OʻZBEK TILSHUNOSLIGI
XX asr insoniyat tarixida oʻzining inqilobiy taloto’oplari, texnikaviy taraqqiyoti, kimyoviy yangiliklar, jahon urushlari-yu maʼnaviy ruhiy tanazzullari balan ham alohida yoʻz yil kerakdir.
Maʼrifatparvarlik XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridagi jahon xalqlari hayotida yuz berayotgan tarixiy voqealar, yaʼni tashqi taʼsir bilan ham bogʻlangandir.
Ijtimoiy mafkurani rivojlantirish, mahalliy amaldorlar, johil ulamo-yu, ruhoniylarni tanqid qilish, yangi usuldagi maktablar ochib, ularda dunyoviy ilmlarini oʻqitishda maʼrifatparvarparlar jonkuyarlik qildilar. Jadidlar esa bu masalalarda ular boshlagan ishni davom etdilar va amalda maʼrifatchilikdan yuqori tarixiy-ijtimoiy davrni vujudga keltirdilar.
Jadidchilik ijtimoiy-maʼnaviy tariximizning eng muhim xodisalaridan boʻlib, XIX asrning 90-yillarida maydonga keldi va XX asrning 30-yillari oxirigacha davom etdi. Bu davrda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, axloqiy qiyinchiliq maʼnaviy-ruhiy kamchiliklar qanchalik koʻp boʻlmasin, baribir koʻpchilik ruhida ulugʻ xislat, fazilat, isteʼdod boʻlgani holda dunyoga oʻz buyuklarini hadya etishdan toʻxtamaydi. Shu maʼnoda XIX asr oxiri va XX asr boshida yashab ijod qilgan Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Choʻlpon, Gʻozi Olim Yunusov, Abdurauf Fitrat, Isʻhoqxon Ibratlarning iztirobi qanchalar zalvorli boʻlganini his etamiz. Ularning koʻpchiligi “Chigʻatoy gurungi” tashkiloti atrofiga birlashib, oʻzbek milliy tili va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshdilar. Keyinchalik bu tashkilot tarqatilgach, til va tilshunoslik masalalari bilan shugʻullangan olimlar Samarqand va Toshkent shaharlaridagi oʻquv yurtlarida faoliyat koʻrsata boshladilar. Tilshunoslikning fan sifatida oʻsib, taraqqiy etishiga turkolog olimlar bilan birga oʻzbek tilshunos olimlari ham samarali xizmat qilib, oʻzbek tilshunosligi muammolarini maʻrifiy va ilmiy nuqtayi nazardan hal etishda katta rol oʻynadilar. Natijada Oʻzbekistonda alohida tilshunoslik maktablari maydonga keldi. Bu maktablarning ilmiy mezonlari hozirgacha ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Ular Samarqand va Toshkent tilshunoslik maktablaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |