B. OʻRinboyev, A. Musayev umumiy tilshunoslik jizzax- 2021 Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
a – koʻrish vazifasini bajarish belgisi. b
Download 0.92 Mb.
|
05.5Умумий тилшунослик ohiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi.
a – koʻrish vazifasini bajarish belgisi.
b – dumaloq yoki ellipsis shaklda boʻlish belgisi. c – juftlik belgisi. n – cheti botiqlik belgisi. x - oʻrta boʻrtib chiqqanlik belgisi. e – materiali. Shundan soʻng qoʻshimcha belgilar aniqlanadi, qanday belgilar mavjudligi aniqlanadi va toʻplamlarning kesishgan– kesishmaganligi aniqlanadi. Bu toʻplamlar, ya’ni ma’nolar oʻzaro bogʻlangan, ular bitta koʻz soʻzining har xil matnlardagi ma’nolaridir. Ushbu qoidalar lingvistikaga tadbiq qilinishi mumkin. Lingvistikada tovushlar, fonemalar, morfemalar, soʻz– shakllar, soʻzlar, soʻz birikmalari, gaplar singari birliklar toʻplami bilan ish qilinadi. 2.Transformatsion yoki algoritm jihatdan tahlil qilish til ifoda vositalari tizimini tasvirlashning aniq qoidalarni koʻrsatib Berishdir. Tabiiy tillarni tahlil qilish va tasvirlashda ikki xil model’ tuzish qoidalari koʻzda tutiladi: a) bevosita tashkil etuvchilar bilan bajaradigan opyeratsiyalar qoidalari, b) transformatsion model tuzish. Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi. Bu metod til birliklari orasidagi munosabat va ularning qanday joylanishini oʻrganadi. Tildagi eng kichik birlik fonema boʻlib, ular nutqda eng kichik segmentlarda namoyon boʻladi. Fonemalarni tyekshiruvchi pogʻonasi segmental fonologiya deb yuritiladi. Fonemalardan katta boʻlgan til birliklariga tegishli boʻlgan fonologik xususiyatlar suprasegmental fonologiyada tekshiriladi. Soʻzning fonologik tuzilishi va gapning intonatsiyasini oʻrganishda ularni tashkil etuvchi birliklar oʻrganiladi. Bu metod gapning sintaktik qurilishini, gap boʻlaklarining munosabatini va til birliklarini oʻrganishda qanday qismlardan tuzilganligini aniqlashda yordam beradi. Transformatsion tahlil metodining asosiy maqsadi tilda mavjud boʻlgan gaplarning yadro gaplardan tuzilganligini, ulardagi chuqur va yuzaki strukturalar munosabati oʻrganiladi. Transformatsion tahlil metodining barcha xususiyatlarini amerikalik olim Naum Xomskiy ochib bergan. Hozirgi tilshunoslikning sintaktik va stilistik tadqiqotlarida bu metod koʻp ishlatiladi. Masalan: Behzod oʻqigan kitob stol ustida turibdi. Bu gapni transformatsiya qilsak quyidagicha boʻlishi mumkin: Behzod oʻqib chiqqan kitob stol ustida turibdi. Behzod tomonidan oʻqilgan kitob stol ustida turibdi (oʻqigan, oʻqib chiqqan, tomonidan oʻqilgan). 3. Tilni ehtimollik belgilariga koʻra tahlil qilish til elementlarini statistik tavsiflar asosida baholash demakdir. Til birligining gapda qoʻllanish chastotasi ehtimollik deyiladi. Ehtimollik fonema, soʻz, soʻzlar guruhi, gaplarning qoʻllanish tasodifiy oʻlchovidir. Tanlanma matn asosida statistik xususiyatlarni oʻrganish natijasida chastotali lugʻatlar tuziladi. Matematik tahlil metodlari tilshunoslikning yana ham takomillashishiga, shubhasiz, katta yordam koʻrsatadi. Natijada kibernetika va elektron – hisoblash mashinasi bilan ishlash ravnaq topishi avtomatik tahlil metodining shakllanishiga olib keldi. Bu metod tilni shunday shakliy qismlarga ajratadiki, bir tilning elementlari boshqa tilning shu ma’nodagi shakliy elementlariga ekvivalyent boʻlishi lozim. Ekvivalentlik esa bir tildan boshqa tilga mashina yordamida tarjima qilish imkoniyatini beradi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling