B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet50/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

TIL TIZIMI VA TUZILISHI
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida gumanitar va tabiiy fanlar vakillarining struktura (tuzilish) va sistema (tizim) toʻgʻrisidagi qarashlari turli–tuman edi. Struktura gʻoyasi falsafa (K. Marks), kimyo (A. Butlerov, D.I.Mendelev), fizika (N. Bor, E. Rezerford), tilshunoslikda (I.L. Boden de Kurtene, F. F. Fortunatov, F. de Sossyur kabilar) tadqiqotlarida mavjud edi.
Struktura fanda ancha murakkab hodisa sanaladi. Chunki fanning keng doirasida sistema gʻoyasini oʻzlashtirish, turli xil tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarni oʻrganishga sistema – struktura (tizim – tuzilish) natijalariga qarab yondoshish 30 – yillarda umumiy tizim nazariyasining vujudga kelishiga sabab boʻldi.
Dastlab tizim va tuzilish atamalari sinonim sifatida ishlatilgan edi. Lekin keyinchalik tizim nazariyasining rivojlanishi va aniq kuzatishlar bu tushunchalarni qat’iy farqlash kerak, degan xulosaga keldilar. Chunki tizim atamasi ob’ektni butun holda ifodalaydi. Tuzilish atamasi esa, aloqa va munosabatning qanday tuzilganligini izohlaydi. Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qoʻllaniluvchi holatidan doimo ortiq va keng boʻladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning umumiy lisoniy vositalar tizimini tashkil etadi.
Til tizimi bu tilga oid nutq koʻrinishi reallashgan, amalda qoʻllanishda boʻlgan vositalardangina emas, balki bu til tizimida yuzaga kelishi, ishga solinishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha, zahiraviy imkoniyatlar yigʻindisidan ham iboratdir. Shuning uchun til tizimi bu tildagi zahiraviy imkoniyatlar sistemasi hamdir. Shu tufayli til tizimi quyidagilardan iborat boʻladi: 1) har bir tilda qoʻllangan imkoniyatlar; 2) tilda amalda mavjud, qoʻllanayotgan imkoniyatlar; 3) tilda kelajakda qoʻllanishi mumkin boʻlgan imkoniyatlar majmui.
Til tizimini konkret tildagi imkoniyatlar yigʻindisi deb tushunish koʻpchilik olimlar tomonidan tan olingan.
Til tizimi oʻz xarakteriga koʻra umumiy va mavhum hodisadir. Til tizimining bu xususiyati nutqqa, nisbatan olinganda ravshan koʻrinadi, tizim tarixan shakllangan, qaror topgan umumiy – mavhum, doimiy nutq sanaladi. Tizimning nutqiy holatga va aksincha, nutqiy jarayonning til tizimiga munosabati tilning aloqa vositasi sifatida oʻziga xosligini tashkil qiladi.
Til tizimi oʻz ichki qonuniyatlariga ega. Tizim–bu odatda bir tildagi va oʻzaro shartlangan elementlar birligidan iborat (1: 25). Bunday unsurlar, odatda, bir sathdagi hodisaga mansub boʻladi. Tilning bir syektori yoki qavatidagi imkoniyat va vositalarning oʻzaro bogʻliqligi aslida tilning oʻzi tizimiy hodisa ekani bilan izohlanadi. Tildagi tizimiylik undagi bir xil unsurlarning oʻzaro bogʻliqligi va ular yigʻindisining tildagi barcha qoʻllanishlar, yasalishlar imkoniyatini tashkil etishida yorqin koʻrinadi. Demak, til tizimi – bu til birliklari va qismlarining ichki bogʻliqligidir. Tilning har bir sathiy birliklari tizimiga butunning bir boʻlagi sifatida kiradi va aslida u til tizimidagi boshqa birliklar, qismlar bilan bevosita yoki til kategoriyalari orqali bilvosita bogʻlangan, aloqada boʻladi. Shunga koʻra, til tizimi murakkab va koʻp qirrali hodisadir. Mana shu xususiyat tilning tuzilishiga ham, vazifasiga ham aloqadordir (2: 133).
Til tizimiga koʻra murakkab hodisadir. Tilning bir – biri bilan uzviy bogʻlangan tovush tizimi, soʻz yasalishi, lugʻat tarkibi, grammatik qurilishi mavjud boʻlib, ular birgalikda bir butunlikni tashkil etadi.
Tilning tovushlari soʻzlar va grammatik shakllarni hosil qilishda muhim moddiy baza boʻlib xizmat qiladi. bunday tovushlarsiz tilning oʻzi ham boʻlmas edi: inson tili tovush tilidir. Har bir tilning oʻz tovushlar tizimi mavjud. Lugʻat tarkibi tilning soʻz xazinasidir. Lugʻat boyligidagi soʻz va iboralar til uchun qurilish materiali boʻlib xizmat qiladi. Fikrni ifoda etish uchun shakllangan gaplar ana shu soʻzlardan, soʻzlarning oʻzaro birikuvidan tashkil topadi.
Soʻz yasash leksik ma’noning oʻzgarishini nazarda tutadi. Bunda avvalgi soʻzning shakli oʻzgaradi. Masalan, yyetakchi, yyetakla kabilarda soʻzning shakli oʻzgarib, yangi shakl va ma’no yuzaga kelgan.
Grammatik qurilish soʻzning morfologik, sintaktik xossalari (soʻzning tuzilishi, bogʻlanish usullari, soʻz birikmasi va gap) bilan belgilanadi.
Tilning birliklari, ya’ni tovushlar tizimi, morfemika, lugʻat tarkibi, grammatik qurilishi oʻzaro shu qadar mahkam bogʻlanganki, biri ikkinchisining boʻlishini talab qiladi: soʻzlar tovushlarning boʻlishini talab qilsa, grammatik qurilish lugʻat tarkibini talab etadi.
Har bir konkret til oʻzining ana shu tarkibiy qismlari, ya’ni birliklari bilan bir butun tizimni tashkil etadi. Tizim bir – biriga boʻysindirilgan va umumiy qonuniyatlari, tildagi shakl va ma’noning bogʻlanishini taqozo etuvchi birliklarning yigʻindisidir. Masalan, sintagmalar tizimi, (soʻz birikmasi va gap sintagmasining kichik tizimi), morfemalar tizimi (oʻzak va affiks tizimi), fonetik tizim (unli va undoshlar kichik tizim) kabi.
Til tizimi uning birliklari orasidagi mustahkam aloqaga asoslanadi. Til birliklari orasidagi aloqaga qarab til tizimi uch guruhga boʻlinadi:
1) paradigmatik aloqa; 2) sintagmatik aloqa; 3) iyerarxik aloqa.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling