B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet53/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

TILNING BELGILAR TIZIMI
Til eng muhim aloqa vositasi va tafakkur quroli, u qanday paydo boʻldi, soʻz, buyum va narsa munosabati qanday, soʻzning mazmuni, belgisi nima, tildagi boshqa kommunikativ vositalar nimalardan iborat, hayvon tiliga ega boʻlishi mumkinmi, degan savollar koʻplab tadqiqotchilarni qiziqtirib keladi. Bu xil koʻplab savollarga javob qaytarish uchun tilning tabiiy oʻziga xos tovush belgisini bilish lozim boʻladi.
Tilning belgilar tizimi haqidagi fikrlar antik davrlardagi stoiklarning falsafasiga, Demokritning soʻz va predmet munosabati haqidagi munozaralariga borib taqaladi. D.Lokk, G. Gyegel, V. Gumboldt, F. F. Fortunatov, F. de Sossyur belgilar tizimi kelajagini izohlab berdilar.
F. de Sossyur oʻzining «Umumiy lingvistika kursi» asarida belgilar haqida fikr yuritadigan sohani semiologiya deb atadi va tilning belgilar xususiyatini shunday ta’riflaydi: «Til-belgilar sistemasidir. Bunda birdan - bir muhim narsa mazmun bilan akustik obrazning birikishi hisoblanadi. Shu bilan birga, belgining bu ikki elementi teng mohiyatli psixik hodisalardir». (1: 188) U belgi atamasini butunni koʻrsatish uchun saqlashni, «tushuncha» va «akustik obraz» atamalarini ularga mos keluvchi «ifodalanuvchi» va «ifodalovchi» atamalari bilan almashtirishni tavsiya etadi. V.A.Bogorodiiskiy «nutqimizdagi soʻzlar, tushunchalarni va fikrlarni ifodalovchi simvollar yoki belgilar» mavjud deb koʻrsatadi (2: 4).
Shunday boʻlishiga qaramay belgi tuzilishi toʻgʻrisida bir biriga qarama - qarshi ikki xil fikr bor. Birinchi fikr tarafdorlarining vakili L. A. Abramyan belgini ham ifoda planiga, ham material, ham mazmun planiga ega deydi. Ularcha, belgi oʻzi uchun muhim emas, faqat oʻzidan keyingilar uchun muhimdir (3: 34). Bu nuqtayi nazarga qarshi turgan V.Z.Panfilov, A. A. Vetrov, V. M. Solnsevlar belgi bir tomonlama hodisa, u faqat ifoda planiga ega, belgi hamma vaqt mazmun bilan aloqada deb hisoblaydilar. Buning sababi: 1) tovush qatori faqat predmetni koʻrsatmaydi, balki ma’noning oʻzini koʻrsatadi; 2) belgi shartli, ixtiyoriy, mazmuni esa shartli emas, u haqiqatni aks ettirishda aniqlanadi; 3) ma’no bilim fakti, miyada saqlanadi, belgi hamma vaqt undan tashqaridadir (4: 2).
M. N. Styeblin - Kamenskiy esa ma’noning mavjudligi til uchungina emas, balki har qanday belgilar tizimi uchun ham, har qanday metatil (metayazik) uchun ham xarakterli ekanligini koʻrsatadi (5: 60). Uning bu fikriga amal qilinsa, shakl birinchi, mazmunni esa ikkinchi planga qoʻyishga olib keladi.
Tildagi belgilar tizimi nutqimizda toʻrt xil aspektdagi munosabatni ifodalashda qatnashadi.
1. Sigmatik aspekt.
2. Sintaktik aspekt.
3. Semantik aspekt.
4. Pragmatik aspekt.
Sigmatik aspektda belgi predmet bilan aloqada boʻladi. Sintaktik aspektda belgining boshqa belgi bilan aloqasidan qat’iy nazar predmetning ma’no va funksiyasi bilan aloqada boʻladi. Semantik aspektda belgi interpretatsiyasi (oʻtkazuvchi) va uning fikr ifodalash vositalari birga qoʻshib olib boriladi. Pragmatik aspektda inson va ishoraning oʻzaro munosabatidan ular foydalanadi (6: 57).
Belgi tizimi haqida fikr yuritganda uning lisoniy va nolisoniy belgilarini farqlash lozim.
Lisoniy belgida tilning predmetga boʻlgan munosabati haqida fikr yuritiladi. Lisoniy belgisi kommunikativ va informativ belgilar tildagi soʻzlar va gap tipidagi birliklar sanaladi.
Lingvist tilni shakl va mazmun birligida amal qiluvchi oʻziga xos belgilar tizimi sifatida tekshiradi. Tilning asosiy belgisi soʻzdir. Ayni vaqtda soʻz ikkinchi signal sistemasining birligidir. Ayrim tilshunoslar soʻzni tildagi axborot belgi deb qaraydilar (7:15). Boshqalar bunga e’tiroz bildirib, absolyut atamalardagina bu holatni kuzatish mumkin deb hisoblaydilar(8:44).
Nolisoniy belgida esa, yordamchi vositalar haqida fikr yuritiladi. Yordamchi vositalarga signal va simvollar kiritiladi.
Axborot beruvchi ovozli, koʻrinishli yoki boshqa shartli belgi signal hisoblanadi: yoʻl belgilari (svetafor, semafor); qoʻngʻiroq, gudok kabilar. Signal belgilar tilda ham mavjud. Fonemalar tilning namunali tovushlaridir. Fonemalar tilning axborot belgisi emas, ular belgining belgisi, ya’ni til belgisi haqida signal Beruvchidir. Boshqacha aytganda, u umumiy belgi emas, balki xususiy belgilardir.
Mazmuni koʻrgazmali, obrazli ravishda asoslangan belgi simvol sanaladi. Simvol vaziyat bilan shartlanishdan ma’lum darajada ozod. Simvollar oʻz xarakteriga koʻra, murakkab (gyerb, bayroq) va oddiy (nishonlar, orden, medallar) simvol belgilarga boʻlinadi.
Signal va simvollarning asosiy qismi tilda taqlidiy soʻzlar xarakteriga egadir. Lekin tilda taqlidiy soʻzlar sanoqli darajadadir.
Til belgisi haqiqiy boʻlib, u birlamchidir. Nolisoniy belgi yordamchi va sun’iy til belgisi esa ikkilamchi hisoblanadi. Ikkilamchi belgi substitut nomli atama bilan yuritiladi. Substitutlar birlamchi belgilarni koʻrsatishga xizmat qiladi. Masalan, fonema belgi boʻlsa, harf uning substitutidir. Gap kommunnikativ belgi boʻlsa, uning matematik modeli substitut sanaladi.
Substitut belgilar axborot tizimida keng tarqalgan. Uning koʻp qoʻllaniladigani matematik belgilardir. Substitutlar myetatil (myetoyazoik) ni ifodolovchi vositadir.
Belgilar tizimini oʻrganish, uni sistemalashtirish bilan bogʻliq muammolarning paydo boʻlishi semiotika degan maxsus fanni yuzaga keltirdi. Turli-tuman belgilar (ramzlar) tizimining umumiy xususiyatlarini oʻrganuvchi fan semiotika deb ataladi. Bu yangi fanning paydo boʻlishi Ch. Marris asarlarining yuzaga kelishi bilan bogʻliq (9). Muallif oʻz asarlarida oʻzigacha oʻtgan Pris, Gusserli kabi filosoflar va F.F.Fortunatov, F. de Sossyur kabi lingvistlar tomonidan qilingan barcha ishlarni umumlashtiradi. Bunda F. de Sossyurning quyidagi fikriga e’tibor qaratadi. «Belgilar haqidagi fan semiotika psixologiyaning qismi ekanligi, lingvistik muammo esa birinchi navbatda semiologik muammo bilan aloqadordir».
Semiotika turli kommunikatsiyaning amaliy talablaridan kelib chiqib, uning turlarini oʻrganadi. Semiotika bunda struktura belgisining izomorf hamda izomorfizm, ya’ni tilning turli yaruslari oʻrtasidagi sifat farqlarini inkor etib, ularni ilmiy tadqiq etishda bir xil metod va usullardan foydalanish gʻoyalariga amal qiladi.
In’ikos natijalari bilan in’ikos ettiradigan buyum oʻrtasidagi nisbat izomorfizm shaklida ifodalanadi.
Izomorfizm talablariga amal qiluvchi semiotika tabiat va jamiyatdagi belgilar tizimi haqidagi fanning beshta yoʻnalishi bor:
Mavjud tabiiy va biologik belgilarni oʻrganuvchi biosemiotik yoʻnalish.
Insonning madaniyat darajasi, urf-odati, holotin i tasvirlovchi etnosemiotik yoʻnalish.
Tabiiy tillarni, ularning stilistik va bir-biridan ajralmaydigan belgilar tizimini oʻrganadigan lingvosemiotik yoʻnalish.
Belgilangan material bilan bogʻliq boʻlmagan holda oʻziga xos umumiy xususiyatlarni belgilovchi abstrakt semiotik yoʻnalish.
Mazkur yoʻnalishlarning hammasi uchun umumiy boʻlgan masalalarni hal qiluvchi umumiy semiotik yoʻnalish.
Xullas, til kishilarning bir-birlariga turli axborotlarni xabar qiluvchi, yetkazuvchi belgilar tizimidir.Tilning belgilik xususiyatini tilshunoslikning lingvosemiotika boʻlimi oʻrganadi. Lingvosem-iotika tilshunoslik bilan semiotika hamkorligida yuzaga kelgandir.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling