B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet47/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

ERNEST BEGMATOV
Ernest Begmatov taniqli sermahsul tilshunos olim, oʻzbek onomastikasining – antroponimikasining asoschisi, filologiya fanlari doktori (1988), professor (1990).
Ernest Begmatov 1936-yilda Namangan viloyatida tugʻildi, yoshlik yillari janubiy Qozogʻistonda oʻtdi. 1955-yilda maktabni, 1959-yilda Navoiy nomidagi SamDUning filologiya fakultetini bitirdi. 1961-yildan Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ishlab kelmoqda.
Olim 1965-yilda Faxri Kamol rahbarligidagi “Oʻzbek tili antroponimikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1988 yilda “Hozirgi zamon oʻzbek adabiy tili leksikasining oʻz qatlami” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Prfessor Ernest Begmatov oʻzbek tilshunosligining leksikologiya, semasiologiya, onomastika, nutq madaniyati, uslubshunoslik va leksikografiya sohalari boʻyicha qator salmoqli ishlar yaratdi. Bular: 1. “Nomlar va odamlar” (1966). 2. “Ismingizning ma’nosi nima” (hamkor, 1968). 3. “Kishi nomlari imlosi” (1970). 4. “Oʻzbek ismlari imlosi” (1972). 5. “Oʻzbek tilining imlo lugʻati” (hamkor, 1976). 6. “Oʻzbek tili leksikologiyasi” (hamkor, 1981). 7. “Adabiy norma va nutq madaniyati” (1983). 8. “Hozirgi oʻzbek adabiy tilining leksik qatlamlari” (1985). 9. “Oʻzbek nutq madaniyati ocherklari” (hamkor, 1988). 10. “Oʻzbek ismlari” (1991). 11. “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” (hamkor, 1992). 12. “Ism chiroyi” (1994). 13. “Oʻzbek ismlari. 14.600 ismlar izohi” (1998) va boshqalar.
Tilshunos olim butun hayoti davomida – lisoniy ijodida nomshunoslik bilan – ismlar muammosi bilan jiddiy shugʻullandi. U ming – minglab ismlarni toʻpladi, tartibga soldi, ismlarning etimologiyasini – ma’nosini aniqladi, izohini berdi, ularning qanday yozilishi lozimligi haqida fikrlarini bayon etdi. Ana shunday ogʻir, sermashaqqat, mehnat natijasida oʻzbek ismlariga bagʻishlangan oʻnlab yirik tadqiqotlar, yoʻz lab maqolalar, maydonga keldi. Shunga koʻra olim turkiy tilshunoslikda onomastika yoʻnalishida eng faxrli oʻrinlardan birini haqli ravishda egallaydi.
Ernest Begmatovning oʻzbek nutq madaniyati va oʻzbek leksikologiyasi sohasidagi faoliyati – ushbu yoʻnalishlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi ham salmoqlidir.
Olim oʻzbek tilshunoslari orasida insonga nom qoʻyish, ism bernish ma’naviyatining targʻibotchisi, tashviqotchisi, jonkuyari sifatida ajralib turadi. U ism chiroyi haqida fikr yuritar ekan, farzandlarga ismlar toʻgʻri tanlanishi, toʻgʻri yozilishi lozimligini uqtirib, shunday deydi “Ism chiroyi faqatgina nomning mazmunidagi emas, balki uning toʻgʻri shaklida hamdir. Mazmunan teran va goʻzal, shaklan esa toʻgʻri va koʻrkam ism chiroyli ismdir. Toʻgʻri yozilgan, talaffoʻz i oson, qulay ism – chiroyli ismdir. Oʻzbekiston diyorining, oʻzbek xalqining buyoʻq orzularini, ota – onalarning oʻz farzandiga boʻlgan ezgu niyatlarni, armon va tilaklarini ifoda qiluvchisi ismlar chiroyli ismdir”. Bu – haq gap. Umuman, farzandlarga ism berish – joy nomlariga alohida e’tibor, ma’suliyat bilan qarash muhim ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy, madaniy muammodir, oʻziga xos qadriyatdir.
Gap inson ismlari haqida ketar ekan, ismshunos olimning 40 bosma taboqqa yaqin – 600 betdan ortiq katta hajmdagi salmoqli asarini aytib oʻtish shart. “Oʻzbek ismlari” nomi bilan chop etilgan ayni muhim qoʻllanma – lugʻat oʻz ichiga 14.600ga yaqin ismni olib, ularning etnografik ma’nolarini izohlaydi. Asarning asosiy maqsadi oʻzbek ismlarning butun boyligini bir joyga toʻplab, ma’nosini izohlab berish orqali kelajak avlodga bu borada katta bir ma’naviy meros qoldirishdir.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling