B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


TILLARNI ILMIY TADQIQ ETISH METODLARI


Download 0.92 Mb.
bet54/60
Sana13.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1354844
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
05.5Умумий тилшунослик ohiri

TILLARNI ILMIY TADQIQ ETISH METODLARI
Til oʻz tabiatiga koʻra nihoyatda murakkab va koʻp aspektli hodisa boʻlganligi uchun uni oʻrganishda turli metodlar qoʻllanilgan va qoʻllanilmoqda. Fanlarni oʻrganish metodlari dastlabki paytlarda stixiyali xarakterda boʻlgan.
Metod soʻzi grekchadan olingan boʻlib, u «tadqiqot, ta’limot, bilish yoʻli» ma’nolarini anglatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: a)falsafiy prinsip; b) ilmiy prinsip; v) tekshirishning maxsus metodlari.
Har bir metodning oʻz metodikasi, tekshirish usuli boʻladi.
Metod haqiqatni bilish yoʻli boʻlsa, metodika shu yoʻlni ochish va amalga oshirish yoʻlidir.
Tilshunoslikda qoʻllangan va qoʻllanilayotgan ilmiy tadqiqot metodlari anchadir.
Tasviriy metod. Bu metod til tizimiga kiruvchi birliklarni tasvirlab, koʻrsatib Berish bilan birga, usha birliklarni tahlil qiladi va ijtimoiy vazifalarni oʻrganish uchun qoʻllanadi. Bu metod asosida tilning fonemalar tizimi, morfem tuzilishi, grammatik kategoriyalari, soʻzlarning ma’nolari va gap turlari oʻrganiladi, tahlil qilinadi, tilning ichki qurilishi, tilning tizimini tashkil etgan birliklar orasidagi munosabatlarni oʻrganishga katta e’tibor beriladi. Tildagi xarakterli xususiyatlarni kuzatish, til birliklarining qoʻllanilishi va ularni tasniflash, ilmiy asoslash tasviriy metodining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Struktural metod koʻpchilik adabiyotlarda taksonomik metod deb ham yuritiladi. Taksonomik metod tasviriy metodning sifat jihatdan boshqacha, uning rivojlangan bosqichi hisoblanadi. Taksonomik metod til tizimini tasvirlashga da’vat qiladi. Snuning uchun bu metod tilshunoslikka oid adabiyotlarda struktural metod sifatida tavsiflanadi. Struktural tahlil metodi til tizimini tashkil etgan birliklar orasidagi munosabatni oʻrganadi. Bu metod tasviriy metodga oʻxshab ketadi. Lekin ular orasida farq bor: tasviriy metod tildagi birliklarning oʻzini oʻrganadi, struktural tahlil metodi oʻsha birliklarning orasidagi munosabatlar, tobeliklarni tasvirlaydi.
Strukrural tahlil metodi til va nutqni ajratish, til birliklari orasidagi oʻxshashlik va nooʻxshashliklarni, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash lozim deb hisoblaydi.
Struktural tilshunoslik uchun tilning tuzilish aspekti ahamiyatli boʻlib, til nazariyasini yaratishda, umumiy tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda tayanch hisoblanadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling