B. S. Axrarov
Download 3.61 Mb.
|
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. IQTISODIYOT AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK ASOSLARI
Nazorat uchun savollar
Axborot tushunchasini ta’riflab bering. Ma’lumotning axborotdan farqi nimada? Iqtisodiy axborot nima? Iqtisodiy axborot qanday xususiyatlarga ega? Axborotlashgan jamiyatning ta’rifi va unga xos xususiyat- lami ayting. Axborot resursi nima? Axborot resurslaridan unumli foydalanishni tushuntiring. Axborot resurslarining iqtisodiyot rivojlanishidagi tutgan o‘mini ko‘rsatib bering? II bob. IQTISODIYOT AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TEXNIK ASOSLARI Iqtisodiyot axborot texnologiyalarining texnik asoslari Ma’lumki, hozirgi vaqtda iqtisodiy va moliyaviy masalalami yechishda, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda iqtisodiyot axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Iqtisodiyot axborot texnologiyalarining texnik asoslari deganda mazkur soba axborot texnologiyalari infrastrukturasini qo‘llab-quvvatlashda ishlatiladi- gan texnik qurilmalar tushuniladi. Ixtiyoriy korxonaning (kompani- yaning) axborot infrastrukturasiga tashkil etuvchi texnik asoslari 2.1-rasmda tasvirlangan. Korxona axborot texnologiyalari infratstrukturasiga kiruvchi iqtisodiyot axborot texnologialari texnik asoslarini tashkil etuvchi qurilmalar 2.1-jadvalda keltirilgan. 2.1-rasm. Korxonaning AT-infrastrukturasi. To‘g‘ri tashkil etilgan axborot texnologiyalari infrastrukturasi xodimlarga ma’lumotlami saqlash va qayta ishlash, ilovalar bilan ishlash, operativ tarzda hamkasblar va hamkorlar bilan axborotlar almashish, optimal ravishda barcha biznes-ilovalar imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Shu bilan birga AT-infra- strukturasi mos ravishdagi xavfsizlik darajasiga ega bo'lishi zarur.
Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling