B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 0.92 Mb.
bet56/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

Lingvistik geografiya umumiy tilshunoslik fanining bir aspekt yoʻnalishi sifatida areal-tipologik metod orqali tillar tipologiyasini oʻrganish bilan ham, areal tadqiqot metodi bilan ham ish koʻradi. Bu metod dialekt va shevalarning tarqalish chegarasini butunicha aniqlaydi, ularning ayrim fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarining joylashish oʻrnini belgilaydi hamda tilning dialektik boʻlinish kartinasi va tuzilishini aniqlaydi.
Lingvogeografik metod quyidagi tushuncha va atamalar bilan ish koʻradi: a) lingvistik atlaslar, b) mos hodisalar, v) areallar, g) izzoglossalar, d) til landshafti, ye) aralash zonalash, z) innovatsiya markazi, j) irradiatsiya, y) lingvogeografik kartalar, k) kartalashtirish kabilar.
Ma’lum til yoki shevalarga xos xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks ettiruvchi lingvistik kartalarning albom shaklidagi sistemali toʻplami lingvistik atlas deyiladi.
Umummilliy til tuzilishining zvenolari har xil dialektlarda oʻzining turli belgilari bilan ishtirok etib, shevachilik farqlarini vujudga keltirish mos hodisalar sanaladi: ona (oyi), narvon (shoti)
Tilning dialektal farqlanishi areal deb ataladi: qipchoq areali, oʻgʻuz areali kabilar.
Mos hodisalarning u yoki bu a’zosi, boʻlagi tarqalgan eng chet nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq izoglossalar deb ataladi.
Mazkur til uchun ma’lum boʻlgan izoglossalar yigʻindisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri til landshafti deyiladi.
Bir til yoki diealekt ichida boshqa bir til yoki dealekt birliklarining mavjudligi aralash zona hisoblanadi.
U yoki bu til yoki sheva hodisasining markaziy nuqtasi innovatsiya markazi sanaladi. Masalan: -din affiksining shevalarda tarqalishiga innovatsion markaz uygʻur tilidir.
Hodisaning tarqalish tushunchasi boʻlib, arealning xarakterli belgilaridan biri irradatsiya deyiladi. Masalan, adabiy tildagi - da affiksining shahar tip shevalarga kirib borishi. Lingvogeografik metodidagi ilmiy tadqiqotning asosiy natijasi boʻlib, unda til tarixining barcha davri oʻz aksini topsa lingvistik karta hisoblanadi.
Lingvistik geografiya metodining asosiy vazifasi til hodisalarining hududga tarqalishini kartalashtirish, tadqiq etish va shundan kelib chiqadigan, ilmiy muommolarni hal etishdan iborat.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling