B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


VIKTOR VASILEVICH RESHETOV (1910-1979)


Download 0.92 Mb.
bet42/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

VIKTOR VASILEVICH RESHETOV (1910-1979)
Oʻzbek tilshunosligi, Toshkent tilshunosligi mastabining asoschilaridan biri, Pedagogika Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor V.V.Reshetovdir.
V.V.Reshetovning Oʻzbek tili leksikasiga bagʻishlangan birinchi ilmiy ishi 1934-yilda nashr etildi. Unda olim oʻsha davrdagi oʻzbek vaqtli matbuot tilining leksik tarkibini aniqlab berdi. Xuddi shu davrda V.V.Reshetovning oʻzbek va rus tillariga old darsliklari, qoʻllanmalari “Qisqacha oʻzbekcha-ruscha lugʻati” (1936), pedagogika institutlarining sirtqi boʻlimlari talabalari uchun oʻzbek tilidan dasturi (1940) chop qilindi.
V.V.Reshetov uchun 1940-1963-yillar oʻzbek tilshunosligi boʻyicha yirik tadqiqotlar yaratish davri boʻldi. Shu yillarda u yetuk turkolog olim, koʻplab pedagogik kadrlar tayyorlagan ilmiy rahbar sifatida tanildi. Darhaqiqat, Oʻzbekistan FAning akademiklari Sh.Shoabdurahmonov, A.Rustamov, FA muhbir aʼzosi AHojiev, fan doktorlari, professorlar M.Mirzaev, A.Shermatov, I.Asfandiyorov, fan nomzodlaridan A.Ishaev, X.Yoqubova, M.Xabibov, A.Jaksiboev, Sh.Seidov, X.Gʻulomov, A.Mamatov, Sh.Nosirov, X.Oʻzoqov kabi 60 ga yaqin kishiga V.V.Reshetov ustozlik qilgan. V.V.Reshetovning rus tilida chop etilgan “Hozirgi zamon oʻzbek tili” (1946), “Oʻzbek tilida hozirgi zamon feʼli” (1948), “Oʻzbek tilidagi bir kelishik haqida” (1951), “Oʻzbek tili fonetikasi” (1953), ʼʼSoʻzning fonetik strukturasa” (3959), “Oʻzbek milliy tili” (1960), “Oʻzbek tili fonetikasi va grammatikasi asoslari”, “Oʻzbek grammatik terminologayasi” (1961) kabi asarlari hanuzgacha oʻz qiymatini yoʻqotmagan. U 1940 yilda “Oʻzbek tilining Margʻilon shevasi” mavzusida nomzodlik, 1952 yilda esa “Toshkent viloyatining qurama shevalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
V.V.Reshetov birinchi boʻlib, oʻzbek shevalarini tasnif va tadqiq qilish uchun rus grafikasi asosidagi transkripsiyani yaratib berdi; u hozirgi oʻzbek adabiy tiliga asos boʻlgan tayanch lahjalarni aniqladi; Oʻzbek shevalarini lingvistik geografiya metodi bilan oʻrganish ishini boshlab berdi va 49 ta dialektologik kartalar tuzdi; Oʻzbek dialektlarini monografik oʻrganish metodlarini bayon qildi; Oʻzbek shevalarining tasnifini ishlab chiqdi; Oʻzbek tilida birinchi marta Sh.Shoabdurahmonov bilan hamkorlikda “Oʻzbek dialektologiyasi” darsligini yaratdi.
V.V.Reshetovning hozirgi Oʻzbek adabiy tili va Oʻzbek xalq shevalari fonetikasini batafsil tadqiq etishga bagʻishlangan “Oʻzbek tili” (1959) asari xorijiy mamlakatlarda ham oʻzbek tili fonetikasi boʻyicha yozilgan yirik ilmiy ish sifatida eʼtirof etildi.
V.V.Reshetovning 1963-1979 yillardagi serqirra ilmiy-pedagogik faoliyati, zoʻr tashkilotchilik isteʼdodi, ijtimoiy hayotdagi faolligi, Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituta rektorligida namoyon boʻldi.
Yirik tilshunos olim, mohir pedagog, oʻzbek tilshunosligining bilimdoni V.V.Reshetov tilshunosligimiz ufqida oʻchmas iz qoldirgan allomadir.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling