B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Strukturalizmning uch asosiy tarmogi mavjud


Download 0.92 Mb.
bet33/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

Strukturalizmning uch asosiy tarmogi mavjud:
1. Praga strukturalizmi (yoki funktsional lingvistika) maktabi.
2. Kopengagen strukturalizm (yoki glossematika) maktabi.
3. Amerika strukturalizm (yoki deskriptiv lingvistika) maktabi.
Praga maktabi vakillari qatoriga V. Matezius, B. Tranka, B. Gavranik, N. S. Trubetskiy, R. O. Yakobson, S. Karsevskiy kabilarni kiritish mumkin. Praga strukturalistlarining qarashlari 1929 - 1939 yillarda nashr etilgan "Praga lingvistik toʻgaragining asarlari"da e’lon qilib borilgan.
Praga lingvistik toʻgaragining 1929 yilda e’lon qilingan tezislarida funktsional lingvistika maktabining asosiy tamoyillari koʻrsatib berildi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
1. Lingvistik tahlilga funksional nuqtayi nazardan yondoshib, til biror maqsad uchun xizmat qiladigan ifoda vositalari sistemasidir.
2. Tilning mohiyatini bilishning eng yaxshi usuli hozirgi zamon faktlarini sinxron tahlil qilishdir. Lekin bunda tilni diaxronik tahlil qilishni ham inkor etmaydi. Tilning sistema va funksiya ekanligini hisobga olishda diaxroniyani ham unutmaslik kerak.
3. Tilning tovush tomoniga alohida ahamiyat beradi. Fonema deb tilning ayrim shaxsda tugʻiladigan akustik va artikulyatsion obrazni tushunadi. Fonologik hodisalar tahlil qilinganda harakat obrazini emas, akustik obrazni birinchi oʻringa qoʻyadi.
4. Soʻzning turli shakllari tarkibidagi oʻzaro almashadigan tovushlarning munosabati (fonologik korrelyatsiya) masalasiga e’tibor berdilar: tuzsiz-tussiz, okna-okon. Fonemalardagi urgʻuli va urgʻusizlik, jarangli-jarangsizlik, qisqalik va choʻziqlik fonemalar munosabatini koʻrsatadi.
5. Soʻz mustaqil ravishda mavjud boʻlib, u nominativ faoliyatning mahsulidir. Har bir til oʻzining nominativ sistemasiga ega boʻlib, u turli nominativ shakllarni qoʻllashda koʻrinadi. Masalan, soʻz yasash, qoʻshma soʻz yasash, frazeologizmlar va boshqalar.
6. Morfologiyaga doir fikrlarida morfema tilning morfologik tizimida asosiy birlik sifatida tan olingan.
7. Sintaktik ta’limotida butun bir sistemani shakllantira olmagan boʻlsalarda, gapning aktual boʻlinishi haqida dastlabki fikrlarini bayon etganlar.
Strukturalizmning ikkinchi yirik markazi Daniya poytaxtida yaratildi. Uni Kopengagen strukturalizmi yoki glossematika maktabi deb yuritiladi.
Glossematika umumtilshunoslik nazariyasi boʻlib, uni til algebrasi deb ataydilar, til qurilishini tasvirlovchi (tavsiflovchi) shakl usullarini axtaradi. Glossematika tilda mavjud boʻlgan ifoda va shakl xususiyatlarini oʻrganadi. Bunda fikrning predmeti boʻlgan hamma narsalar (substansiya) ni har bir til uchun xarakterli, oʻziga xos shakllar bilan ifodalashdir.
Nutqda turli variantlarda qayta tiklash uchun xizmat qiluvchi til mazmunining qisqa birligi glossema (aynan, leksema) boʻlib, u ifoda planining asosiy struktural birligidir.
Glossematika maktabi V. Brendal, X.Uldal, L.Elmslev nomi bilan bogʻliq.
Ularning qarashlari quyidagilarda oʻz aksini topdi:
1.Tilshunos tilning real elementlari orasidagi oʻzaro munosabatni emas, balki tildagi zamon va makon chegarasi boʻlmagan munosabatlar strukturasini tekshirishi lozim. Munosabat lingvistikasi birlamchi, real tillar, ularning tovush tizimi va ma’nosi ikkilamchidir.
2. Ular til birliklaridan xoli boʻlgan munosabatlardan iborat deb bilganlar. Munosabatda uch xil holatni farqlaganlar: bir-biriga bogʻliq boʻlish, bir tomonlama bogʻliq boʻlish va erkin birikuv munosabatlaridir.
Glossematiklarning dunyoqarashi va nazariyasi V. Brendalning "Struktural tilshunoslik" (1939), X. Uldalning "Glossematika asoslari" (1957), L. Elmslevning "Umumiy grammatika prinsiplari" (1928) "Kelishik kategoriyasi" (1935-1937), "Boshqaruv tushun-chasi", "Til va nutq", "Lingvistiqada struktural analiz metodi", "Lingvistik nazariyaning asoslari" (1943) nomli asarlarida oʻz ifodasini topgandir.
X. Uldal glossematikaning asosiy printsiplarini bayon etib, struktural "til algebrasi" deb ataydi. Glossematikaning asoschisi, Lui Yelmslev sanaladi, chunki bu sohada koʻplab asarlar yozgandir.
L. Yelmslev universal lingvistik nazariya yaratishga harakat qiladi. Uningcha, tilda materiallardagi kabi oʻzgarish boru taraqqiyot yoʻqdir. Tilshunos til elementlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni emas, balki til strukturalari oʻrtasidagi munosabatni oʻrganishi kerak. Tildagi ayrim elementlar funksiyalarning bir butogʻi boʻlsa, til funksiyalar zanjiridan iboratdir. Glossematiklar tilni oʻrganishdagi va F. de Sossyur tomonidan olga surilgan sinxronik va diaxronik metod oʻrniga panxronik ( uch zamonni oʻz ichiga oladi) va axronik (zamondan tashqari) metodni tavsiya etadi. Panxronik va axronik metod tarixiylikka qarshi ketma-ketlik metodidir. Bu metod orqali tilning haqiqiy mohiyatini emas, balki til muammolarini oʻrganishdan chetga chiqadilar. Ular tilni oʻrganishda falsafiy empirizmdan oʻtib, mantiqiy pozitivizmga tomon bordilar.
Deskriptiv lingvistika ham struktural metodga asoslanib ish koʻruvchi oqimlardan biridir. Deskriptiv lingvistika amaliy ehtiyoj nuqtayi nazaridan Amerika hindilarining tilini oʻrganish natijasida paydo boʻlgandir.
Deskriptiv lingvistika oqimining koʻzga koʻringan vakillari sifatida Frans Boas (1858-1942), Leonard Blumfild (1887-1949) kabilarni koʻrsatish mumkin. Deskriptiv lingvistlar tillarda boʻlgan boshqa til elementlarini oʻrganish bilan shugʻullanganlar. Ular Amerika hindilarining tili kabi tillar, boshqa til kategoriyalaridan foydalanib ish koʻrganlar. Shuning uchun ularga nisbatan tarixiylik prinsipini qoʻllash maqsadga muvofiq emas, chunki ular tarixga ob’ektiv metodni qoʻllash maqsadga muvofiq, deydilar. Deskriptiv lingvist L. Blumfild oʻz asarlarida nutqiy xulqni tyekshirib, tilshunoslikka myexanitsizmni olib kiradi. Mexanitsizm tilshunoslikdagi bixeviorizmning koʻrinishidir. Bixeviorizm psixikaning sifatiy xilma-xilligini tan olmaydi. Jonli organizmning myexanik harakati sifatida inson xulqini oʻrganadi va ongning ishtirokini talab etmaydi. Deskriptiv lingvistikaning hozirgi vakillari Blok Treyjer, Xokit, Xerris kabilar oʻz metodlarini shakllantirdilar. Bular ham til strukturasining formal elementlari oʻrganishga e’tibor berdilar. Nutqning distributiv xususiyatlarini aniqlashga e’tibor berib, ular har qanday yoʻl bilan tilshunoslikdan ma’no xususiyatini quvmoqchi boʻladilar.
Ularcha, tildagi ma’no har xil psixologik, falsafiy va tilga bogʻliq boʻlmagan elementlarning koʻpayishiga olib keladi. Bu esa, nutqiy signallarning struktural xususiyatlarni tasniflashni chalkashtirar emish. Har qanday tasnif grammatik shakllarga asoslanib qilinishi kerak. Bunda negiz va affikslarning fonetik strukturasidagi oʻxshashlik va farqlarga asoslanishi lozim.
Xullas, hozirgi paytda mavjud Praga strukturalizmi (yoki funktsional lingvistika), Kopengagen strukturalizmi (yoki glosse-matika) va Amerika strukturalizmi (yoki deskriptiv) garchi bir-birlaridan tilshunoslikning predmeti va tilni ilmiy oʻrganishda qoʻllaniladigan metodlar masalasida farqlansalar-da, ularni birlashtiradigan umumiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1.Til struktura boʻlib, oʻzaro bogʻliq boʻlgan va bir-birini taqozo qiladigan elementlarning murakkab sistemasidir.
2.Til sinxronik aspektda oʻrganilishi lozim.
3.Tilni oʻrganish munosabatlar sistemasi boʻlgan tilning shakliga asoslanishi kerak.
4.Tilshunoslik aniq fanlar qatoridan oʻrin olishi kerak.
Shunday qilib, strukturalizmning paydo boʻlishi bilan tilshunoslik fanining ideal ob’ekti - til forma va struktura deb ta’riflana boshladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling