B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


-di qoʻshimchasi aslida tur-(turmoq)


Download 0.92 Mb.
bet38/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

-di qoʻshimchasi aslida tur-(turmoq) feʼlining tur-dur-dir-di tarzida oʻzgargan shaklidir.

  • Oʻzbek tilidagi hozirgi zamon (beramiz-ruscha dam yoki dayu) feʼl shaklini “hozirgi kelasi zamon” deb atalsa toʻgʻriroq boʻladi. Bu fikrlar keyingi davrlarda yangilik sifatida eʼlon qilingan ishlarda bayon etildi.

  • Berar edim shakli tuzilmada -ar -kelasi zamon, edim- oʻtgan zamon boʻlgani uchun uni “oʻtgan kelasi zamon” deb atash mumkin.

  • Buyruq mayli deb atalib kelgan beray, beraylik bersin feʼli shakllarini istak mayli deb atagan maʼquldir.

  • Qilish, oʻqish soʻzlaridagi -ish affiksi aslida ish soʻzining grammatikalashishi tufayli vujudga kelgan.

  • Toshkent dialektidagi borvotman aslida qadimgi turkiy tildagi bar(a) -idti, idya+yat(a) -lejatʼ+man -ya soʻzlari birikmasidan kelib chiqqan.

  • Toshkent dialektidagi o unlisi lablangan. Bu tezis 20-yillarda aytilgan boʻlsa ham 60-yillarda bu fikr yangilik sifatida eʼlon qilindi.

    Ye.D.Polivanov oʻzining “Oʻzbek tilining qisqacha grammatikasi”da Oʻzbek adabiy tilining tayanch lahjasi haqidaga fikrlarini bildirib, shunday xulosalarga keladi. Birinchidan, singarmonizm qonunini yoʻqotgan Toshkent dialekti singari turkiy sheva, lahjalardan birontasi lingvistik jihatdan oʻrganilmagan, tadqiq etilmagan. Ikkinchidan, 1923 yilda isloh qilingan Oʻzbek yozuvidagi unli va undosh tovushlar uchun olingan belgilar Toshkent dialektiga mos keladi. Uchinchidan, Toshkent tipidagi singarmonizmsiz shevalarda koʻpchilik affikslar faqat bir xil (masalan, -lar, -moq) tarzida boʻlib, ularning singarmonizmli shevalardagidek ikki va undan ortiq, yumshoq, variantlari yoʻq. Shunga koʻra Toshkent singari singarmonizmsiz (Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon, Jizzax kabi) shahar shevalarini oʻrganish ham, maktablarda oʻqitish ham oson.
    Xullas, “Oʻzbek tilining qisqacha grammatikasi” nomli uch qismdan iborat asarlar nashr etilganga qadar (1926 yilgacha) Oʻzbek tilining fonetikasi, morfologiyasi, soʻz yasalishi haqida Sobiq ittifoq, Gʻarbiy Yevropada Ye.D.Polivanovning asarlariga tenglashadigan asarlar yoʻq.
    Ye.D.Polivanov Samarqand shahar shevasini ham Toshkent tip lahjalarga kiritib, uni oʻrganishga bagʻishlab, “Samarqand shahar shevasining vokalizmi”, “Samarqand shevasi”, “Samarqand Oʻzbeklari tilining namunasi” nomli asarlar yozgan.
    Ye.D.Polivanovning “Qozoq-nayman shevasi” (1933) ishi qipchoq shevasining xarakterli xususiyatlarini bayon etishga bagʻishlangan boʻlsa, “Qoraqalpoq tilining ayrim fonetik xususiyatlari” (1933) asari qoraqalpoq tilini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlsa, Oʻzbek tili qurilishiga bagʻishlab “Oʻzbek dialektologiyasi va Oʻzbek adabiy tili” (1933), Oʻzbek va rus tillarini qiyosiy oʻrganishga bagʻishlab “Oʻzbek tili bilan qiyoslangan rus grammatikasi” (1933), Oʻzbek xalq shevalari tasnifiga bagʻishlab, “Oʻzbek tili grammatikasidan materiallar” (1935) nomli asarlar yozdi.
    Xullas, Ye.D.Polivanovning Oʻzbek tili va shevalariga oid barcha ishlarida, hatto tuzgan lugʻatlarida ham Oʻzbek tilshunosligi sohasida birinchi marta aytilgan fikrlar, birinchi marta nomlanib izohlangan faktlar anchaginadir.
    “Qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻati”da koʻplab etimologik tahlillarni bergan. Jumladan, Buxoro shahrining nomi sanskrit tidida “monastir” maʼnosini anglatadigan ihara (vixara) soʻzidan; ruscha “ayda” soʻzi turkiy tillardagi hayda (haydamoq) feʼlidandir; “alvasti” soʻzi ikki qismdan uning birinchi qismi el-al-ol (qoʻl) ikkinchi qismi bos-(bosmoq) feʼlidan; choq (chogʻ, shuningdek - (a)jak affiksi) qadimgi turkiy – moʻgʻul tiliga oid boʻlib, vaqt maʼnosidadir; ellik soʻzidagi el (qadimgi turkiy el, xorazm, oʻgʻuz shevalarida al), ehtimol, qoʻl soʻzidan kelib chiqqandir, kabi izohlar uchraydi.
    Xullas, Ye.D.Polivanov umumtilshunoslikning nazariy masalalari bilan shugʻullanishdan tashqari Oʻzbek-arabcha yozuvini isloh qilishda, Oʻzbek yozuvining lotin grafikasiga oʻtishi uchun toʻla ilmiy zamin hozirlashda faol qatnashdi. Oʻzbek tili fonetikasi, morfologiyasi, soʻz yasalishi boʻyicha birinchi boʻlib ilmiy asarlar yozdi; koʻpchilik Oʻzbek sheva, dialektlarini oʻzi toʻz gan rus grafikasi asosidagi transkriptsiya boʻyicha sinchkovlik bilan oʻrganib, tasnif qilib, Oʻzbek adabiy tiliga tayanch boʻlgan dialektlarni aniqlab, Oʻzbek dialektologiyasi faniga asos soldi. Oʻzbek va rus tillarini chogʻishtirib oʻrganishga, Oʻzbek maktablarida rus tili oʻqitish metodikasiga tamal toshini qoʻydi; qaraqalpoq tili va shevalarini ilmiy asosda oʻrganish ishini boshlab berdi. Bu ishlari bilan Oʻzbek tilshunosligining Toshkent maktabiga tamal toshini qoʻydi.

    Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling