan. U asarlarini sodda tilda yozadi va boshqalarni ham shunday yozishga chaqirdi. Bu haqda Boburning oʻgʻli Xumoyunga yozgan xati xarakterlidir. Oʻgʻlining dabdabali uslubda yozilgan bir xatini tanqid qilib, u shunday yozadi: "Mundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham sanga tashvish ozroq boʻlur, ham oʻqugʻuchigʻa". Xullas, Bobur tilshunoslikda yangi nazariya yaratgan yetuk tilshunos olim boʻlgan. Bu uning tovushlar tahlili, grammatik vositalar, lahja va adabiy til munosabati, uslubiyat va soʻz ma’nolari haqidagi fikrlarida oʻz ifodasini topgan. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling