B. S. Axrarov


Download 3.61 Mb.
bet23/141
Sana09.10.2023
Hajmi3.61 Mb.
#1695859
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari. Axarov B.S

Plotter - grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va shu kabilami) katta o‘Ichamdagi qog'ozga chop etuvchi qurilma.

  1. Kompyuterni ishga tushirish va operatsion tizimning
    yuklanish jarayoni


Kompyuterni elektr toki manbaiga ulab, u yoqilganida (yoki kompyuter tizimli blokidagi Reset tugmasi bosilganida yoki klavia- turada bir vaqtda CTRL, ALT va DEL klavishalari bosilganida), protsessor BIOS (Basic Input/Output System - kiritish-chiqarish- ning bazaviy tizimi) mikrosxemasida saqlanayotgan mikrodastur- lami o‘qib, ulami bajarishga kirishadi. Dastiab kompyuter holatini tekshirib oluvchi POST (Power On Self Test) testlash dasturi bajariladi. Testlash davomida kompyuteming protsessor, videoadap­ter, operativ xotira, ketma-ket va parallel portlar, disk yurituvchi qurilmalar, ulaming kontrollyorlari, klaviatura kabi asosiy qurilma- lari holati nazorat qilinadi. Ushbu jarayonning dastlabki bosqichida BIOS kompyuter konfiguratsiyasi haqidagi ina’lumotlarni CMOS xotirada (tizimli platada joylashgan mikrosxema) saqlanuvchi ma’- lumotlar bilan taqqoslaydi. Agar ma’lumotlar mos kelmasa, ekranda CMOS System Option Not Set ko‘rinishidagi ma’lumot tasvirlanadi. Bu holda CMOS xotirada saqlanayotgan ma’lumotlami tekshirib chiqish zaruz bo‘ladi. Buning uchun BIOS Setup utilitasidan foydalaniladi.
Keyingi bosqichda har bir qurilma nazorat qilib chiqiladi. Agar nosozlik ro‘y bergan bo‘lsa, qisqa va uzun tovush signallari ketma- ketligini tovush dinamikasi orqali eshitish mumkin bo'ladi. Videoadapter ishga tushgach esa, testlash natijalarini monitor ekranida ko'rish mumkin. POST - testlash muvaffaqiyatli tugagach, BIOS operatsion tizimni yuklovchi Master Boot dasturini qidiradi. Zamonaviy BIOS versiyalari operatsion tizimni nafaqat egiluvchan disk va qattiq diskdan, balki CD-ROM, USB-disklardan ham yuklash imkoniga ega. Agar Master Boot utilitasi topilgan bo‘Isa, u operativ xotiraga yuklanadi va boshqarish unga berilib, operatsion tizim fayllari yuklashni amalga oshiradi.
Tizim konfiguratsiyasi va qurilmalar drayverlari konfiguratsiya fayli (config.sys) ma’lumotlarini ketma-ket qayta ishlash natijasida yuklanadi. Dastlab config.sys va autoexec.bat fayllari qayta ishlanadi. So‘ng system.ini va win.ini fayllari qayta ishlanadi. Shundan so‘ng Автозагрузка menyusidagi dasturlar yuklanadi.
Kompyuteming unumdorligi uni tashkil etuvchi qurilmalaming texnik tavsifiga bog‘liq. Kompyuter ishida nosozliklar yuzaga kelganida yoki uni modemizatsiya qilishdan avval testdan o'tkazish (ona platasini, protsessorini, tezkor xotira, qattiq disk va hokazolami) zarur bo‘ladi.

  1. Kompyuter tizimi haqida asosiy ma’lumotlarni olish

Kompyuter tizimi haqida asosiy maTumotlami (kompyuter no­mi, operatsion tizim nomi, protsessor va operativ xotira sig'imi ha- qidagi ma’lumotlar) olish uchun Система nomli oynadan foyda- laniladi (2.3-rasm).
Ushbu oynani ochish uchun quyidagi amallami bajarish mumkin:

  • Пуск menysidagi Панель управления papkasi oynasini ochib, oynadagi Система и безопасность bandini tanlab, undan Система havolasini faollashtirish;

  • ish stolidagi Компьютер belgisi ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, kontekstli menyudan Свойства buyrug4 ini bajarish;

- Пуск menysidagi Компьютер belgisi ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, kontekstli menyudan Свойства buyrug‘ini bajarish.



Download 3.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling