B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet40/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

FAXRI KAMOLOV (1907-1966)
Oʻzbek tilshunosligining fan sifatida, zamonaviy lingvistik soha boʻlib shakllanishida munosib hissasi qoʻshgan Toshkent tilshunoslik maktabining yetakchi olimlaridan biri Faxri Kamolovdir.
Faxri Kamolning tilshunoslikka boʻlgan qiziqishi 20-yillar oxiri va 30-yillar boshida koʻrina boshlagan edi. 1928-34 yillar mobaynida til - masalalariga bagʻishlangan bir necha maqolalar, taqrizlar eʻlon qildi; “Lotinlashgan yangi Oʻzbek alfavit” (1929), “Orfografik mashqlar toʻplami” (1934) kabilar.
Faxri Kamolov 30-yillarda Ayub Gʻulomov, Xusan Gʻoziyev bilan hamkorlikda “Maktablarda imlo oʻqitash metodikasidan qoʻllanma”, “Grammatika va orfografiya”, “Sistemali diktantlar toʻplami”, “Oʻzbek tili darsliga” kabi qator darslik va qoʻllanmalar yaratdi.
Faxri Kamolovning 40-yillardagi hayoti armiya safida xizmat qilish bilan oʻtdi. Urush tugagandan keyingi davrda yozgan dastlabki ishlaridan biri “Til madaniyatining rivoji uchun” maqolasidir.
Faxri Kamolov 50-yillarda maxsuldor mehnat qildi. Bu yillar davomida “Yangi Oʻzbek alfaviti haqida baʼzi mulohazalar”, “Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi”, “Oʻzbek tili tarixini davrlashtirish masalalariga doir”, “Oʻzbek orfografiyasining baʼzi masalalari haqida”, “Oʻzbek milliy adabiy tilining taraqqiyot yoʻllari”, “Oʻzbek tili leksikasi”, “Hozirgi zamon Oʻzbek tili”, “Oʻzbek orfografiyasi toʻgʻrisida” singari Oʻzbek alfaviti, imlosi hamda adabiy tilga doir 30 dan ortiq ishlar eʼlon qildi.
Oʻzbek tilshunoslari Oʻzbek tilining grammatik qurilishi, leksik-semantik tizimi, fonetik va talaffuz normalari, Oʻzbek milliy tilining shakllanish tarixi singari dolzarb muammolarni oʻsha davr tilshunosligi saviyasida keng tahlil etishga kirishdilar. Faxri Kamolning “Hozirgi zamon Oʻzbek tili” (1953), “Oʻzbek tili leksikasi” (1953), “Qoʻshma gaplarga doir masalalar” (1955) nomli asarlari mana shu davrda yozilgan. Natijada “Hozirgi zamon Oʻzbek tili” (1957) asari nashr etildi. Faxri Kamol bu tadqiqotning yuzaga kelishida oʻzini koʻp qirrali isteʼdod egasi, ilmiy-tadqiqot ishlarini uyushtirish va roʻyobga chiqarishning mohir tashkilotchisi sifatida koʻrsatdi. Bu asarning yuzaga kelishi oʻzbek tilshunosligining ulkan yutuqlaridan biri boʻldi. Asarning “Kirish”, “Leksikalogiya”, “Orfoepiya”, “Grafika va orfografiya”, “Leksikografiya” boʻlimlarini Faxri Kamol yozgan.
Faxri Kamol oʻzbek tiliga doir ilmiy-nazariy tadqiqotlarini amaliyot maqsadlarini hisobga olgan holda yoritishga harakat qildi. Shu nuqtayi nazardan yoritilgan “Fonetika”, “Orfoepiya”, “Leksikologiya va semasiologiya” masalalarini bayon etgan fikrlari 1966 yilda nashr etilgan “Hozirgi Oʻzbek adabiy tili” kitobining I jildiga kiritilgan.
Tilshunos Faxri Kamol Oʻzbek alfavit va imlosining, Oʻzbek nutqi madaniyatining shakllanishi va takomili uchun juda koʻp mehnat sarf qildi. U Oʻzbek yozuvi, alfaviti va imlosi normalari, qoidalarining adabiy til talablariga javob berarli darajada madaniy va zamonaviy boʻlishi uchun doimo jon kuydirdi. Bu sohadagi fikrlarini umumlashtirib shunday yozgan edi: “Bizning mulohazalarimiz, birinchidan, imlomiz asosiga zarar yetkazmaslik va unga jiddiy oʻzgartish kiritmaslik; ikkinchidan, ikki yoki uch xil yozilib kelgan orfogrammalarning mumkin qadar birligini taʼminlash, imlo qoidalarini chigallashtirmaslik va murakkablashtirib yubormaslik; uchinchidan, Oʻzbek adabiy tili imlosini qardosh xalqlar imlosiga yaqinlashtirish va mumkin boʻlgan oʻrinlarda (masalan, internatsional soʻzlar imlosi, ilmiy-fanniy terminlar, formulalar, shartli qisqartmalar va boshqalar) birlashtirish; toʻrtinchidan, real til faktlari va tilning taraqqiyot tendentsiyasiga mos ravishda yuz bergan oʻzgarish yoki hodisalarni hisobga olib, qoidaning ayrim moddalarini toʻldirish va uning tahririni yanada silliqlashtirish talablariga asoslanadi”.
Faxri Kamolov oʻz hayoti davomida oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bagʻishlab 150 dan ortiq darslik qoʻllanma, dastur, risola, maqolalar yaratgan zabardast olim edi. U malakali ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga ham katta hissa qoʻshdi, 20 dan ortiq ilmiy xodimning fan nomzodlari, fan doktorlari boʻlib yetishuvida sidqidildan koʻmaklashdi.
Xullas, Faxri Kamol oʻz taʻkidlagani bilan oʻzbek adabiy tilining leksik, fonetik va orfoepik normalarini belgilash, keng maʼnoda oʻzbek nutqi madaniyatining nazariy hamda amaliy muammolarini oʻrganish ishiga munosib hissa qoʻshdi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling